Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


O„zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo„mitasining asosiy



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

O„zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo„mitasining asosiy 
vazifalari 
O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasining asosiy maqsadi: 
- havaskorlik sportini rivojlantirish hamda Olimpiya harakatini himoya 
qilish; 
- olimpiya o‗yinlarida sportchilar ishtirokini ta‘minlash; 
- sportni rivojlantirish, respublika va jahon sportchilari hamda olimpiya 
o‗yinlari qatnashchilari orasida do‗stlikni mustahkamlashga qaratilgan olimpiya 
g‗oyalarini mustahkamlash. 
Nizomda ifoda etilgan maqsadlarni amalga oshirishda Milliy Olimpiya 
qo‗mitasi quyidagi vazifalarni o‗z oldiga qo‗yadi: 
- Olimpiya qoidalari va Nizomning baja-rilishini ta‘minlash; 
- bosh Assambleya qarorini amalga oshirish; 
- Milliy Olimpiya qo‗mitasi Assambleyasi kun tartibini tayyorlash; 
- moliyaviy harajatlarini ta‘minlash va javobgarlik; 
- yillik hisobot tuzish; 
- idora ishlari, arxiv saqlash mas‘uliyati va hokazolar. 
O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasi Ijroiya qo‗mitasi 
qoshida 10 dan ortiq turli komissiyalar ish olib boradi. Ular, asosan, olimpiya 
harakati bilan bog‗liq bo‗lgan tashkiliy, tayyorgarlik, ilmiy-nazariy yordam, 
targ‗ibot, xalqaro aloqalar va boshqa sohalarda faoliyat ko‗rsatadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‗mitasi Prezidenti, uning 
yordamchisi, Ijroqo‗m a‘zolari Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‗mitasi, sport 
jamiyatlari, uyushmalari, assotsiatsiyalari bilan bevosita hamkorlikda ish olib 
boradi. Xalqaro Olimpiya harakati, Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi va ular bilan 
bog‗liq masalalar bo‗yicha respublikadagi mas‘ul idoralarga murojaat etadi va o‗z 
vazifalarini amalga oshiradi. 


245 
Olimpiya klublari, Olimpiya Akademiyasi, ularining vazifalari 
Olimpiya klublari va ularining vazifalari 
Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi Xartiyasi va O‗zbekiston Respublikasi Milliy 
Olimpiya qo‗mitasining Nizomida qayd etilishicha, ilg‗or tajribaga va shart-
sharoitlarga ega bo‗lgan Oliy o‗quv yurtlari, viloyat markazlari hamda yirik sanoat 
shaharlarida Olimpiya klublari tashkil etilishi mumkin. Bu tashabbus 1985-1987 
yillarda Samarqand Davlat pedagogika instituti (hozirgi SamDU) jismoniy tarbiya 
fakulteti jamoasi tomonidan amalga oshirildi va keyinchalik shu asosda Olimpiya 
Akademiyasi tashkil etish haqidagi g‗oya paydo bo‗ldi. 
O‗zbekiston Milliy Olimpiya qo‗mitasi ta‘sis etilgach (1992), barcha 
viloyatlarning sport qo‗mitalari qoshida Olimpiya klublarini tashkil etish an‘anaga 
aylandi. Ularning boshqaruv faoliyati klub raisi (prezident) hay‘at a‘zolari va 
kengash tomonidan olib borildi. 
Olimpiya klublarining asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi: 
- o‗z hududlarida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‗ib qilish; 
- sport turlarini rivojlantirishga hissa qo‗shish; 
- o‗quvchi-yoshlar va aholi o‗rtasida Olimpiya g‗oyalarini targ‗ib qilish; 
- sport musobaqalarini o‗tkazishda ko‗maklashish; 
- ilg‗or tajribalarni ommalashtirish; 
- mutaxassis xodimlar bilan hamkorlik qilish; 
- respublika sport taraqkiyoti va sportchilarning erishgan g‗alabalarini 
matbuot va uslubiy qo‗llanmalarda keng yoritish; 
- Xalqaro Olimpiya qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya 
qo‗mitasining amaliy faoliyatlarini chuqur o‗rganish, qo‗yilgan vazifalarni amalga 
oshirishda ko‗maklashish va hokazo. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə