Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Boshqarish tizimlari. Davlat idoralari, xo„jalik idoralari va jamoat



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Boshqarish tizimlari. Davlat idoralari, xo„jalik idoralari va jamoat 
tashkilotlari. 
Davlat idoralari 
O‗zbekiston mustaqilligini mustahkamlash hamda aholini ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy jihatdan muhofaza qilishda davlat hokimiyatining afzalliklari qayd 
etildi. Bu faoliyatlarda bevosita ishtirok etuvchi hamda mas‘uliyat yuklatilgan turli 
davlat idoralari haqida ham muayyan ma‘lumotlar berildi. Shunga ko‗ra, ularning 
izchillik bilan olib boradigan ish jarayonlari, jumladan, aholining barcha qatlamlari 
salomatligini yaxshilash bilan bog‗liq ish tajribalarida jismoniy tarbiya, sport, 
sayohat va xalq milliy o‗yinlarining ham katta ahamiyatga ega ekanligini e‘tirof 
etish zarur bo‗ladi. 
Yana shuni ham qayd etish kerakki, davlat idoralari hozirgi kun sharoiti va 
jahondagi ilg‗or davlatlarning tajribalaridan kelib chiqqan holda sohalar, 
tarmoqlar, ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlari hamda muassasalarning 
turlariga qarab vazirliklar, davlat qo‗mitalari, konsernlar, kompaniyalar va shunga 
o‗xshash rahbarlik organlaridan tarkib topgan. Bularga misol tariqasida 
quyidagilarni qayd etish kifoya, ya‘ni: 
- maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta‘lim maktablari, maxsus 
maktab - internatlar (nogironlar uchun), akademik litsey va kasb-xunar kollejlari, 


65 
oliy o‗quv yurtlari, ilmiy-tekshirish institutlari, o‗qituvchilar va tarbiyachilar 
malakasini oshirish institutlari hamda shunga o‗xshash muassasalarga O‗zbekiston 
Respublikasi Xalq ta‘limi va Maktabgacha ta‘lim vazirliklari rahbarlik qiladi; 
- o‗rta va oliy tibbiyot o‗quv yurtlari, shifoxonalar, poliklinikalar, 
dorixonalar va turli davolovchi muassasalar - O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni 
saqlash vazirligi tomonidan boshqariladi; 
- qishloq mehnatkashlarining faoliyati, dehqon xo‗jaligi va ular bilan bog‗liq 
bo‗lgan barcha faoliyatlar O‗zbekiston Respublikasi Qishloq hamda Suv xo‗jaligi 
vazirliklari zimmasidadir; 
- konsernlar va shunga o‗xshash yirik korxonalarga ega bo‗lgan davlat 
idoralari mazmunan tizim va tartibdagi sohalardir. 
Boshqaruv tizimida biror muassasa, tashkilotga davlat organi nomidan ish 
yuritish uchun berilgan huquq boshqaruv vakolatlari deb tushuniladi. Boshqaruv 
organlari o‗z vakolatlariga binoan ikki turga ajratiladi: 
- maxsus vakolatlarga ega bo‗lgan organlar; 
- umumiy vakolatlarga ega bo‗lgan organlar. 
Jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishning maxsus vakolatga ega 
organi O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va uning quyi 
tarmoqlari hisoblanadi. 
Boshqarish tizimining umumiy vakolatlarga ega organlariga barcha 
vazirliklar, qo‗mitalar va idoralar kiradi. Umumiy vakolat organlari o‗z tizimi 
doirasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqaradi. 
Mamlakatimizning geografik va demografik tuzilishi jarayonidan kelib 
chiqqan holda sanoat va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, savdo va 
boshqa sohalar bo‗yicha fermer xo‗jaliklarining faoliyatlari boshqarish tizimiga 
chuqur singib bormoqda. Ular o‗z ixtisosliklaridagi barcha ish turlari bilan 
birgalikda aholining ijtimoiy-madaniy turmushida ham faol ishtirok etadi. Bunda 
jismoniy tarbiya va sport ishlariga ham alohida e‘tibor berilmoqda. Ayniqsa, sport 
maydonlarini qurish, kerakli jihozlar bilan ta‘minlash ishlarida hamkorlik 
kuchaymoqda. 


66 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə