Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

boshqaruv usuli
– davlat boshqaruvi faoliyatining maqsadlariga 
erishish, vazifalarini bajarish va funksiyalarini amalga oshirish uchun 
foydalaniladigan huquqiy vositalar hisoblanadi.
Boshqaruv shakli boshqaruv ta‘siri usullarini o‗z ichiga oladi. Masalan, 
boshqaruv organi tomonidan ma‘lum bir sohada nazoratni amalga oshirish va 
javobgarlikni qo‗llashi uchun mansabdor shaxsning majburiyatlarini o‗rnatuvchi 
huquqiy akt qabul qilinishi lozim.
Shakl usulga qaraganda birlamchi hisoblanadi.
Boshqaruv usuli boshqaruv sub‘ektining ob‘ekt bilan o‗zaro munosabatga 
kirishganligini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Boshqaruv usuli boshqaruv shaklida albatta o‘z ifodasini topadi. 
Boshqacha 
aytganda, boshqaruv shakli bo‗lmaganida, boshqaruv usullari, ya‘ni boshqaruv 
sub‘ektining ob‘ektga nisbatan ta‘siri o‗z ma‘nosini va o‗zining formal mazmunini 
yo‗qotadi, amalda emas, balki xayolda qoladi. Masalan, ma‘lum bir shaxsni 


69 
ma‘muriy yoki intizomiy javobgarlikka tortishga yoxud davlat byudjeti 
mablag‗laridan ma‘lum bir ob‘ektni moliyalashtirishga qaratilgan boshqaruv 
faoliyati harakatlarini rasmiylashtirmasdan turib, ya‘ni boshqaruvning tegishli 
huquqiy aktini qabul qilmasdan turib, amalga oshirib bo‗lmaydi. SHu sababli, 
boshqaruv usullari boshqaruv shakllari bilan va asosan huquqiy aktlarni qabul 
qilish bilan chambarchas bog‗liq bo‗ladi. 
Davlat boshqaruvi tizimida boshqaruv usullari muhim 
huquqiy vosita
hisoblanadi.
Ma‘muriy huquq nazariyasi nuqtai nazaridan, boshqaruv usullari masalasini 
ikki ko‗rinishda ko‗rib chiqish maqsadga muvofiqdir: 
birinchidan
, boshqaruv 
usullari mavjud bo‗lishini va ularning boshqaruv sohasidagi ahamiyatini nazariy 
asoslash; 
ikkinchidan
, boshqaruv usullarini amalga oshirish mexanizmini yaratish 
va normativ ta‘minlash. 
Boshqaruv usullari – ijro hokimiyati organlari tomonidan davlat boshqaruvi 
maqsadlari, vazifalari va funksiyalarining amalga oshirilishini ta‘minlash vositasi 
sifatida namoyon bo‗ladi.
Boshqaruv usullari yordamida davlat funksiyalari bevosita amalga oshiriladi. 
Uning vazifalari hal qilinadi, huquq-tartibot, fuqarolar va turli tashkilotlarning 
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ta‘minlanadi. Boshqaruv usullari – 
iqtisodiyot (xo‗jalik), ijtimoiy-madaniy va ma‘muriy-siyosiy qurilish sohalarida 
ommaviy boshqaruvni amalga oshirishning zaruriy elementi hisoblanadi. 
Boshqaruv usullari – boshqaruv ishi qanday amalga oshirilishini, boshqaruv 
maqsadiga uning qanday usul va vositalari orqali erishilishini belgilab beradi.
Boshqaruv usullari - huquq sub‘ektining boshqasiga nisbatan maqsadga 
muvofiq yo‗naltirilgan ta‘sir etish vositasidir. 
Maxsus adabiyotlarda huquqshunos olimlar, boshqaruv usullariga deyarli bir 
xilda yondoshgan, boshqaruv usullarining odatiy, 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə