Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar: 
1.Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta‘minot tushunchasi.
2.Davlat byudjetidan foydalanish qanday amalga oshiriladi?. 
2.Kasaba uyushmalari, korporatsiyalar, tijorat va jamg‗arma uyushmalarining 
jismoniy tarbiya va sportni moliyaviy jihatdan ta‘minlashdagi roli nimada?. 
3.Jismoniy tarbiya va sport sohasida o‗zini-o‗zi moddiy ta‘minlash va pullik 
xizmatlar qanday yo‗lga qo‗yilgan?. 
4.Sport tashkilotlari va ularning boshlang‗ich jamoalarida smeta tuzish tartiblarini 
tushuntiring. 
5.Sport buyumlarini ishlab chiqarish, ularni sotish va xarid qilish tartiblari 
qanday?. 


220 
13-MAVZU. HAMDO„STLIK MAMLAKATLARDA JISMONIY TARBIYA 
ISHLARINI TASHKIL QILISH. XORIJ MAMLAKATLARIDA JISMONIY 
TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISH 
REJA 
1. Hamdo‗stlik mamlakatlarda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish 
2. Evropa mamlakatlarda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish 
3. Horij mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish 
Jahon xalqlari tarixida o‗tgan XX asr turli-tuman voqealar, ixtirolar
yangiliklar, shafqatsiz urushlar va yangicha jahon demokratiyasi sari intilish davri 
bo‗lib hisoblanadi. Bu davlatlarning ham taraqqiy etgan va taraqqiyot yo‗lida 
faoliyat ko‗rsatayotgan jahon tizimi tashkil etdi. Sobiq Ittifoqning inqirozga 
uchrashi, uning tarkibidagi respublikalarning mustaqil davlat sifatida istiqlol sari 
faoliyat ko‗rsatishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hamdo„stlik mamlakatlarda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish 
Jamiyat taraqqiyoti tarixida juda ko‗p ijtimoiy-madaniy o‗zgarishlar bo‗lib 
o‗tgan. Tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, Evropa, Osiyo va boshqa 
qit‘alardagi mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish asosan 
davlatni idora qiluvchi kishilar, ularga tobe bo‗lgan jamoalar tomonidan amalga 
oshirib kelingan. Faqat o‗tgan XIX asrning ikkinchi yarmida futbol, suzish, 
gimnastika, engil atletika, qilichbozlik, o‗q otish kabi turlari bo‗yicha Evropa va 
xalqaro sport uyushmalari tashkil qilinib, ular ommaviy sport musobaqalari va 
xalqaro turnirlar uyushtirishni o‗z qo‗llariga olgan. Xalqaro Olimpiya o‗yinlari 
(1896) va boshqa rasmiy sport musobaqalari o‗tkazildi, natijada juda ko‗p 
davlatlarda sportga bo‗lgan munosabat keskin o‗zgardi. 


221 
Hozirgi vaqtda AQSH, Angliya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Koreya kabi 
bir qator davlatlar rivojlanib bormoqda. 
Germaniyada sport tizimini boshqarishning o‗ziga xos tomonlaridan biri - 
sportning davlat aralashuvisiz alohidaligidir, ya‘ni sport uchun sport 
tashkilotchilarining o‗zi javob beradilar. Germaniyada asosiy e‘tibor yuqori 
darajadagi sportchilarning moliyaviy ta‘minotiga federal va munitsipialitetlarda 
esa ommaviy sportga katta ahamiyat beriladi, ya‘ni sport stadionlari va gimnastika 
zallari qurilishi, oliy o‗quv yurtlar va maktablardagi sport darslarining moliyaviy 
ta‘minoti ular e‘tiborida bo‗ladi. 
Germaniyadagi aholining uchdan ikki qismi o‗zlarini faol sportchilar deb 
hisoblashadi. Sport o‗avaskorlari ixtiyoriga 55000 sport maydonchalari (maktab 
maydonlari bilan hisoblanganda), va shu jumladan 35000 sport va gimnastika 
zallari, 7300 ochiq va yopiq basseynlar berilgan. 
Germaniya sport uyushmasi mamlakatning eng katta sport tashkiloti 
hisoblanadi, unda 2,6 milliondan ortiq odam o‗z klublarida trener, yordamchi va 
boshqarma a‘zolari sifatida jamoatchilik asosida ishlaydilar. Ularning olib 
borayotgan ishlari ommaviy sportni shuningdek bolalar va o‗smirlar orasidan 
yangi iste‘dodlarni ochishga xizmat qilish. Sport uyushmalarining boshqa 
tashkilotlari quyidagilar: Germaniya gimnastlari ittifoqi (4,7 million a‘zo) va 
Germaniya tennischilari ittifoqi (2,1 milliondan ortiq a‘zo) 
Germaniyadagi katta sportning infrastrukturasi 20ta olimpiada bazalarini, 
16ta trenerlik markazlari va 195 federal ahamiyatdagi sport bazalarini o‗z ichiga 
oladi. 
Federal hukumat katta sportni qo‗llab-quvvatlab kelmoqda. 2000 yilda 
hukumat tomonidan trenirovka va musobaqalar dasturlariga 222 million marka 
ajratilgan. 
Hozirgi zamon katta sporti uchun ijtimoiy yordam va moliyaviy himoya 
Germaniya sportchilariga yordam jamg‗armasi sport uyushmalari tomonidan 
ta‘minlanadi. Jamg‗arma nodavlat muassasi hisoblanadi. Uning moliyaviy 


222 
ta‘minoti xususiy mablag‗lar, maxsus sportga oid markalarni sotishdan tushgan 
mablag‗lar va televizion materiallardan tushgan foydalardan iborat. 
Germaniyada sportning iqtisodiy ahamiyatini rivojlanishi uni moliyaviy 
jixatdan mustaqil bo‗lishiga olib keldi. Iqtisodiyot va sport hamkorligining shakli 
sifatida homiylikning ahamiyati ortdi. Bu esa davlat byudjetining yildan-yilga 
qisqarishini hisobga olganda zaruriyatga aylanmoqda. 1997 yil ma‘lumotlariga 
ko‗ra tijorat homiylari sportga 2,3 mlrd marka o‗tkazdilar. 
Germaniyada sport muhim iqtisodiy omil hisoblanadi. Germaniya aholisi 
sport tovarlari va xizmatlari uchun yiliga 43 mlrd marka sarflaydilar 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə