Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

davlat organlari

birinchidan
, davlat mexanizmi (apparati)ning bir 
qismi hisoblanadi; 
ikkinchidan
, davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo‗ladi; 
uchinchidan
, davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish 
maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladi; 
to‘rtinchidan
, ma‘lum bir tashkiliy 
tuzilmaga ega bo‗ladi; 
beshinchidan
, ularning faoliyati bevosita ishlab chiqarish 
bilan, moddiy boyliklarni yaratish bilan bog‗liq emas. 
Ijro hokimiyati organlari tushunchasi va ularning o‗ziga xos xususiyatlari. 
Turli huquq sohalari mutaxassislarining davlat organlari va xususan ijro 
hokimiyati organlari tushunchasi, mazmuni va ahamiyati muammolariga 
bag‗ishlangan 
ko‗pdan-ko‗p 
ilmiy 
izlanishlari 
mavjuddir. 
90-yillarning 
boshlaridan, ya‘ni sobiq Ittifoqning parchalanishi, yangi davlat tuzilmalarining 
shakllanishi va rivojlanishi bilan, bu muammoga bo‗lgan e‘tibor yanada kuchayib 
bordi. Bu ayniqsa davlatlar tomonidan asosiy qonunning ishlab chiqilishi va qabul 
qilinishi bilan yanada jonlandi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiya asosida davlat hokimiyatining bo‗linishi 
prinsipining o‗rnatilishi bilan, davlatning – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyati organlariga bo‗linishi mustahkamlandi. 


28 
Ijro hokimiyati organlari
- davlat hokimiyatining bir bo‗g‗ini bo‗lib, 
davlatning vazifa va funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan 
hamda davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‗lgan siyosiy tashkilotdir. 
Ijro hokimiyati sub‘ektlari o‗rnatilgan kompetensiya doirasida davlat 
boshqaruvini amalga oshiradilar. 
Ijro hokimiyati
- davlat boshqaruvi organlari 
tizimidan tashqarida mavjud bo‗lishi mumkin emas. Ijro hokimiyati – bu uning 
organlarini, ya‘ni normativ tartibda o‗rnatilgan maqsad, vazifa, kompetensiya, 
tuzilma va boshqaruv personali (davlat xizmatchilari)ga ega bo‗lgan davlat 
boshqaruvi organlarini tashkil etish va ular funksiyalanishining tizimidir. 
Ijro hokimiyati organlari
– bu hokimiyat organlari tizimining bir qismi 
bo‗lgan, qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ijro etish va ijrosini ta‘minlash 
maqsadida davlat tomonidan tashkil etiladigan, boshqaruv harakatlarining maxsus 
shakl va uslublaridan foydalanib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida 
boshqaruv funksiyalarini amalga oshiradigan, tegishli tuzilishga, kompetensiyaga, 
davlat-hokimiyat vakolatlariga va davlat xizmatchilari shtatlariga ega bo‗lgan 
tashkilotdir.
Ijro hokimiyati organlarining tushunchasi hokimiyat bo‗linishi prinsipidan 
kelib chiqadi, uning mazmuni esa – ijro hokimiyatining xususiyatlari bilan 
belgilanadi. 
Ijro hokimiyati organlari – mazkur davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi 
asosiy sub‘ekt bo‗lib, uning ishtirokisiz davlat-boshqaruv faoliyatini ro‗yobga 
chiqarish, ma‘muriy-huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish mumkin emas. 
Bundan tashqari, ma‘muriy huquq boshqa sub‘ektlarining ma‘muriy huquqiy 
holati, aynan mana shu davlat organlarining faoliyatida namoyon bo‗ladi. 
Ijro hokimiyati organi - ijro hokimiyati mexanizmi (tizimi)ning tarkibiy 
qismi bo‗lib, ijro hokimiyati sohasida davlat ko‗rsatmasiga ko‗ra va davlat 
nomidan harakat qiladi; ijro etish va farmoyish berish xususiyatidagi faoliyatni 
amalga oshiradi; o‗zining kompetensiyasiga ega; o‗zining tuzilishiga ega; 
faoliyatning o‗ziga xos bo‗lgan shakllari va uslublarini qo‗llaydi.


29 
Ijro hokimiyati organlari – davlatning ijro hokimiyati amalga oshirilishini 
ta‘minlaydi. Mazkur organlar mazmuni va uslublariga ko‗ra, o‗ziga xos bo‗lgan 
davlat faoliyatini – 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə