Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Vazirlar  Mahkamasining Rayosati



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Vazirlar 
Mahkamasining Rayosati
Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida faoliyat 
ko‗rsatadi. Bosh vazirning qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 
tarkibiga O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining boshqa a‘zolari ham kiritilishi 
mumkin.
Vazirlar Mahkamasi 
doimiy komissiyalar
tuzadi va ularning vazifalari, 
vakolatlari hamda faoliyat tartibini belgilaydi.
Davlat va xo‗jalik boshqaruvining ayrim masalalari bo‗yicha takliflar 
tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish
shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar 
Mahkamasining 
muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari
tuzilishi 
mumkin.
Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq O‗zbekiston Respublikasining 
butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‗lgan qarorlar hamda 
farmoyishlar qabul qiladi.


41 
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki o‗ta muhim ahamiyatga ega 
bo‗lgan hujjatlari 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari
shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‗yicha qarorlari 
Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari
shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari Bosh vazir tomonidan 
imzolanadi.
O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar 
Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, 
Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini 
bekor qilishga haqli. 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ularda boshqacha 
tartib nazarda tutilgan bo‗lmasa, imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi o‗zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan 
bevosita yoki vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda davlat va xo‗jalik 
boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar 
Mahkamasining 
normativ 
tusdagi 
qarorlari 
O‗zbekiston 
Respublikasi Hukumati qarorlari to‗plamida e‘lon qilinadi, keng ommaga darhol 
etkazish zarur bo‗lgan taqdirda esa ommaviy axborot vositalari orqali ma‘lum 
qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislariga tayyorgarlik ko‗rish, 
tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy, axborot va boshqa materiallarni tayyorlash, 
Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda tekshirib borish 
uchun 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə