Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Ilmiy-axborot resurslari.
So‗nggi yillar davomida JMS yo‗nalishida ilmiy-
axborot resurslari muhim ahamiyatga ega bo‗lib kelmoqda. Keltirilgan resurslarni 
qonuniy 2 turga ajratish mumkin – sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish, 
murabbiy va sport xodimlari faoliyatida ilmiy-axborot tizimlarini joriy ettirish. 
Finlyandiyada sport ishlari bilan shug‗ullanuvchi tashkilotlar to‗g‗ridan-
to‗g‗ri davlat tomonidan moliyalashtirish huquqiga egadirlar. Shundan 20 %dan 
kam JMS yo‗nalishida murabbiylarni tayyorlash ta‘lim vaqti, ilmiy tadqiqot 
yo‗nalishiga kiritiladi. Bundan tashqari, davlat, sport va jismoniy tarbiya sohasida 
tadqiqot olib borayotgan boshqa har qanday tashkilotlarni ham qo‗llab-
quvvatlaydi. Fransiyaning etakchi sport telekanallarining umumiy mablag‗i 1.3 
mlrd. frankni tashkil qiladi.
Germaniyada har xil kompaniya va dasturlar, vazirlikda oila, qariyalar, ayol 
va yoshlar masalalari bo‗yicha ―Harakat, o‗yin va sport qariyalar xizmatida‖ shiori 
ostida ko‗pgina tashkilotlar va Germaniya sport ittifoqi bilan birgalikda loyihalar 
orqali ommaviy sportni targ‗ib qilish muhim o‗rin egallaydi.
Musobaqa tamoyillari asosida ishlab chiqilgan loyihaning asosiy maqsadi bir 
qator maxsus tashabbuslar tanlovi va ularning mukofotlanishi, kelgusida barcha 
aholi uchun mos keluvchi sportning rivojlanishini rag‗batlantirishga yo‗naltirilgan 
loyiha, faoliyatning har xil turlari hamda uning barcha imkoniyatlaridan sport bilan 
shug‗ullanuvchi katta yoshdagi va boshqa turli yoshdagi guruh kishilarining 
foydalanishidan iborat.


240 
Xorijda ommaviy sport, birinchi o‗rinda, aholining sog‗lomlashtirilishi, o‗z-
o‗zini boshqarishga erishish, o‗z fikrini bayon etish va rivojlanish, shuningdek, 
ijtimoiy bo‗lmagan hodisalarga qarshi kurashish mexanizmidir. Shuning uchun
hukumat aholini ommaviy sport bilan shug‗ullanishini o‗z oldiga muhim maqsad 
qilib qo‗y ib, ommaviy sport rivojlanish masalalariga katta ahamiyat beradi.
Ommaviy sport rivojlanish jarayonining asosiy tavsifi quyidagilardan iborat:
ommaviy sportni qo‗llab-quvvatlashda hukumatning, shuningdek, ushbu sohada 
faoliyat yuritayotgan turli shakldagi tashkilotlarlarining rolini oshirish, ommaviy 
sportda profilaktika va sog‗lomlashtirish tadbirlaridan foydalanish, noijtimoiy 
hodisalarning oldini olish va yoshlarning axloqiy, estetik va intellektual 
rivojlanishida sportdan samarali foydalanish. 
Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda sport reklamalari va ulardan 
foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sport reklamalarining mazmuni
yirik stadionlar, o‗yin maydonlari, otchoparlar, velotreklar, ko‗cha, xiyobonlardagi 
sportga doir reklama, afishalar, shuningdek televideniyaning barcha kanallari 
tarkibida mavjud bo‗lgan sport rekalamalarida namoyish etiladi.
Sport inshoatlari, televideniyalarda namoyish etilayotgan reklamalarda 
o‗tkazilayotgan musobaqalar, dongdor klublar, komandalar, sportchilar qatori 
sport buyumlari, jihozlari, sportchilarning iste‘mol qiladigan ichimliklari va 
boshqa turlar ko‗proq o‗rin oladi. 
Rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya o‗qituvchilari, murabbiylar, etuk 
sportchilar, sport faxriylari, rahbar xodimlar ayniqsa, olimlar katta faoliyat 
ko‗rsatadilar. Ular ma‘ruza o‗qish, suhbat o‗tkazish, sportcha chiqish va turli sport 
musobaqalarini tashkil qilish yullaridan keng foydalanishlari zarur.
Shuningdek, targ‗ibot ishlarining ta‘sirchanligi, ilmiyligi, xaqiqiyligi va 
aholining qiziqishlarini e‘tiborga olgan holda bo‗lishini ta‘minlash lozim. 
Ommaviy axborot vositalari orqali jismoniy tarbiya va sportni targ‗ib qilish bilan 
birgalikda uning taraqqiyotdagi asosiy bosqichlar, omillar ham yoritib borilmoqda.
Bunda sportlotto, stadionlardagi qatnashib kelayotgan tomoshabinlarning 
soni, homiylarning amaliy jihatdan ko‗rsatayotgan moddiy yordamlari ham o‗z 


241 
ifodasini topmoqda. 
Sport reklamasidan asosiy maqsad, vazifalar va g‗oyalarni amalga oshirish 
uchun rejalashtirilgan tadbirlar asosida quyidagi faoliyatlarni o‗tkazish lozim 
bo‗ladi: 
1. Faoliyatlarni harakatlantiruvchi targ‗ibotlar (matbuot, teleradio, sport 
inshootlari, ko‗rgazma reklama, uchrashuv, xatlar yuborish va hokazolar). 
2. Doimiy nashr etiladigan vositalarda (jurnal, seriyali qo‗llanmalar, 
xabarlar va hokazolar) nashr qilish. 
3. Matbuot-anjumanlar, prezentatsiyalar. 
4. Maxsus nashriyotlar. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə