Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Horij mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Horij mamlakatlarida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish 
Professional sport.
Sport klublar, uyushmalar, sport sindikatlari va trestlari 
(horijdagi faoliyat ko‗rsatuvchi tashkilotlar) tomonidan sportning bu yo‗nalishi 
tashkil etiladi. Professional sportchilar shaxsiy va chakana savdo qiluvchi 
tashkilotlar, xodimlar bilan shartnomalar tuzadi va ularga xizmat qiladi. Bu jihatlar 
jahonning barcha mamlakatlariga xos xususiyatga aylandi. Ya‘ni eng etuk va 
ishonchli sportchilar kelishilgan narxda sotib olinadi yoki sotiladi. Bunda
sportchilarning shaxsiy roziligi, hohishi va tashabbusi asosiy rol o‗ynaydi. 
Professional sportning yana bir o‗ziga xos jihati borki, sportchilar 
cheklanmagan yoki havaskorlik sportidagi qoida yoki normativlardan ustunroq 
bo‗lgan holatlarda (vaqt, texnik-taktik qoidalar va hokazolar) bellashadilar. 


230 
Masalan, og‗ir va mutloq og‗ir vazndagi boks, tennis va boshqa sport turlarida bu 
jixatlar ko‗proq uchraydi. 
Horijiy mamlakatlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish va 
boshqarishning o‗ziga xos xususiyatlari bo‗lsada, ular xalqaro sport harakatlari 
talablari doirasida amalga oshiriladi. Ularning eng asosiy maqsadi katta va 
professional sportni rivojlantirish, uning negizida esa jismoniy trabiya va sport 
bilan shug‗ullanuvchilarni ko‗paytirish ko‗zda tutiladi. 
Buyuk Britaniyada davlat maktablaridagi jismoniy tarbiyaga sarflanadigan 
har bir funt sterlingga, xususiy kapital to‗layotgan 10 funt sterling to‗g‗ri keladi. 
Bu mamlakat mutaxassislari jismoniy tarbiya rivojlanishini quyidagi 
ko‗rsatkichlar bo‗yicha belgilaydi: 
-
o‗quv dasturlarda jismoniy tarbiya darsini o‗rni va ahamiyati; 
-
jismoniy tarbiya o‗qituvchisi va murabbiylarning ixtisoslik darajasi va sifati; 
-
maktab sport bazasini moliyalashtirish; 
-
o‗quvchilar sporti va professional sportning o‗zaro bog‗liqlik mexanizmi. 
Yangi Zelandiyada ―Kivi-sport ― umummilliy jismoniy tarbiya dasturi ishlab 
chiqilgan. Dasturning asosiy maqsadi maktab o‗quvchilarini jismoniy tarbiya va 
sport bilan shug‗ullanishga yanada qiziqtirish va jalb qilishdir.―Kivi-sport‖ 
dasturining asosiy vazifalari: 
-bolalar uchun tashkil qilinadigan sport tadbirlarining soni, sifati va turlarini 
oshirishga sharoitlar yaratish; 
- sport tadbirlar ishtirokchilarini qo‗llab-qo‗vvatlash; 
-yoshlarda sport etikasini tarbiyalash. Bu maxsus dastur 3 yilga mo‗ljallangan va 
mamlakat 
maktablarida 

sinfdan boshlab 
o‗tkaziladi.Bunda jismoniy 
harakatlarning 35 turlaridan iborat o‗yin va mashg‗ulotlar qo‗llaniladi. Ularni 
tashkil qilish doimiy nazorat ostida bo‗ladi. Jismoniy tarbiya va sport 
mashg‗ulotlarining 25,50,75 va 100ta darsida qatnashgan o‗quvchilarga nishon va 
belgilar beriladi. 25ta sport mashg‗ulot uchun oddiy nishon va belgi, 50ta – bronza 
nishon, 75 ta – kumush nishon, 100 ta sport mashg‗ulotida faol qatnashgan 
o‗quvchiga oltin nishon va belgi beriladi. 


231 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə