Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Davlat organlari
- davlat funksiyalarini amalga oshiradigan va 
hokimiyat vakolatiga ega bo‗lgan davlat mexanizmining bo‗g‗inidir.
Davlat va huquq nazariyasi faniga ko‗ra, 
davlat organlarining mazmun-
mohiyatini ochib beruvchi xususiyatlarga quyidagilar kiradi:a) 
davlat organi – 
davlat mexanizmining bir bo‗lagi sifatida, ma‘lum bir mustaqillikka 
(avtonomiyaga) egadir. Davlat organlari davlat mexanizmida o‗z o‗rniga ega 
bo‗lib, uning boshqa qismlari bilan o‗zaro aloqada bo‗ladi; b) 
davlat organi
– turli 
munosabatlarda davlat nomidan harakat qiluvchi xizmatchilardan iborat bo‗ladi. 
Aynan davlat xizmatchilarining harakatlarida u yoki bu davlat organining faoliyati 


26 
namoyon bo‗ladi; v) 
davlat organlari
ichki tarkibiy tuzilmaga egadir, ya‘ni ular 
yagona maqsad atrofida birlashgan bo‗linmalardan iborat bo‗ladi; g) 
davlat 
organlari
ma‘lum bir hajm va mohiyatga ega bo‗lgan davlat-hokimiyat vakolatiga 
egadir; d) 
davlat organlari
ning funksiyalanishini – davlat tomonidan moliyaviy 
mablag‗ ajratish orqali ta‘minlanadi; e) 
davlat organlari
– davlatning vazifa va 
funksiyalarini amalga oshirish uchun, ma‘lum bir shakl va uslublardan 
foydalanadi.
Davlat organi o‗zining mohiyatiga ko‗ra qandaydir tashkilotni, fuqarolarning 
jamoasini anglatadi. Bunday fuqarolarning jamoasi davlat faoliyatining u yoki bu 
turini amalga oshirish uchun davlat tomonidan tashkil etiladi.
Davlat o‗z organlarini bevosita tashkil etadi yoki ularni tashkil etish tartibini 
belgilaydi, ularning funksiyalanishining asosiy qoidalarini o‗rnatadi, davlat 
nomidan va davlat manfaatini ko‗zlab harakat qilishi uchun ularga ma‘lum bir 
vakolatlarni berib qo‗yadi.
Davlat organlarining barchasi, yagonalikda - 
davlat apparati
ni tashkil etadi. 
Davlat apparati orqali davlat oldida turgan vazifa va funksiyalar amalga oshiriladi.
Davlat – fuqarolarning siyosiy tashkiloti bo‗lganligi sababli, tashkil qilinadigan 
davlat organlari hokimiyat vakolatiga ega bo‗ladi.
Davlat-hokimiyat vakolati
keng qamrovli tushuncha bo‗lib, asosan quyidagilarni 
o‗z ichiga oladi: a) davlat nomidan va davlat manfaatini ko‗zlab huquqiy akt 
chiqarish; b) ularning amalga oshirilishini - tarbiyalash, ishontirish va 
rag‗batlantirish choralarini qo‗llash orqali ta‘minlash; v) huquqiy aktlardan kelib 
chiqadigan talablar ijro etilishini nazorat qilish; g) huquqiy aktlarni himoya qilish, 
ya‘ni huquqiy aktlarda nazarda tutilgan talablar buzilganda, ularni majburiy 
choralar qo‗llash orqali himoya qilish.
Davlat organlari to‗g‗risida batafsil tushuncha hosil qilish uchun, ularni 
fuqarolarning boshqa jamoalaridan, masalan jamoat tashkilotlaridan farqlash 
lozim. Jamoat tashkilotlari davlat tomonidan emas, balki fuqarolar yoki mehnat 
jamoasi tomonidan, davlat organi esa davlat tomonidan tashkil etiladi. Ba‘zi 
hollarda davlat o‗z organlari orqali jamoat tashkilotlarini tashkil etish asoslarini va 


27 
tartibini, faoliyat yo‗nalishlarini belgilab berishi mumkin. Davlat organlari davlat-
hokimiyat vakolatiga ega, ya‘ni davlat nomidan va davlat manfaatini ko‗zlab butun 
mamlakat bo‗yicha yoki ma‘lum bir hududlar (viloyat, tuman, shahar) bo‗yicha 
harakat qiladi. Jamoat tashkilotlari ham ma‘lum bir vakolatlarga ega, lekin bu 
vakolatlar davlat-hokimiyat vakolati hisoblanmaydi. Jamoat tashkilotlarining 
vakolati ma‘lum bir belgilangan doirada, masalan jamoat tashkiloti dorasida yoki 
jamoat xodimlariga nisbatan harakatda bo‗ladi. 
Davlat organlarining o‗ziga xos xususiyatlarini korxonalar bilan taqqoslab 
ko‗rganda ham ko‗rish mumkin. Jumladan, davlat organlari davlat oldida turgan 
vazifa va funksiyalarni amalga oshirib, o‗zlarining xatti-harakatlari bilan bevosita 
moddiy boyliklar yaratmaydilar. Korxonalar esa bevosita ishlab chiqarish bilan, 
moddiy boyliklarni yaratish bilan shug‗ullanadi.
Demak, 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə