Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Olimpiya Akademiyasi va uning vazifalari



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Olimpiya Akademiyasi va uning vazifalari 
O‗zbekiston Olimpiya Akademiyasi O‗zbekiston Milliy Olimpiya 
qo‗mitasiga bevosita yordam beruvchi va olimpiya g‗oyalarini targ‗ib qiluvchi 
jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tashkilotdir. 


246 
Ta‘kidlash lozimki, Xalqaro Olimpiya Akademiyasi (XOA) 1961 yilda 
tuzilgan. U Gretsiyaning Olimpiya shahrida joylashgan va 170 dan ortiq 
mamlakatlarda uning tarmoqlari, ya‘ni milliy Olimpiya Akademiyalari (MOA) 
tashkil etilgan. Xalqaro Olimpiya Akademiyasining asosiy vazifasi Olimpiya 
harakati, jismoniy tarbiya va sport nazariyasini o‗rganish hamda targ‗ib qilishdan 
iborat. Uning faoliyati Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi tomonidan boshqarilib, 
moliyaviy ta‘minoti esa Gretsiya Milliy Olimpiya qo‗mitasi zimmasidadir. 
Xalqaro Olimpiya Akademiyasi har yili bir haftalik sessiya tashkil etadi, va 
unda falsafa g‗oyaviy muammolarga bag‗ishlangan ma‘ruzalar eshitish, seminarlar 
o‗tkazadi. Ularning asosiy mohiyati Olimpiya harakati tarixi, sport mashg‗ulotlari 
hamda jismoniy tarbiya va sportning uslubiy masalalari bayonidan iborat bo‗ladi. 
Bu anjumanlarga Milliy Olimpiya qo‗mitalari, taniqli olimlar, murabbiylar, soha 
vakillari, xatto talabalar, aspirantlar va sportchilarni safarbar etish mumkin. 
1987 yil 18 fevralda Davlat sport qo‗mitasi va O‗zbekiston Davlat jismoniy 
tarbiya institutining tashabbusi bilan O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya 
Akademiyasi tashkil qilindi. 1993 yil 18 aprelda O‗zbekiston Respublikasi 
Olimpiya Akademiyasi (O‗zROA) rasmiy ravishda ta‘sis etildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi faoliyati uning saylangan 
Prezidenti, ijroqo‗m direktori tomonidan boshqariladi. 1994 yilda Olimp shahrida 
o‗tkazilgan Xalqaro Olimpiya Akademiyasi sessiyasida O‗zbekiston Olimpiya 
Akademiyasi vakillari ilk bor ishtirok etishdi va keyingi yillarda ham faol 
qatnashib kelmoqdalar. 
O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi ijroqo‗mida (Nizomga 
muvofiq) 12 kishi, ya‘ni etuk olimlar, o‗qituvchilar, murabbiylar, Olimpiya 
harakatining namoyandalari jamoatchilik asosida faoliyat ko‗rsatadilar. 
O‗zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi o‗z faoliyatini, asosan, 
Olimpiya g‗oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o‗yinlarining ommallashuviga 
qaratgan. Shu o‗rinda muhim faoliyatlarning natijalarini misol tariqasida keltirish 
maqsadga muvofiqdir. 


247 
1996 yil Olimpiya ta‘limi tizimining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini 
yaratishning hal qiluvchi jarayoni amalga oshirildi. Ya‘ni turli hududlarda Xalqaro 
Olimpiya Akademiyasi bilan o‗zaro aloqalarini ta‘minladi. Ayniqsa, Xalqaro 
Olimpiya qo‗mitasining tashkil topishiga (1894) va zamonaviy Olimpiya 
o‗yinlarining (1896) 100 yilligi munosabati bilan o‗tkazilgan Respublika ilmiy-
nazariy anjumanlari (1994, 1996) muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. 1997-2000 
yillarda Olimpiya harakati va o‗yinlari bilan bog‗liq ilmiy-amaliy anjumanlar 
o‗tkazildi. Ma‘ruzalar, amaliy takliflar, ilmiy-nazariy tahlillar anjumanlarning 
ilmiy to‗plamlarida o‗z ifodasini topdi. 
O‗zbekistonda Olimpiya harakati bilan bog‗liq barcha muammolar va 
masalalarni hal etishda O‗zbekiston Prezidenti va hukumatining bevosita yordami 
e‘tiborga loyiqdir. Ayniqsa, O‗zbekiston Prezidentining 2000 yil 7 iyundagi 
«O‗zbekistonda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va mamlakat 
sportchilarini Sidney shahri (Avstraliya) dagi XXVII Olimpiya o‗yinlariga 
tayyorlash to‗g‗risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmonda bayon 
etilishicha: «Mamlakatda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va O‗zbekiston 
sportchilarining Sidney shahri (Avstraliya) dagi XXVII Olimpiya o‗yinlarida 
muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini rag‗batlantirish maqsadida, shuningdek, 
O‗zbekistonning xalqaro obro‗sini mustaxkamlashda, yosh avlodni milliy g‗urur 
va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‗zbek sportchilari erishgan yutuqlarining 
g‗oyat katta ahamiyatini e‘tiborga olib: 
XXVII Olimpiya o‗yinlarida sovrindor bo‗lgan O‗zbekiston sportchilarini 
rag‗batlantirish, Vatanimizning sportdagi shon-shuhratini oshirishga qo‗shgan 
munosib hissasini e‘tirof etish maqsadida, quyidagi miqdorda bir yo‗la beriladigan 
mukofotlar belgilandi: 
-Oltin medal uchun - 100000 AQSH dollari; 
-Kumush medal uchun - 50000 AQSH dollari; 
-Bronza medali uchun-25000 AQSH dollari (―Sport‖ gazetasi, 2000 yil, 9 iyun). 
Ushbu farmon murabbiylar va Olimpiya o‗yinlarida qatnashadigan 
sportchilarga katta kuch va ruhiy ozuqa baxsh etdi. Natijada, Sidney shahrida 


248 
o‗tkazilgan XXVII Olimpiya o‗yinlarida (2000 yil 15 sentyabr- 1 oktyabr) 
qatnashgan 77 nafar sportchilar orasida 4 kishi Olimpiya o‗yinlari medallari va 
O‗zbekiston Prezidenti mukofotiga sazovor bo‗ldilar. Ular: Muhammadqodir 
Abdullaev boks bo‗yicha oltin medal sovrindori; Artur Taymazov erkin kurash 
bo‗yicha kumush medal sovrindori; Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks 
bo‗yicha bronza medali sovrindorlari bo‗lishdi. 
2004 yil Afina (Gretsiya) 
28 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 69 nafar 
sportchilarimiz sportning 15 turida himoya qilishgan.
Bayroqdor: Abdulla Tangriev. 
Sovrindorlar: 
Artur Taymazov (erkin kurash) – oltin 
Aleksandr Dokturishvili (yunon–rum kurashi) – oltin 
Magamed Ibragimov (erkin kurash) – kumush 
Bahodir Sultonov (boks) – bronza 
O‗tkirbek Xaydarov (boks) – bronza 
Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 34 – o‗rinni egallagan. 
2008 yil Pekin (Xitoy) 
29 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 58 nafar 
sportchilarimiz sportning 15 turida himoya qilishgan.
Bayroqdor: Dilshod Mahmudov. 
Sovrindorlar: 
Artur Taymazov (erkin kurash) – oltin 
Abdulla Tangriev (dzyudo) – kumush 
Soslan Tigiev (erkin kurash) – kumush 
Rishod Sobirov (dzyudo) – bronza 
Anton Fokin (sport gimnastikasi) – bronza 
Ekaterina Xil‘ko (trampolin) – bronza 
Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 40 – o‗rinni egallagan. 
2012 yil London (Buyuk Britaniya) 


249 
30 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 54 nafar 
sportchilarimiz sportning 16 turida himoya qilishgan.
Bayroqdor: Elshod Rasulov. 
Sovrindorlar: 
Artur Taymazov (erkin kurash) – oltin 
Soslan Tigiev (erkin kurash) – bronza (doping) 
Rishod Sobirov (dzyudo) – bronza 
Abbos Atoev (boks) – bronza 
Umumjamoa hisobida: 204 davlat orasida 47 – o‗rinni egallagan. 
Londonda o‗tkazilgan 30 – Yozgi Olimpiada o‗yindari dasturida 36 nafar 
sport turi bo‗yicha jahon sportchilari medallar uchun bahs olib bordilar. 
Paralimpiya o‗yinlari nufuzi bo‗yicha Olimpiada o‗yinlaridan keyin turadigan 
musobaqa hisoblanadi. Xuddi Olimpiada o‗yinlarida bo‗lgani kabi yozgi va qishgi 
Paralimpiya o‗yinlari o‗tkazilib kelinadi. Yozgi Paralimpiya o‗yinlariga 1960 yilda 
asos solingan. 1988 yildan boshlab Olimpiada o‗yinlariga mezbonlik qilgan 
shaharlarda (oradan ikki hafta o‗tib) Paralimpiya o‗yinlari bo‗lib o‗tadi. 
30 – Yozgi Olimpiada o‗yinlari yakunlangan 2012 yilning 29 – avgust 9 – 
sentyabr kunlari Londonda 14 – Paralimpiya o‗yinlari o‗tkazildi. Mazkur yirik 
sport musobaqasida Vatanimiz sharafini 10 nafar sportchimiz himoya qildilar. 
Agarda bundan to‗rt yil muqaddam bo‗lib o‗tgan Paralimpiya o‗yinlarida 1 nafar 
sportchimiz ishtirok etganligini inobatga oladigan bo‗lsak, O‗zbekistonlik 
paralimpiyachilar tomonidan bir yo‗la 10 barobar ko‗p litsenziyaning qo‗lga 
kiritilishi bundan keyingi bo‗lib o‗tadidan musobaqalarda yanada ko‗proq 
ishtirokchilar bo‗lishidan dalolat beradi. 
2016 Rio-de-Jeneyro (Braziliya)
31 – Yozgi Olimpiada o‗yindarida Vatanimiz sharafini 70 dan ortiq 
sportchilarimiz sportning 15 dan ortiq turida himoya qilishgan.
Sovrindorlar:
Ruslan Nuriddinov (og‗ir-atletika) – oltin
Hasanboy Do‗smatov (boks) – oltin


250 
Fazliddin G‗oyibnazarov(boks) – oltin
Shaxobiddin Zoirov ( boks ) – oltin 
G‗iyosov Shahram ( boks) – kumush 
Meliquziev Bektemir ( boks) kumush 
To‗laganov Rustam ( boks) - bronza 
Rishod Sobirov (dyuzdo ) -bronza 
Magamet Ibragimov (erkin-kurash) – bronza
Navro‗zov Ixtiyor ( erkin kurash) – bronza 
Tasmurodov Elmurod ( yunon-rum) – bronza 
O‗razbaev Diyorbek ( dzyudo) – bronza 
Axmadaliev Murodjon ( boks) – bronza 
Umumjamoa hisobida: 202 davlat orasida 21 – o‗rinni egallagan 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi ―O‗zbekiston 
sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‗lib o‗tadigan XXXII yozgi 
Olimpiya va XVI Paralimpiya o‗yinlariga tayyorlash to‗g‗risida‖gi PQ-2821-son 
qarori qabul qilindi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan ―O‗zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi 
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qaror, avvalambor, sog‗lom 
va halol sportni targ‗ibot qilish hamda Butunjahon antidoping agentligining kodeks 
va standartlarini O‗zbekistonda samarali amalga oshirish, O‗zbekiston 
sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‗lib o‗tadigan XXXII yozgi 
Olimpiya va XVI Paralimpiya o‗yinlariga tayyorlash borasida barcha shart-
sharoitlarni 
yaratishga 
qaratilgan. 
SHu o‗rinda Sportda dopingga qarshi kurash to‗g‗risidagi xalqaro konvensiyani 
barcha a‘zo davlatlar katorida O‗zbekiston Respublikasi 2010 yilda ratifikatsiya 
etganini 
alohida 
ta‘kidlash 
joiz. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping 
agentligi zimmasiga Butunjahon antidoping agentligining antidoping boshqaruvi 
va menejmenti (ADAMS) maxsus dasturini respublikamizda joriy etish va qo‗llash 


251 
mas‘uliyati yuklatilgan. Mazkur dastur orqali Agentlik faoliyatini samarali tashkil 
etish va butunjahon tezkor ma‘lumotlar bazasi axborotlaridan foydalanish 
imkoniyati yaratiladi hamda musobaqa va musobaqalardan tashqari bo‗lgan davr 
mobaynida doping-test jarayonlaridan O‗zbekiston sportchilari o‗tishi to‗g‗risida 
aniq axborot bazasi shakllantirilib, doping-nazorat tizimi tashkil etiladi. Ayniqsa, 
O‗zbekiston sportchilari dori vositalaridan terapevtik maqsadlarda foydalanishi va 
taqiqlangan dori vositalaridan foydalanmasligi to‗g‗risida aniq tavsiyalar berish 
mexanizmi 
va 
samarali 
antidoping 
tizimi 
joriy 
etiladi. 
Qaror bilan, shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‗mitasi 
huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining ―Milliy antidoping 
xizmati‖ negizida ―Sport psixologiyasi bo‗limi‖ni tashkil etish ko‗zda tutilgan. 
Shuningdek, Agentlik tarkibida 3 ta bo‗lim va 2 ta komissiya tashkil etilishi 
natijasida sportchilar, murabbiylar, sport tibbiyoti xodimlari va boshqa 
mutaxassislarga sog‗lom va halol sport targ‗iboti hamda taqiqlangan dori vositalari 
yoki uslublar nazoratini ta‘minlash kabi dopingga qarshi kurashish borasidagi 
qator 
muhim 
vazifalarni 
amalga 
oshirish 
belgilab 
berilgan. 
Bundan tashqari, qarorda quyidagi maqsadli tadbirlarni amalga oshirish ko‗zda 
tutilgan: 
Agentlikni saqlash va uning faoliyat ko‗rsatishi, shu jumladan, antidoping 
tadqiqotlarini tashkil etish bilan bog‗liq xarajatlar uchun zarur mablag‗lar ajratish; 
Agentlikka biologik namunalarni to‗plash uchun maxsus moslamalar va boshqa 
tovarlarni xarid qilish uchun to‗g‗ridan-to‗g‗ri import shartnomalari, shuningdek, 
tadqiqotlar (doping-testlar) o‗tkazish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatish shartnomalarini 
tender 
savdolari 
o‗tkazmasdan 
tuzish 
huquqini 
berish; 
Agentlik faoliyatini tashkil etish va uning faoliyat ko‗rsatishi uchun jalb etiladigan 
chet ellik mutaxassislarga ko‗p martalik vizalar berish, ularni davlat bojlarini 
to‗lashdan ozod etgan holda vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish 
va 
vaqtinchalik 
propiska 
muddatining 
uzaytirilishini 
ta‘minlash; 
Agentlik tomonidan sportchilarning biologik namunalarini to‗plash uchun 
respublikaga olib kelinadigan maxsus moslamalar va boshqa tovarlarni belgilangan 


252 
tartibda tasdiqlanadigan ro‗yxatlar bo‗yicha bojxona to‗lovlaridan (bojxona 
rasmiylashtiruvi 
yig‗imlaridan 
tashqari) 
ozod 
etish. 
Agentlik zimmasiga sport jamoatchiligini doping orqali sportchilarga etkaziladigan 
zarar, inson sog‗lig‗i uchun doping qabul qilishning salbiy oqibatlari to‗g‗risida 
xabardor etish, Butunjahon antidoping agentligining dasturlari va loyihalarini 
amalga oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarni mustahkamlash va 
rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratish vazifalari yuklangan. SHuningdek, 
Butunjahon antidoping agentligining yangi qoida va talablarini tezkor tatbiq etish 
hamda uzluksiz monitoringini olib borish; doping-tekshiruv va biomateriallar 
topshirish protsedurasi haqida sportchilar, sport shifokorlariga ma‘lumot va 
tavsiyalar taqdim etish, xalqaro tajribaga muvofiq tadqiqotlar olib borish
O‗zbekistonda antidoping onlayn xizmati va taqiqlangan dori-darmonlar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazasini yaratish; taqiqlangan dori-darmonlar to‗g‗risida 
seminarlar va konferensiyalar o‗tkazish, sportda dopingga qarshi kurashish 
bo‗yicha uslubiy qo‗llanmalar ishlab chiqish kabi masalalar Agentlikning ustuvor 
vazifalari sifatida belgilangan.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə