Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Boshqarishning davlat organlari, umumiy va maxsus vakolatli davlat



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

3. Boshqarishning davlat organlari, umumiy va maxsus vakolatli davlat 
organlari. 
Davlat boshqaruvi usullari tushunchasi va xususiyatlari.
Boshqaruv shakli 
(ijro hokimiyati yoki boshqaruv harakatlari shakli) masalasi bilan tanishib chiqish, 
boshqa huquqiy hodisaning – 
boshqaruv usullari
ni ham aniqlash lozimligini 
ko‗rsatadi. 
Usul
- bu amaliy faoliyatning usuli, vositasi hisoblanadi. Boshqaruv 
shakllari va boshqaruv usullarini bir-biridan ajratmagan holda ko‗rib chiqish lozim. 
Ma‘muriy huquqning tartibga solish usuli va ma‘muriy huquqiy (boshqaruv) 
usullar, nomlanishi jihatidan bir-biriga juda yaqin turadi. Lekin bu holat ularning 
faqatgina tashqi ko‗rinishidan yaqinligini ko‗rsatadi. 
Tartibga solish usuli
– 
ma‘muriy huquqning asosiy funksiyasi bo‗lib, boshqaruv munosabatlarini huquqiy 
tartibga soluvchi vosita hisoblanadi. 
Davlat boshqaruvi usuli
esa, boshqaruv 
sub‘ektlari (ijro hokimiyati organlari) oldida turgan barcha vazifalarni, shu 
jumladan tartibga solishni ham, amaliy hal etish vositasi hisoblanadi.
Davlat boshqaruvi
 
usuli – ma‘muriy huquq har qanday sub‘ektining emas, 
balki ma‘lum bir sohada boshqaruvni (ijro hokimiyatini) amalga oshirish 
vakolatiga ega bo‗lgan sub‘ektning funksiyasi hisoblanadi. 


68 
Boshqaruv organlari normativ tusdagi hujjatni qabul qilganida, bu ikkala 
vosita bir-biriga mos kelishi mumkin. Lekin tartibga solish usuli o‗zining mazmun-
mohiyati va ahamiyati bilan davlat boshqaruvi usullaridan ajralib turadi. Huquqiy 
tartibga solish hamma vaqt normativdir. Shu sababli, uning vositalari (ko‗rsatma 
berish, taqiq, vakolat berish) tartibga solinadigan munosabatlarning barcha 
sub‘ektlariga nisbatan qo‗llaniladi. Boshqaruv usullari esa bunday vakolatga ega 
bo‗lgan ijro hokimiyati organi (mansabdor shaxs) tomonidan qo‗llaniladi hamda 
ular yakkalashtirilgan, ya‘ni individuallashtirilgandir. 
Yuridik adabiyotlarda boshqaruv usullari turlicha nomlangan bo‗lishi 
mumkin, masalan, ―
boshqaruv harakatlarini amalga oshirish usullari
‖, 

boshqaruv faoliyati usullari
‖, ―
ma’muriy huquqiy usullar
‖, ―
ijro hokimiyatini 
amalga oshirish usullari
‖ va h.klar. Lekin bu tushunchalarning mazmuni bir xil, 
ya‘ni davlat boshqaruvi organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan 
boshqaruvni (boshqaruv harakatlarini) amalga oshirish, tegishli ob‘ektlar va 
shaxslarga ma‘muriy ta‘sir ko‗rsatish maqsadida, qonunchilikda ruxsat etilgan 
doirada, qo‗llaniladigan usul va vositalardir. 
Demak, 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə