Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


“Boshqarish”, “Boshqarish tizimlari, “Ilmiy boshqarish”, “Boshqarish



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

1.5. “Boshqarish”, “Boshqarish tizimlari, “Ilmiy boshqarish”, “Boshqarish 
usullari”, “Aqlli boshqarish” tushunchalarining umumiy ta‟rifi. 
―Boshqarish‖ atamasi barcha sohaga tegishli bo‗lgan umumiy ma‘nodagi 
so‗z bo‗lib, u bevosita faoliyatlarga rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya 
va sport harakatida ―boshqarish‖ muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyatni ifodalab, 
sport tashkilotlari, sport klublari, jamoalar orasida musobaqalar, yig‗in-
anjumanlarni o‗tkazishga, yo‗lboshchilik qilish ma‘nosida ishlatiladigan atamadir. 
Boshqarish tizimlari o‗z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatining 
sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o‗quv yurtlari, ishlab chiqarish mehnat 
jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular, o‗z navbatida, yana bir 
qator tizimlardan tarkib topgandir. Ya‘ni, o‗quv yurtlari tizimiga: umumta‘lim 
maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va oliy o‗quv yurtlari kiradi. 
Ilmiy boshqarish tushunchasiga, eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg‗or 
tajribalarning natijalarini qo‗llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo‗llaniladigan 
sinov-tajriba, jarayonlar monitoringi ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir. 
Boshqarish usullari - bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko‗p 
qo‗llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi 
faoliyatlardir. Chunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. 
Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo‗lgan 
futbol jamoalarining ish faoliyatida o‗xshashlik, talablar yagonadek ko‗rinsa-da, 
ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Shuning uchun o‗yinlardagi natijalar va 
jadvallardagi o‗rinlar ham har xil bo‗ladi. Shu sababdan sport tashkilotlari va 
jamoalarida eng ilg‗or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq. 


54 
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng 
qo‗llanib kelinayotgan ba‘zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu, o‗z navbatida, 
menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular 
amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqda. 
Bo‗lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, amaliy malaka hamda 
ko‗nikmalar bilan qurollantirishda, ―Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish‖ 
fanining ahamiyati katta bo‗lmoqda. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, 
talabalarga ta‘lim-tarbiya berish, kasb-hunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, 
ayniqsa, respublika, viloyat, shahar sport qo‗mitalari, ularning quyi tarmoqlaridagi 
tashkiliy ishlar, ularga rahbarlik qilish yo‗llarini o‗rgatish yangi talablar darajasida 
amalga oshirilmoqda. Bu esa talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o‗z 
vazifalarini puxta bilish mas‘uliyatlarini oshirmoqda. 
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashda sohaga doir 
qonunlar, farmonlar qarorlarni o‗rganish, ularning ijrosini tahlil qilish
talabalarning o‗quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo‗llarini singdirish o‗quv 
jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. 
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanini o‗zlashtirishda o‗quv 
rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog‗lash, 
ularni taqqoslash ishlari talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bilan o‗z kasbiga 
yondoshishini taqozo etmoqda. 
Eng muhimi shundaki, jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanining 
asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, ma‘naviy-ma‘rifiy, madaniy 
mazmundagi xalq milliy o‗yinlarining mohiyatini chuqur o‗rganish, ―Alpomish‖ 
va ―Barchinoy‖ maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi 
faoliyatlar o‗quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog‗lanmoqda. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə