Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar: 
1.O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining Nizomining mohiyatini 
tushuntirib bering.
2.Bosh Assambleya, Kongress, sessiya, ijroqo‗m tushunchalariga izoh bering. 
3.O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining asosiy vazifalarini 
sanab bering. 
4.Olimpiya klublari va ularning vazifalari nima?.
5.Olimpiya Akademiyasining vazifalari va ahamiyatini ayting. 
 
 
 
 
 


253 
 
 
 
 
 
16-MAVZU. XALQARO ZAMONAVIY SPORT HARAKATINI TASHQIL 
QILISH VA RIVOJLANTIRISH. XALQARO SPORT HARAKATINI 
TASHKIL QILISH 
1.Xalqaro sport harakati taraqqiyotining asosiy bosqichlari haqida 
tushunchalar. (1860-1894, 1896-2008). 
2.Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi, uning tashkiliy tuzilishi, maqsadi, vazifalari. 
Bosh Assambleya, milliy olimpiya qo‗mitalari assambleyasi, sessiya, kongress. 
3.Xalqaro sport uyushmaalri, sport federatsiyalari, qit‘alardagi sport 
tashkilotlari. Osiyo sport uyushmalari, ularning asosiy tadbirlari. Markaziy Osiyo 
sport uyushmalari. 
Tayanch iboralar: Xalqaro sport harakati, xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Osiyo 
sport uyushmalari, Birlashgan millatlar tashkiloti, Xalqaro Olimpiya 
Akademiyasi, Markaziy Osiyo sport uyushmalari, milliy olimpiya qo‘mitalari 
assambleyasi, sessiya, kongress. 
Xalqaro 
sport 
harakati 
taraqqiyotining 
asosiy 
bosqichlari 
haqida 
tushunchalar. (1860-1894, 1896-2008). 
Xalqaro sport harakati jahondagi barcha davlatlar va xalqlarning kundalik 
faoliyati sifatida tarkib topgan hamda umumjahon miqyosida ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy jarayonlarni o‗zida ifodalovchi ijtimoiy faoliyatdir. Uning vujudga kelishi 
va taraqqiyot yo‗li uzoq darvlarni hamda juda ko‗p turli-tuman faoliyatlarni o‗z 
ichiga oladi. 
E‘tirof etish kerakki, jahonda taraqqiy etgan AQSH, Yaponiya, Janubiy 
Koreya, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar taraqqiyotida o‗zining salmoqli 
o‗rni va har tomonlama muvozanati jihatidan e‘tiborga loyiq bo‗lgan Rossiya, 
Xitoy, Hindiston, Arab mamlakatlari o‗rtasida sport sohasida o‗zaro aloqalar 


254 
mavjud. Bu faoliyatlar esa xalqaro sport harakatiga ijobiy ta‘sir o‗tkazib 
bormoqda. 
Jahon xalqlari tarixida xalqaro sport harakati ham muhim ahamiyatga ega 
bo‗lgan jarayondir. U xalqlarni faqat sportdagi faoliyatlari bilangina emas, balki 
turli millatlarning madaniyati, ijtimoiy taraqqiyoti, insonparvarlik hamda 
progressiv g‗oyalari bilan ham o‗zaro bog‗laydi. 
Xalqaro sport harakati o‗zining tarixiy taraqqiyot bosqichlariga ega. Ya‘ni 
o‗tgan XIX asrning oxirlarida Evropa mamlakatlarida xalqaro sport uchrashuvlari 
tashkil etilib, bu esa asta-sekin rasmiy musobaqalar tusini oldi. Natijada, turli sport 
uyushmalari (federatsiyalari) tashkil qilina boshlandi. Buning oqibati esa Xalqaro 
Olimpiya o‗yinlarini davr talablari asosida tashkil qilishga da‘vat etdi. 
XIX asrning ikkinchi yarimida o‗tkazilgan musobaqalarning yagona tartib 
va qoidalari bo‗lmaganligi sababli Xalqaro sport harakatining rivojlanishiga 
birmuncha salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. 
Shunday bo‗lsada,1881 yilda Evropa gimnastika uyushmasi, 1892 yilda 
akademik eshkak eshish Xalqaro federatsiyasi, 1904 yilda Xalqaro futbol 
federatsiyasi tashkil etildi. Bu siljishlar Xalqaro Olimpiya qo‗mitasini tuzishga 
(1894) va uning faoliyatini rivojlantirishga sababchi bo‗ldi. Bunda buyuk 
mutafakkir Per de Kubertenning xizmatlari nihoyat kattadir. Hozirgi kunda ham 
uning asosiy qismi o‗z kuchi va mavqiyini saqlab kelmoqda. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə