Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Moddiy resurslar

jismoniy sport inshoatlari tarmoqlari. Xalqaro sport 
to‗g‗risidagi qonunchilik shuni ta‘kidlaydiki, ommaviy sportda ko‗zlangan 
natijalarga erishishda Hukumat, davlat idoralari va noodavlat tashkilotlar sport 
inshoatlari, qurilmalari va jihozlaridan foydalanish va tashkil etish bo‗yicha har bir 
yo‗nalishda o‗z harakatlarini birlashtirgan holda kuchaytirishlari zarur. Yoshlarni 
sport bilan band bo‗lishlarida jismoniy tarbiya va sportning zarur qurilma va 
jihozlar bilan ta‘minlanishiga e‘tibor qaratilmoqda. Bunda sport inshoatlari 
tarmoqlarini rejalashtirish masalalari davlat idoralarining muhim vazifalaridan biri 
hisoblanadi. 


237 
Ispaniyaning Sport oliy kengashi sport jihozlari va inshoatlarining 
rivojlanishi va zamonaviylashtirilishi bo‗yicha rejalar ishlab chiqish va amalga 
oshirishda rejalarni bajarish bo‗yicha qo‗mitalar bilan hamkorlikni yo‗lga 
qo‗ymoqda. Shu bilan birga jamoat uchun mo‗ljallangan, davlat tomonidan 
moliyalashtirilgan sport inshoatlari rejalashtirish va qurilishi uning ko‗pchilik 
tomonidan foydalanilishini, kun davomida uning bandligi, har xil jismoniy 
tayyorgarlikka ega bo‗lgan fuqarolar, jismoniy nuqsonga ega bo‗lgan kishilar 
hamda qariyalar ham foydalana olishini hisobga olib amalga oshiriladi. 
Fransiya qonunchiligi, ayniqsa, sport jihozlari bo‗yicha masalalarni qattiq 
nazorat qiladi. Masalan, sport qurilmalari egasi bu haqda ma‘muriyatga 
bayyonnoma tuzilishi uchun ariza berishga majburliklari to‗g‗risida qonuniy 
me‘yor mavjud. Bu erda ko‗pchilik birlashmalar ommaviy sportni rivojlantirishda 
quyidagi muhim omillarni keltiradi:
-
sport inshootlarining ta‘minoti,
-
yoshlar sportini rivojlantirish siyosatini tuzish, 
-
sog‗lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etish.
Shunday tajribani Daniya munitsipal idoralari ham amalga oshirmoqda, 
sport tashkilotlari zarur jihozlar bilan bepul ta‘minlanmoqda yoki jihozlar ijaraga 
olinishida engilliklar kiritilmoqda. 
Germaniyada sport tashkilotlariga ma‘muriy xarajatlar to‗lovi bo‗yicha 
masalalarni hal etish uchun o‗z mablag‗lari kamlik qilganda, sport anjomlari va 
jihozlarini sotib olishda, o‗quv-mashq ishlarini olib borishda moliyaviy ko‗mak 
beriladi. Undan tashqari, sport inshoatlari qurilishiga bo‗lgani kabi mehnat 
resurslariga ham quyidagi maqsadli subsidiyalar ajratilishi mumkin, ―Sport 
inshoatlarini qurish va ta‘mirlash – Er va munitsipalitetlar xarajatlarining muhim 
bir bo‗limi. 
Bu maqsadlarga erishish uchun milliard evro sarf qilinadi‖. Ma‘lumki, 
qurilish va jihozlash ishlari hamda sport inshoatlari uchun jihozlar sotib olishda 
muhim investitsiyalarni talab qiladi, shuning uchun Germaniya va Fransiyaning 
kundalik amaliyotida klubni boshqarishda munitsipal sport jihozlarini ularni saqlab 


238 
turish va ijarada olib turishning ko‗p xarajatliligiga qaramay, bepul taqdim 
etilmoqda. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə