Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

 
O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar: 
1.Xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimlari qanday 
yo‗lga qo‗yilgan?. 
2.Rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish 
qanday amalga oshiriladi?. 
3.Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi (MDH) tarkibidagi davlatlarda jismoniy tarbiya 
va sport tashkilotlarini faoliyati qanday?. 
4.Xorijiy mamlakatlarning jismoniy tarbiya va sportni boshqarishdagi amaliy 
tajribalarini izohlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


232 
 
 
 
 
14-MAVZU: OMMAVIY SPORTNI TASHKIL ETISH VA SPORT 
MUSOBAQALARI BOSHQARUVIDA XORIJIY TAJRIBALARNI 
JORIY ETISH 
1.Xorijiy davlatlarda ommaviy sportni tashkil etish tamoyillari.
2.Xorijiy davlatlarda sport musobaqalarini tashkil etish va boshqaruvida 
xorijiy tajribalarni joriy etish.
3.Ommaviy sport yoki barcha uchun sport ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni 
echishda asosiy tamoyillarini o‗rganish.
Tayanch iboralar:
ommaviy sport tushunchasi,sport musobaqalari, 
sportning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati.

Xorijiy davlatlarda ommaviy sportni tashkil etish tamoyillari 
Umume‘tirof etilgan dalil, ya‘ni jismoniy madaniyat va sport (JMS), 
ayniqsa ommaviy sport yoki barcha uchun mo‗ljallangan sport sohasi ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar, jamiyat birlashishi, yoshlarni zararli odatlardan saqlash, 
kasalliklarning oldini olish, o‗rtacha umr ko‗rish davrini uzaytirish va ularning 
sifat darajasini oshirish masalalarini hal etishi ma‘lum. Shak-shubhasiz, ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‗lganligi uchun sport xizmatlari xalqaro boshqarish va 
hamkorlikning muhim omilidir.
Ommaviy sport bo‗yicha asosiy hujjat sifatida Jismoniy tarbiya va sport 
bo‗yicha xalqaro xartiyani (1978 y.) va keyingi qo‗shimchalar bilan to‗ldirilgan 
Evropaning sport xartiyasini (1992y.) keltirishimiz mumkin. Keltirilgan hujjatlarda 
belgilangan qoidalar ommaviy sport rivojlanishini boshqarishni belgilaydi, ya‘ni 
bu qoidalarga barcha mamlakatlar rioya qilishi va tasdiqlashi lozim.
Asosiy qoidalardan biri mamlakatlarning ishtirok etishi va chetlashishi
birinchidan, ommaviy sport
 
mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanishda haq-huquqlarni 


233 
cheklamaslik, ikkinchidan, hukumat sport inshootlari tarmoqlarini rivojlantirish va 
jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanishni yo‗lga qo‗yishi kerak. 
Hujjatlarning mazmuniga ko‗ra turli mamlakatlar o‗z ijtimoiy-iqtisodiy 
holatlaridan va siyosiy tuzilishidan kelib chiqqan holda ommaviy sport rivojlanishi 
va o‗zining resurs bazasini tuzish, qayta tiklash va to‗ldirishga imkoniyat yaratishi 
zarur.
Sportning rivojlanishi uning asosiy qonuniga asoslanadi. SHunday qilib, bu 
qonun Fransiyada ―Jamiyatda sport va jismoniy faollikning rolini oshirish va 
muassasalari haqida Fransiya Respublikasining Qonuni (1984 y.)‖, Finlyandiyada 
– Sport haqidagi qonun (21.12.1979 y.) va Sport haqidagi ustav (28.12.1979 y.) 
boshqalar. Ta‘kidlab o‗tish kerakki, bunday qonunlarni takomillashtirish
shuningdek sportni rivojlantirishga oid boshqa barcha qonuniy hujjatlar xalqaro 
hujjatda keltirilgan holatga mos bo‗lishi zarur. Turli vazirlik va mahkamalar ijrochi 
hukumatning davlat idoralari hisoblanadi.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə