Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Xalqaro sport uyushmaalri, sport federatsiyalari, qit‟alardagi sport



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Xalqaro sport uyushmaalri, sport federatsiyalari, qit‟alardagi sport 
tashkilotlari. Osiyo sport uyushmalari, ularning asosiy tadbirlari. Markaziy 
Osiyo sport uyushmalari

Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi 32 ta Xalqaro sport federatsiyalarini tan oladi. 
Ma‘lum bir sport turini Xalqaro tan olishi uchun kamida 4 ta qit‘alardagi 75 ta 
mamlakatida erkaklar va 3 ta qit‘aning 50 ta mamlakatida ayollar tomonidan 
qo‗llanishi shart. 
Yozgi Olimpiya o‗yinlari dasturi kam deganda 15 ta sport turi bo‗yicha 
o‗tkazilishi kerak. Sportchilarning Olimpiya o‗yinlari bilan bog‗liq bo‗lgan 
moddiy harajatlarni (turar joyi, ovqatlanish, transport va boshqalar) milliy 
Olimpiya qo‗mitasi (MOQ) to‗laydi. 
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasining rezidensiyasi Lozanna (Shveysariya) 
shahrida joylashgan. 
Xalqaro olimpiya qo„mitasining tashkiliy tuzilishi 
 


259 
Milliy Olimpiya qo‗mitalari 
(MOQ) Bosh Assambleyasi 
Xalqaro 
Olimpiya 
qo‗mitasi 
sessiyasi 
Xalqaro sport 
federatsiyalarining
Bosh Assambleyasi 
Xalqaro 
Olimpiya 
qo‗mitasi 
Ijroiya 
qo‗mitasi 
Mamlakatlarning milliy Olimpiya 
qo‗mitalari (MOQ) 
Prezident 
Vitse-
prezidentlar 
A‘zolar 
Olimpiya sport turlari 
bo‗yicha xalqaro 
federatsiyalar 
Komissiyalar 
Kichik qo‗mitalar 
Ta‘kidlash zarurki, har bir qit‘ada Olimpiya o‗yinlari Kengashi mavjud, ular 
Milliy olimpiya qo‗mitalari, sport uyushmalari bilan hamkorlik qiladi. 
Xalqaro sport harakatida hozirgi davrda bir qator muxim muammolar 
mavjud. Turli mamlakatlarning sportchilari yig‗ilib musobaqa o‗tkazish joyi faqat 
sportdagi kurashgina bo‗lib qolmasdan, balki u progressiv davlatlar bilan reaksion 
harakat namoyandalari o‗rtasida bo‗layotgan siyosiy va g‗oyaviy keskin kurash 
ob‘ekti ham bo‗lib hisoblanadi. Bunday kurashlar Olimpiya o‗yinini o‗tkazishni 
hal qilish uchun yig‗ilgan jarayonlarda va o‗yin yakunlarida ko‗proq namoyon 
bo‗lmoqda. 
Shu sababli xalqaro Olimpiya qo‗mitasining demokratik tamoyillar asosida 
ish tutishini progressiv kuchlar doimo taqib qilib bordi. Shunga qaramasdan ayrim 
kuchlarning vakillari o‗z foydalari uchun har xil nayranglarni ishlatib keldi. 
Demokratik kuchlar hali o‗z cho‗qqisiga to‗la chiqib etganicha yo‗q. 
O‗tgan davrlarda sobiq Ittifoq va sotsialistik tuzumdagi barcha Miliy 
Olimpiya qo‗mitalarining haqqoniy talablari bilan Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi 


260 
tinchlik uchun kurashga da‘vat etuvchi qaror qabul qildi. Milliy kamsitish va 
irqchilikka qarshi kurash hamma a‘zolarning burchi bo‗lib qoldi. 
Kuba sportchilarini Xalqaro va kontinental musobaqalarga qatnashtirmaslik 
uchun imperialistik kuchlar qanchalik urinmasin, progressiv kuchlar uni puchga 
chiqargan edi. Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi a‘zoligiga Afrika mamlakatlaridan 
Senegal, Nigeriya sportchilari ham birinchi marotaba kiritildi. Sportdagi irqchilik 
va kamsitishlarga yo‗l qo‗yganligi sababli progressiv kuchlarning talabi bilan 
Isroil, janubiy Afrika respublikasi va boshqa bir qator mamalakatlar 1970 yillarda 
a‘zolikdan chiqarildi. Ular faqat 1991 yilda qayta qabul qilindi. 
Shuningdek, xalqaro sport federatsiyalari tomonidan musobaqada hakamlar 
ishlarini yaxshilashga qaratilgan birmuncha tadbirlar olib borildi va ular ijobiy hal 
qilindi. Progressiv kuchlar talabi bilan Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi yig‗ilishlari 
muntazam o‗tkazilishi va ularda Milliy olimpiya qo‗mitalari hamda xalqaro sport 
federatsiyalari vakillarining qatnashishga erishildi. Shu bilan birga, olimpiya 
kongresslarining o‗z vaqtida o‗tkazilishi ta‘minlandi. 
1981 yil sentyabrda Baden-Baden shahrida xalqaro Olimpiya qo‗mitasining 
XI Kongressi o‗ikazildi. Bunda Olimpiya o‗yinlari, xalqaro hamkorlik, olimpiya 
harakatining kelajagi kabi masalalar ko‗rib chiqildi. Keyinchalik bu masalalar 
bo‗yicha yangi komissiyalar tuzildi. 
Olimpiya harakati - yangi komissiyaga Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi sobiq 
Prezidenti X.A.Samaranch boshchilik qildi. Unga, asosan, Xalqaro Olimpiya 
qo‗mitasi, xalqaro sport federatsiyalari va Milliy olimpiya qo‗mitalarining 
vakillaridan iborat 29 a‘zo kirdi. 
Olimpiya o‗yinlari komissiyasi tarkibiga Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi 
a‘zoligiga saylangan finlyandiyalik ayol birinchi xotin-qizlar vakili hisoblanadi. 
Olimpiya o‗yinlari hozirgi xalqaro hayotda eng muhim voqealardan biri 
bo‗lib hisoblanadi. 1950 yilda 61 ta milliy olimpiya qo‗mitalari mavjud bo‗lgan 
bo‗lsa, hozirgi kunda ularning soni 200 dan oshdi. 
Olimpiya o‗yinlari jahon miqyosida muhim pedagogik va ijtimoiy 
funksiyalarni bajarmoqda. Davlatlar va sportchilar o‗rtasida itimoiy xususiyat 


261 
tobora rivoj topmoqda. Olimpiya bayramlari juda muhim tarbiyaviy va ta‘limiy 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Olimpiya o‗yinlarida ishtirok etish sport mahoratini oshirishning eng yirik 
maktabi hisoblanadi. 
Shu bilan birgalikda, hozirgi zamon olimpiya harakatida htkazilayotgan 
o‗yinlar, ularning natijalari, holati va kelajagi to‗g‗risida turli nazariyalar, 
dunyoqarashlar, kong‗epg‗iyalar va to‗knashuvlar yuz bermoqda. 
Bu o‗rinda 1980 yilda Moskvada o‗tkazilgan XXII Xalqaro Olimpiya 
o‗yinlariga AQSH va uning tarafdorlari qatnashmaganligi va 1984 yil Los-
Anjelesda (AQSH) bo‗lib o‗tgan XXIII Xalqaro Olimpiya o‗yinlarida sobiq Ittifoq 
va boshqa sotsialistik davlatlar sportchilarining qatnashishiga qarshilik 
ko‗rsatilgani va ularning havfsizligini saqlashga kafillik qilinmaganligi oqibatida 
sportchilarning bu o‗yinlarda qatnashmaganliklarini eslashning o‗zi kifoyadir. 
Shunga qaramasdan, sobiq Ittifoqda 1984 yil «Do‗stlik», 1986 yilda 
«Yaxshi niyat o‗yinlari» xalqaro musobaqalarining muvaffaqiyatli o‗tkazilishi 
jahon sportchilari o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlik iqlimini yanada mustahkamladi. 
Natijada, 1988 yilda Seulda (Koreya) o‗tkazilgan XXIV Xalqaro Olimpiya 
o‗yinlari sobiq Ittifoq va AQSH sportchilarining yangi uchrashuvi va sportdagi 
keskin raqobatlarning qayta tiklanishiga sababchi bo‗ldi. 
Olimpiya harakatida hal qilinishi zarur bo‗lgan muammolar hali juda ko‗p. 
Olimpiya o‗yinlari dasturi, ayniqsa, xotin-qizlar ishtirok etadigan turlarni 
rivojlantirish talab etiladi. 1992 yilda o‗tkazilgan Olimpiya o‗yinlariga 
tayyorgarlik, bunda sobiq Ittifoq sportchilarining birlashgan (MDH) so‗nggi 
jamoalari yutuqlari va eng yaxshi natijalarni o‗rganishni zamon talab etadi. 
Olimpiya o‗yinlari moliyaviy harajatlarini kamaytirish, ulkan qimmatbaho 
qurilmalar bilan band bo‗lib qolmasligi kerak. Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi, Milliy 
olimpiya qo‗mitalari va xalqaro sport federatsiyalarining faoliyatlarini 
takomillashtirishni davr talab qilmoqda. Milliy olimpiya qo‗mitalarining hukumat 
tashkilotlari bilan aloqasini mustahkamlashga e‘tibor qaratish zarur. Yangidan a‘zo 


262 
bo‗lib kirgan Milliy olimpiya qo‗mitalari faoliyatlariga amaliy yordam berilishi 
lozim. 
Hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyotini ilmiy o‗rganish nuqtai nazaridan 
qaralganda, Olimpiya harakati o‗z maqsad va vazifalarini to‗la amalga oshirish 
uchun quyidagilarni o‗ziga mujassamlashtirib olishi zarur ko‗rinadi: 
- Olimpiya harakati insonparvarlik yo‗nalishida ravnaq topishi, uning 
ma‘naviy va ahloqiy tamoyillari rivojlanishi va sport faoliyati bilan bog‗lanishi; 
- xalqlar o‗rtasidagi tinchlik va do‗stlikni mustahkamlash, insoniyat 
taqdirini Olimpiya harakati vositasi bilan echib berish; 
- Olimpiya harakatiga qabul qilishda, sportchilarning millati, irqi, diniy 
dunyoqarashlaridan qat‘iy nazar, teng huquqlikni ta‘minlash; 
- jahonda havaskorlik sportini ommalashtirish, bu bilan talantlar va eng 
yuqori natijalarni qo‗lga kiritish; 
- eng yaxshi Olimpiya an‘analarini saqlash va mustahkamlash bilan uni 
yanada takomillash-tirish. 
Bu yo‗llar kelajakda Xalqaro sport harakati va Olimpiya o‗yinlarini yanada 
takomillashtirish uchun keng imkoniyatlar ochib berishiga shak-shubha bo‗lishi 
mumkin emas. 
Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, 1991 yilda 38 kishiga xalqaro toifadagi 
sport ustasi unvoni berildi, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bo‗ldi. 
Ma‘lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bo‗lib o‗tgan yozgi 
XXV Olimpiya o‗yinlarida O‗zbekistonning 17 nafar sportchisi sobiq Ittifoq 
tarkibida so‗nggi bor qatnashdilar. Ular orasida Roziya Galieva , Oksana 
Chusovitina (gimnastika), Marina Shmonina (engil atletika) oltin medal, Sergey 
Sirsov (og‗ir atletika), Asrabaev A.(o‗q otish) kumush medal va Zaxarevich V. 
(qilichbozlik) bronza medali sovrindorlari bo‗lishdi. 1996 yil Atlanta (AQSH)da 
o‗tkazilgan XXVI Olimpiya o‗yinlarida Armen Bagdasarov (dzyu-do) kumush, 
Karim To‗laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo‗lishdi. 2000 yil Sidneydagi 
(Avstraliya) XXVII Olimpiya o‗yinlarida Muxammadqodir Abdullaev boks 
bo‗yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey 


263 
Mixaylov (boks) bronza medallarini qo‗lga kiritdilar. O‗zbek kurashi bo‗yicha 
Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi va 3 marta jahon chempionati o‗tkazildi. 
Umuman, Respublika sporti taraqqiyoti yangi bosqichga ko‗tarildi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə