Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Xorijiy davlatlarda sport musobaqalarini tashkil etish va boshqaruvida



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Xorijiy davlatlarda sport musobaqalarini tashkil etish va boshqaruvida 
xorijiy tajribalarni joriy etish 
Ispaniyadagi Oliy sport kengashi Ta‘lim va fan vazirligining alohida 
qismidir, Argentinada esa ijtimoiy (jamoat) masalalari bo‗yicha vazirlikdir. 
Ularning zimmalariga JMSning rivojlanishida tug‗iladigan savollar, ya‘ni sportda 
yuqori marralarga erishishdagi ishtiroki, davlat mablag‗ini ajratish va taqsimlash, 
xarajatlar ro‗yxatini tuzish, sport muassasalariga ajratilgan yordam puli va 
qarzlarni taqsimlash, sport tadbirlari uchun moliyaviy mablag‗lar ajratish yoki 
bekor qilish, moliyaviy mablag‗lar ishlatilishini boshqarish, mutaxasisslarni 
tayyorlashda takliflar kiritish, sport inshootlari qurilishi, shuningdek, sport 
jihozlari bo‗yicha rejalar ishlab chiqish va qo‗llashda ishtirok etish va 
boshqalardan iborat. 
Ommaviy sportning rivojlanishida xorijiy tajriba shuni ko‗rsatadiki, hududiy 
taqsimlanish tizimi davlat va hududiy boshqaruv idoralarining huquq va 
vakolatlarini chegaralaydi. Hukumat miqyosida boshqarishning asosiy funksiyalari 
bajarilsa, sportni boshqarishning viloyat va mahalliy idoralari ommaviy va 


234 
barchaga mo‗ljallangan sportni rivojlantirishga qaratilgan bo‗ladi, bu xorijda 
ajralmas tushuncha sifatida qaraladi.
Germaniyada ommaviy sportni hududiy boshqarish tizimi yo‗lga qo‗yilgan 
bo‗lib, uni boshqarish Konstitutsiya va Germaniyaning federativ tuzilishiga binoan 
er masalasi hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, Germaniyada er darajasida 
sportni boshqarishning yagona tuzilishi yo‗q. Sportni tartibga solish mexanizmi har 
erda bir-biridan farq qiladi. 
JMSning umumiy boshqarilishi, shuningdek, ommaviy sport masalalari 
federal hukumat, milliy sport tashkilotlari, shaharlar, palata va kommunnalar bilan 
birgalikda hal etiladi. Aholining hududiy xususiyatiga qarab, ommaviy sport 
tashkilotlari xizmatlariga talab har xil joyda turlicha, bunga qaramay uning o‗ziga 
xos bir xususiyati mavjud, maktabda sportni joriy etish va jismoniy tarbiya 
murabbiylarini tayyorlash, talaba-yoshlar sporti hamma uchun mo‗ljallangan sport, 
avvalo, yoshlar, ayollar, qariya va nogironlar orasida, sport inshoatlarining 
qurilishi, tuzilishi va zamonaviylashtirilishi, sportda yuqori natijalarga erishish 
hamda sport klubi va jamoalariga yordam berish.
Fransiyaning yoshlar va sport ishlari bo‗yicha vazirligida sport bo‗yicha 2 ta 
boshqarma, shu bilan birga 6 ta idora – moliyaviy, xalqaro sportda yuqori 
natijalarga erishish, sport turlarining rivojlanish siyosati, markazlashtirilgan 
sportchilar tayyorlash muassasalarini boshqarish, fan, sport anjom va qurilmalari 
byurolaridir. Mashhur fransuz iqtisodchi olimi ta‘kidlaydi, sportni rivojlantirishda 
mahalliy hukumat idoralri roli va harakati uchta yo‗nalishga bo‗linadi: aholi 
talabiga mos sport inshooatlarini qurish va zamonaviylashtirish; aholining barcha 
guruhlariga mos jismoniy faollikni tatbiq etish va moliyalashtirishdir. 
Barcha uchun mo‗ljallangan sportni mahalliy yoki hududiy darajada 
boshqarish masalasi alohida e‘tibor talab qiladi. Barcha uchun mo‗ljallangan sport 
turlari doirasida aholiga sport xizmati ko‗rsatish bir necha o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‗lib, ulardan asosiysi mablag‗ sig‗imi va ma‘lumotlar sig‗imi 
hisoblanadi.


235 
Jismoniy sport inshoatlari (JSI)ning qurilishi, jihozlanishi va faoliyat 
yuritishi katta mablag‗ talab qiladi, xizmat ko‗rsatish turlarini kengaytirish 
tendensiyasi aholiga xizmat ko‗rsatish majmuasiga qo‗shimcha va shunga o‗xshash 
xizmatlarni kiritish xarajatlarni oshishiga barqaror zamin yaratadi.
Shunga o‗xshash oddiy misol qilib, mehnat resurslarini keltirishimiz 
mumkin, nafaqat murabbiy va boshqaruv personalining bilim malakasi doim oshib 
boradi (bu o‗z-o‗zidan oylik maoshining oshirilishiga sabab bo‗ladi), balki 
ularning ishlariga ham talab ortadi – ma‘lumot yuklamasi kengayadi, yangi o‗quv 
uslubi, mashg‗ulot o‗tkazishning yangi turlari va vositalari paydo bo‗ladi va 
boshqalar. Iste‘molchilar sog‗lig‗i mutaxassislarning ishlariga bog‗liqligini 
hisobga olib, bu borada xarajatlarni qisqartirish mumkin emas. 
Shunindek barcha uchun mo‗ljallangan sport muassasalari rivojlanishidagi 
asosiy muammolar resurs bilan ta‘minlanganlikka borib taqaladi, uning toifalariga 
moliyaviy, mehnat, moddiy va ilmiy-axborot resurslari kiradi. SHunga taalluqli 
holda barcha uchun mo‗ljallangan sportni boshqarish sport tashkilotlarining 
maksimal darajada resurs bilan ta‘minlanishga erishish qaratilgan.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə