Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Evropa mamlakatlarda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Evropa mamlakatlarda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil qilish 
Evropa ittifoqi fuqarolarining uchdan bir qismi sport klublarining a‘zolari 
xisoblanadi. 1991 yil dekabrda Evropa sport forumiga asos solingan, bu organ 
Evropa mamlakatlari orasida sport bo‗yicha munozara va maslaxat o‗tkazish 
vazifasini bajaradi. «Evratlon» dasturi hisobiga sport moliyaviy ta‘minlanadi, 
uning asosiy qismi ommaviy sportga, shu jumladan nogironlar sportiga sarflanadi. 
Evropada sportga normativ yondashuv misoli sifatida professional 
sportchilarning har joyda yashashlari, diplomlarning tan olinishi, sport anjomlarini 
normativlashtirilishi va sport musobaqalarini televidenie orqali ko‗rsatish huquqini 
ko‗rish mumkin. 
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida juda ko‗p davlatlar ozodlikka erishib, 
o‗z mustaqilliklarini qo‗lga kiritdilar. Bunday mamlakatlarda ijtimoiy,iqtisodiy 
rivojlanish, madaniyat, tibbiyot va boshqa sohalar bilan birgalikda sportni yaxshi 
yo‗lga qo‗yishga ham alohida e‘tibor berila boshladi. Bunday davlatlarning ba‘zi 
birlariga qisman to‗xtalish mumkin. 
Afrikada ko‗pgina mamlakatlarda sport harakati bo‗yicha davlat idoralari 
tashkil qilingan. Kongo, Mali va Gvineya davlatlarida jismoniy tarbiya va sport 
vazirligi, Jazoir Xalq Demokratik respublikasi va Kamerunda jismoniy tarbiya va 
sport ishlari bo‗yicha komissariatlar tashkil qilingan. 
Senegal, Marokash va Tunisda bo‗lsa yoshlar va sport ishlari bo‗yicha 
Davlat kotibiyatiga yuklangan. 


223 
Barcha jismoniy tarbiya va sport ishlarini jamoalarda tashkil qilish 
sportklublari tomo-nidan olib boriladi. Afrika mamlakatlarida sport mutaxassislari 
etarli darajada bo‗lmagan-ligi sababli sobiq Ittifoq mutaxassislari ularga katta 
yordam berib keldi. 
Afrika mamlakatlarining sport hayotida regional o‗yinlar katta o‗rin 
egallaydi. Yirik musobaqalar qit‘aning turli zonalarida o‗tkaziladi. Unda O‗rta er 
dengizi, Arab va Panafrika mamlakatlari o‗yinlari diqqatga sazovordir. Juda ko‗p 
Afrika davlatlari bu o‗yinlarda faol qatnashishi bilan o‗zlarining ozodlik va 
mustaqillikka erishganligini namoyon etadilar. Shu sababdan ham Afrika sport 
harakatini boshqarib va yo‗lga solib turadi. O‗z navbatida, Oliy Kengash 
chempionatlar, birinchiliklar o‗tkazadi, sport inshootlari qurish, mutaxassis kadrlar 
tayyorlash ishlarini yo‗lga solib turadi. 
Ko‗pgina mustaqillikka erishgan Afrika davlatlari Milliy Olimpiya 
qo‗mitalari, federatsiyalar va uyushmalarga ega. Ular olimpiya o‗yinlari, jahon 
birinchiliklari va chempionatlariga keng yo‗l ochib berib, Afrika sportchilarining 
ravnaqini belgilab berdi. 
Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari hayotida jismoniy tarbiya va sport 
harakatining rivojlanishi birmuncha o‗zgarib ketdi. Ko‗pgina davlatlarda jismoniy 
tarbiya va sportni boshqarish davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. SHu 
bilan birga, bu ishlarda jamoat tashkilotlari ham qatnashib, xalq o‗rtasida sport 
mashg‗ulotlarini tashkil qilishda ko‗maklashadi. 
Hindistonda jismoniy tarbiya va sport ishlarini sport, jismoniy tarbiya va 
dam olish milliy Kengashi Olimpiya qo‗mitalari yuritadi, ular xalqaro sport 
harakatida faol qatnashadilar. 
Hindiston, Birma, Marokash, Braziliya va boshqa bir qator davlatlar 
Olimpiya o‗yinlari turlari bilan bir qatorda o‗zlarining milliy sport turlari, 
o‗yinlariga ham egadirlar. 
Hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyoti davrida nafaqat o‗z tuzumi va madaniy 
rivoji bilan alohida ajralib turadigan, balki jahonda tinchlik, iqtisodiy muhit 
muvozanatini saqlab turishga sababchi bo‗lgan bir qator yirik davlatlar va badavlat 


224 
mamlakatlar bor. Ularda jismoniy tarbiya va sport ishlari ham yuqori saviyada 
tashkil qilingan. Ularga Amerika Qo‗shma Shtatlari (AQSH) rahnamolik 
qilmoqda. Hozirgi ijtimoiy taraqqiyot va tinchlik uchun kurash avj olgan bir 
paytda AQSH, Germaniya Federativ Respublikasi, Angliya, Yaponiya, Italiya, 
Fransiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarni shular qatoriga kiritish mumkin. 
Hozirgi davrda Yaponiya havaskor sport assotsiatsiyasi 50 dan ortiq sport 
tashkilotlarini va Yaponiyaning 47 prefekturasining xavaskor sportchilarini o‗z 
ichiga oladi. Yaponiya Olimpiada qo‗mitasiga 45 sport tashkilotlari kiradi. 
1997 yil Yaponiya Olimpiada qo‗mitasi byudjeti 6,8 mlrd ienni tashkil qildi; 
xavaskor sportchilar assotsiatsiyasi byudjeti esa 4,5 mlrd ienni tashkil qildi. 
Jumladan 1,3 mlrd ien miqdoridagi mablag‗ni Yaponiya Olimpiada qo‗mitasi 
davlat byudjetida subsidiya sifatida oldi. 
Bundan Olimpiada qo‗mitasi 2 mlrd ien tijorat reklamasi uchun, jumladan 
1,1 mlrddan ortig‗ini Yaponiya kompaniya va tashkilotlaridan qaytarmaslik sharti 
bilan berilgan yordam sifatida oldi. 
Shunday qilib, Yaponiya Olimpiya qo‗mitasi davlat, xususiy kompaniya va 
tashkilotlarga moliyaviy tobe, deb aytish mumkin. 
Yaponiya sport xavaskorlari byudjetining 50%dan ortig‗i xususiy 
kompaniyalar va davlat yordami hisobiga olinadi. 
Sportning Yaponiyadagi jamiyat hayotida muhimligini hisobga olib 
Yaponiya maorif Vazirligi 1995 yildan boshlab rasmiy nomini maorif, sport, fan 
va madaniyat Vazirligiga o‗zgartirgan. 
Yaponiyada keksa yoshdagi aholining 65 foizi sport bilan shug‗ullanadi, 
lekin ularning 30 foizi oyiga 1-3 marta, 25 foizi xaftasiga 1 marta shug‗ullanadi. 
SHu bilan birga Yaponiyaning 85 foizi axolisi turli jismoniy mashqlar bilan 
shug‗ullanadi. 
Hozirgi zamonda Yaponiyada turli sport nashrlari chiqariladi, ularning 7 tasi 
yirik nashrlar bo‗lib, yiliga 6,5 mln nusxada chop etiladi. 
Yaponiya televideniesi asosiy e‘tiborni beysbol, golf va boshqa professional 
sport turlariga qaratgan. 


225 
Fransiya Ishchilar sport-gimnastika federatsiyasi, Finlyandiya Ishchilar 
sport uyushmasi, Italiya halq sport uyushmasi, Avstriya jismoniy tarbiya va 
sportchilar uyushmasi, g‗arbiy davlatlardagi havaskorlik ishchilar sport harakatiga 
rahbarlik qiladi va xalqaro sport harakati bilan aloqa bog‗laydi. 
Ishchilar sport klubi Yaponiya, Belgiya, Daniya, Shvetsiya, Shveysariya 
davlatlarida tashkil qilingan. 
Sport klublar, sport bo‗yicha milliy federatsiyalar, ligalar va uyushmalarga 
birlashadilar. 
Bu yo‗nalishlar monopolistik davlat va jamoat tashkilotlari ta‘siri ostida 
bo‗ladi. 
1. Sport yutuqlarining eng yuqori natijalari ustidan rahbarlikni 
markazlashtirish. 
2. Monopol, kooperatsiya, firmalar tomonidan sportdagi oliy natijalarga 
ta‘sirning o‗sishi, bu esa sportni moliyaviy ta‘minlashda davlatga foyda keltiradi. 
3. Katta sportga ilmiy-texnik yutuqlarni tadbiq qilish. 
4. Sportchilarni mashq qildirish uchun bir yoki bir necha mamlakatlarning 
maxsus markazlarini tashkil qilish. Bu esa jamoa bo‗lib sportchilarni tayyorlashga 
qaratilgan faoliyatdir. 8-millionlik Shvetsiya aholisining 7-yoshidan 70 yoshigacha 
turli sportklublarining a‘zosi hisoblanadi. Ular sportklublarning faoliyatida 
harakatdagi sportchilar yoki o‗zlarini yaxshi sport formasida ushlab turishlari, 
murabbiy, shuningdek raxbar sifatida ishtirok etadilar. Ikki million kishi sport 
bilan faol shug‗ullanadilar 650 mingdan ziyod kishi turli sport musobaqalarida 
qatnashadilar. 
7 yoshdan 15 yoshgacha bo‗lgan har uch o‗g‗il bolaning ikkitasi, 
shuningdek har ikkinchi qiz turli sport klubining a‘zosi hisoblanadi. Shvetsiyaning
shahar va tumanlaridagi sport klublari soni 22 mingdan ortiq. Bundan tashqari 
turli firmalardan 18 mingdan ziyod sport klublari faoliyat ko‗rsatadi. 
Shvetsiyada tennis, chang‗i sporti, parus sporti, xokkey, qo‗l to‗pi, stol 
tennisi, avtoralli, motopoyga, kegli, eshkak eshish va kanoe hamda nogironlar 
sporti keng ommalashgan. 


226 
Sport 
klublari 
va 
jamiyatlari 
faoliyatida 
qatnashish 
SHvetsiya 
Konstitutsiyasi bilan kafo-latlangan. Bu esa har bir fuqaroning o‗z sport klubini 
topishida muhim manba hisoblanadi. 
Sport klublari Shvetsiyada jismoniy tarbiya va sport harakatining asosi 
hisoblanadi. Bugungi kunda Shvetsiyaning har bir qishlog‗ida sport klublari 
tashkil qilingan. 
Shvetsiya sport modeli to‗liqligiga mahalliy raxbarlarning qo‗llab-
quvvatlashlariga (jamoatchilik asosida) bog‗liq. 
Shvetsiyada 63 ta sport federatsiyalari tashkil qilingan. Kanat tortirish 
federatsiyasidan tortib zamonaviy florbol (fristi) va amerikacha futbol 
federatsiyasigacha faoliyat ko‗rsatadi. Maxsus federatsiyalar (sportning bitta turi), 
shuningdek kompleks (bir nechta sport turlarini o‗z ichiga olgan) federatsiyalar. 
Kompaniya sporti assotsiatsiyasi, maktab sporti assotsiatsiyasi, universitet sporti 
assotsiatsiyasi, nogironlar sporti assotsiatsiyasi shular jumlasiga kiradi. 
Eng yirik federatsiya Shvetsiya futbol assotsiatsiyasi hisoblanadi. Uning 
tarkibiga 3200 ta klublar kiradi. Eng kichik federatsiya parus - kanoe federatsiyasi 
hisoblanadi. Uning tarkibiga 16 ta klub kiradi. 
Sport klublarida jami shug‗ullanuvchilarning 40 foizini ayollar tashkil etadi. 
Yangi sport turlari bo‗yicha tashkil etilgan federatsiyaning Shvetsiya sport 
Konfederatsiyasi tarkibiga kirish uchun Konfederatsiya Bosh assambleyasining 
roziligi kerak. Masalan, yangi federatsiya mablag‗ o‗zlashtirishni o‗z oldiga 
maqsad qilib qo‗ymasligi kerak. Sport mashg‗ulotlarini shunday tashkil qilish 
kerakki, bu sport harakatining maqsad va mafkurasiga muvofiq kelishi, mavjud 
sport turlaridan nusha olmasligi (takrorlash), shuningdek kamida sport okrugining 
yarmini va 50 ta sport klubiga (har birida kamida 3 ming a‘zo) ega bo‗lishi kerak. 
Halqaro sport harakatida Shvetsiya fuqarolari faol ishtirok etmoqdalar. 300 
dan ortiq Shvetsiya fuqarosi turli Xalqaro sport tashkilotlarining a‘zolari 
hisoblanadi. 
Shvetsiya 
boshqa 
mamlakatlarning 
sportchilarini 
turli 
darajadagi 
musobaüalar, chempionatlarga doimiy ravishda taklif üiladi. Shvetsiyada jahon va 


227 
Evropa chempionatlari muntazam ravishda o‗tkaziladi. Statistik ma‘lumotlarga 
ko‗ra yirik Xalqaro sport musobaqalarini o‗tkazishda Shvetsiya asosiy 
tashkilotlardan hisoblanadi. 
Xalqaro sport harakatida Shvetsiyani asosan ikkita tashkilot Shvetsiya sport 
konfederatsiyasi va Milliy olimpiya qo‗mitasi. Bu tashkilotlar Shvetsiya 
sportchilarining Olimpiya o‗yinlari va Olimpiya siyosatidagi ishtiroklari uchun 
javobgar hisoblanadi. Shuningdek Shvetsiya sport konfederatsiyasi yirik 
dasturdagi sport yordamiga ham ma‘suldir. Ya‘ni Shvetsiya sporti, yangi 
demokratik mamlakatlarga (Sharqiy va Markaziy Evropa) doimiy ravishda yordam 
ko‗rsatib keladi. Janubiy Afrika, Zimbabve va Tanzaniya mamlakatlariga yordam 
ko‗rsatish loyihalarini qo‗llab-quvvatlaydi. 
Boshlang‗ich va o‗rta maktablarda sport va salomatlik alohida fan sifatida 
o‗tiladi. Har bir o‗quvchi o‗zining jismoniy tayyorgarligi va umumiy jismoniy 
tayyorgarlik, sport va maktabdan tashüaridagi faoliyati uchun shaxsan 
javobgarlikka o‗rganadi. Shvetsiya sport konfederatsiyasi ta‘lim muassasalarida 
sport mashg‗ulotlarini sifatli o‗tkazilishi uchun sharoit yaratishga harakat qiladi. 
Davlat sektoridan jismoniy tarbiya va sport moliyaviy ta‘minoti uchun 
mahalliy tashkilot rahbarlari javobgar hisoblanadi. Davlat sektori tomonidan 600 
mln. dollar ajratiladi. Bundan 430 mln. sport inshootlarini ekspluatatsiya qilish 
uchun, 70 mln. sport faoliyati uchun xarajat qilinadi. 
Bundan tashqari xomiylar tomonidan Shvetsiya sport harakati uchun yiliga 
70 mln. dollar miqdorida mablag‗ ajratiladi. 
Shvetsiyada 7-14 yoshdagilarning 60 foizi, 15-29 yoshdagilarning 43 foizi, 
30-49 yoshdagilarning 30 foizi, 50 yoshdan yuüoridagilarning 10 foizi sport bilan 
shug‗ullanadilar. Xotin-qizlar o‗rtasida sportning futbol, ot sporti, engil atletika, 
gimnastika va golf turlari rivojlangan. 50 mingdan ziyod xotin-qizlar futbol bilan 
muntazam shug‗ullanadilar. 
Shvetsiyada sport federatsiyalari o‗zini-o‗zi mablag‗ bilan ta‘minlashga 
harakat qiladi (a‘zolik va kirish badallari, sport lotereyalarini sotish va xokazo). 


228 
Sportning tomoshabin turlarida moliyaviy manba bo‗lib, radiotelevideniya bilan 
shartnomalar tuzish, shuningdek xomiylar yordamida hisoblanadi. 
Shvetsiya sportchilari olimpiya o‗yinlarida jami 547 medalni qo‗lga 
kiritgan, shulardan 211 tasi oltin. 
Shvetsiya sportining shiori ―Sport yoshlar uchun va sport hamma uchun‖. 
Hozirgi zamon Havaskorlik sport harakati professional sport harakati bilan 
yonma-yon borib, uning ko‗pchilik ish shakllari bir-biridan unchalik farq 
qilmayotir. Bu, asosan, Amerika Qo‗shma Shtatlarida ko‗proq sodir bo‗lmoqda. 
Amerika sporti rivojlanishining bosh markazini o‗rta maktablar, kollej va 
universitetlar tashkil qiladi. To‗liqsiz o‗rta, va to‗la o‗rta maktablarda jismoniy 
tarbiya bo‗yicha majburiy darslardan tashqari, maktab va maktabdan tashqari sport 
ishlari keng rivojlangan. Maktab o‗quvchisiga sport turini tanlash huquqi berilgan. 
Sportning suvda suzish, engil atletika, futbol, basketbol, voleybol turlari bo‗yicha 
maxsus inshootlarga ega bo‗lgan maktablarda bir tomonlama sport mutaxassisligi 
beriladi. Shu sababdan sport musobaqalari juda ko‗p o‗tkaziladi. Bundan tashqari, 
bolalar politsiya qoshidagi sport uyushmalari, kichik xristian assotsiatsiyalari, 
skaut otryadlarida sport bilan shug‗ullanadilar. Undan keyingi bosqich kollej va 
universitetlar hisoblanadi. Amerika qo‗shma shtatlari universitetlarida jismoniy 
tarbiya dasturi uch bo‗limdan iborat: 
1. 1 kursda barcha talabalar uchun o‗kuv rejasi asosida majburiy darslar. 
2. Oliy o‗quv yurti ichidagi sport mashg‗ulotlari, bu mashg‗ulot fakulqtativ 
shaklida tashkil qilinib, talabalar o‗rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga 
qaratilgan. 
3. Universitetlararo sport, bu iqtidorli sportchilarni o‗z ichiga oladi. 
Oliy o‗quv yurtlariaro sportda shug‗ullanuvchilarga yotoqxonada bepul 
yashash va ovqatlanishga imkoniyati berilishi, ularni sport bilan ko‗proq 
shug‗ullanishga sharoitlar yaratadi. 
Talabalar sporti rahbarligini ko‗pgina tashkilotlar,ayniqsa,oliy o‗kuv 
yurtlariaro sport milliy assotsiatsiyasi olib boradi. 


229 
AQSHda sportni rivojlantirishda Havaskor atletlar uyushmasi va Milliy 
Olimpiya qo‗mitasi asosiy rahbarlik qiladi. 
Shu sababdan, bu tashkilotlar o‗rtasida doimiy kelishmovchilik va o‗zaro 
tortishuvlar mavjud. Bunga asosiy sabab moliyalashtiradigan yagona tizimning 
yo‗qligidir. Bu ko‗ngilsizliklarni bartaraf qilish uchun havaskorlik sporti haqidagi 
qonun qabul qilingan va AQSH Kongressi havaskorlik sporti harakatiga tegishli 
barcha faoliyatlarni Milliy Olimpiya qo‗mitasiga yuklatilgan. 
AQSH Milliy Olimpiya qo‗mitasi sportchilarni Olimpiya o‗yinlari va 
Panamerika o‗yinlarida qatnashish uchun tayyorlaydi. Shu bilan birgalikda, 
xalqaro sport harakatiga aloqador bo‗lgan masalalar bilan shug‗ullanadi. 
Germaniya, Angliya, Fransiya, Yaponiya, Koreya, Xitoy va boshqa taraqqiy qilgan 
mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik ishlari davlat idoralari 
tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sport federatsiyalari, turli uyushmalar, 
Milliy Olimpiya qo‗mitalari ham boshqaruvchilikda faol ishtirok etadi. 
Sportdan foyda oladigan tashkilotlar, idoralar horijiy mamlakatlarda juda 
ko‗p. Ular o‗yinlar paytida savdo, tijorat, reklama kabi faoliyatlardan maqsadli 
foydalanadilar. Shu sababdan matbuot, televidenie sport markazlari, inshootlarida 
sportni keng targ‗ib qilishda faollik bilan ishtirok etadi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə