Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Vazirlar Mahkamasining devoni



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Vazirlar Mahkamasining devoni
faoliyat ko‗rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining devoni va uning tarkibiy bo‗linmalari to‗g‗risidagi 
nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining devoni asosiy tarkibiy bo‗linmalari rahbarlari 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Bosh vazir tomonidan 
lavozimga tayinlanadi.


42 
Vazirliklar, davlat qo„mitalari hamda boshqa davlat va xo„jalik boshqaruvi 
organlari.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 8-bandiga 
binoan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti – ijro etuvchi hokimiyat devonini 
tuzadi va unga rahbarlik qiladi; respublika oliy hokimiyat va boshqaruv 
organlarining bahamjihat ishlashini ta‘minlaydi; vazirliklar, davlat qo‗mitalari 
hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu 
masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalari tasdig‗iga kiritadi. 
Har bir davlatda, uning vazifalari va funksiyalarini amalga oshirilishini 
tashkil etilishiga qarab, vazirliklar va davlat qo‗mitalarining turlari belgilanadi. 
Vazirlik
- ijro hokimiyati tizimining asosiy organlaridan biri hisoblanadi. 
Vazirliklar belgilangan sohada davlat siyosatini va boshqaruvini amalga oshirish
shuningdek, 
mazkur 
sohadagi 
ijro 
etuvchi 
organlarning 
faoliyatini 
muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etiladi. Demak, vazirlikning ma‘muriy-
huquqiy maqomi ikki asosiy holat bilan belgilanadi: 
birinchidan
, vazirlik sohaviy 
organ sifatida faoliyat ko‗rsatadi; 
ikkinchidan
, muvofiqlashtiruvchi davlat organi 
sifatida harakat qiladi. 
Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, ba‘zi vazirliklar azaldan mavjud 
(masalan, ichki ishlar, mudofaa, ta‘lim, madaniyat, moliya, adliya va boshqalar), 
boshqalari esa ma‘lum bir holatlardan yoki davlat ehtiyojlaridan kelib chiqqan 
holda tashkil topadi (masalan, favqulodda vaziyatlar vazirligi). 
Vazirliklar – O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‗ysinadi. 
Vazirliklarning ba‘zi birlari esa, bevosita O‗zbekiston Respublikasi Prezidentiga 
bo‗ysindirilgan (masalan, ichki ishlar, mudofaa vazirligi). 
Vazirlik o‗z faoliyatida – O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, 
O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa 
hujjatlariga, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
farmoyishlariga, 
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, 
shuningdek, o‗zining Nizomiga amal qiladi. 


43 
Nizom – O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi hamda O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‗yxatiga 
olinadi. Nizomda – ularning huquqiy maqomi, faoliyatining asosiy yo‗nalishlari, 
vazifalari, funksiyalari, tashkiliy asoslari va boshqa umumiy masalalar belgilab 
beriladi. 
Vazirlik 
o‗z 
ishini 
davlat 
boshqaruvining 
boshqa 
organlari, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati 
organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan o‗zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 
Vazirlikning o‗z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari – vazirliklar, 
idoralar, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari, xo‗jalik birlashmalari, 
korxonalar va muassasalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy 
hisoblanadi.
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank muassasalarida 
hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, O‗zbekiston Respublikasi Davlat 
gerbi tasviri tushirilgan va o‗z nomi yozilgan muhrga, shuningdek, tegishli 
muhrlar va shtamplarga ega bo‗ladi. 
Vazirlikka O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga 
tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan 
Vazir
boshchilik qiladi. 
Vazir Vazirlikka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. 
Vazir: 
a) vazirlik, uning tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va o‗quv 
yurtlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; b) o‗z vakolatlari doirasida tasarrufidagi 
barcha tashkilotlar va muassasalar tomonidan bajarilishi majburiy bo‗lgan 
buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‗rsatmalar va topshiriqlar beradi; v) 
vazirlik vakolatiga tegishli masalalar bo‗yicha normativ hujjatlar loyihalarini 
ko‗rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; g) vazir 
o‗rinbosarlari 
o‗rtasida 
vazifalarni 
taqsimlaydi 
va 
ular 
faoliyatini 
muvofiqlashtiradi; d) vazir o‗rinbosarlari, tarkibiy bo‗linmalar rahbarlarining, 
shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining ular 
zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun mas‘uliyati darajasini belgilaydi; 


44 
e) Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq 
to‗lash fondi doirasida vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini, hududiy 
bo‗linmalar to‗g‗risidagi nizomlarni, tasarrufidagi muassasalar, tashkilotlar va 
korxonalarning nizomlari va ustavlarini tasdiqlaydi; j) vazirlik markaziy apparati 
xodimlarini va vazirlikka bevosita bo‗ysinuvchi muassasalar, tashkilotlar va 
korxonalarning rahbarlarini, hududiy bo‗linmalar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi 
va lavozimdan ozod etadi; z) vazirlik markaziy apparati xodimlarini moddiy 
rag‗batlantirish shart-sharoitlarini belgilaydi; i) alohida o‗rnak ko‗rsatgan 
xodimlarni belgilangan tartibda davlat faxriy unvonlari, yorliqlar va mukofotlar 
berishga taqim etadi; k) qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega 
bo‗ladi. 
Vazirlikda - Vazir hay‘at raisi, lavozimiga ko‗ra vazir o‗rinbosarlaridan, 
shuningdek, vazirlik va uning tizimining boshqa rahbar xodimlaridan iborat 
tarkibda 
hay’at
tashkil etiladi. Hay‘at a‘zolari, Vazir va uning o‗rinbosarlaridan 
tashqari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Hay‘at tasarrufidagi 
tashkilotlar, muassasalar va korxonalarning faoliyatini takomillashtirish, kadrlarni 
tanlash va ularni joy-joyiga qo‗yish, muhim hujjatlar loyihalarini tayyorlash, qabul 
qilingan qarorlar ijrosini tekshirishning muhim masalalarini ko‗rib chiqadi, 
tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. 
Hay‘at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan hay‘at 
a‘zolari o‗rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‗lgan taqdirda Vazir kelib chiqqan 
kelishmovchiliklar to‗g‗risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda 
mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay‘at a‘zolari ham o‗z fikrini Vazirlar 
Mahkamasiga ma‘lum qilishlari mumkin. 
Vazirliklar zarur hollarda hamda o‗z oldida turgan vazifalarni bajarilishini 
ta‘minlash maqsadida qo‗shma normativ-huquqiy aktlarni ham chiqarishlari 
mumkin. 
Vazirlikda ilmiy-texnik muammolarni ko‗rib chiqish va asoslantirilgan 
qarorlarni qabul qilish maqsadida ilmiy-texnik, maslahat kengashlari, ekspertizalar 


45 
va turli xildagi komissiyalar tashkil qilinishi mumkin. Ular to‗g‗risidagi nizomlar 
vazir tomonidan tasdiqlanadi. 
Vazirliklar - bosh boshqarma, boshqarma, departament, bo‗lim va boshqa 
xildagi hududiy bo‗linmalardan (tuzilmalardan) tashkil topgan bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə