Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Mahalliy hokimiyat organlari



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Mahalliy hokimiyat organlari
deganda – viloyat, tuman, shahar hokimlari 
boshchilik qiladigan ijroiya apparati va vakillik organlari (viloyat, tuman, shahar 
xalq deputatlari Kengashlari) tushuniladi.


50 
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi
– O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobi 99-104-moddalari hamda O‗zbekiston 
Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi qonunida nazarda 
tutilgan. Unga ko‗ra, m
ahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga quyidagilar kiradi

-
qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash; 
-
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni 
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‗imlarni belgilash, 
byudjetdan tashqari jamg‗armalarni hosil qilish; 
-
mahalliy kommunal xo‗jalikka rahbarlik qilish; 
-
atrof-muhitni muhofaza qilish; 
-
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta‘minlash; 
-
normativ 
hujjatlarni 
qabul 
qilish 
hamda 
O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga va O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan 
boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari – O‗zbekiston Respublikasining 
qonunlarini, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlarini, davlat 
hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradilar, respublika va 
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar. 
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati
 - 5 yil.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahri hokimi O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq 
deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Shaharlardagi tumanlarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan 
tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi. 


51 
Tumanlarga bo‗ysinadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi 
tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman 
Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar 
hokimi tegishli hududda o‗zini o‗zi boshqarishni rivojlantirishga ko‗maklashadilar, 
o‗zini o‗zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‗naltirib turadilar. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar 
hokimi berilgan vakolatlari doirasida umum manfaatni ifodalovchi tadbirlar 
o‗tkazish, qo‗shimcha korxonalar, xo‗jalik tashkilotlari tuzish uchun, turli 
tarmoqlar va boshqaruv sohalarida faoliyatlarni uygunlashtirish maqsadida 
Qoraqalpog‗iston Respublikasining, O‗zbekiston Respublikasi boshqa viloyatlari, 
shaharlari va tumanlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan 
shartnomalar asosida o‗zaro munosabatlar o‗rnatishga haqlidirlar. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi
 qarorlar 
qabul qiladi

Viloyat, tuman, shahar hokimi 
qarorlar
qabul qiladi va 
farmoyishlar
chiqaradi. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hamda chiqargan hujjatlar 
imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi, basharti ana shu hujjatlarda o‗zga 
tartib belgilanmagan bo‗lsa. 
Xalq deputatlari Kengashi va hokim o‗z vakolatlari doirasida qabul qilgan 
hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi 
majburiydir. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar 
hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning davlat 
mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo‗lib, 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar 
hokimi mutloq O‗zbekiston Respublikasi mulkida bo‗lgan davlat mulki 
ob‘ektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy ob‘ektlarni samarali joylashtirish, 


52 
tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, 
aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. 
Viloyat, tuman, shahar ijroiya hokimiyatiga hokim boshchilik qiladi. Hokim 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorda birinchi 
o‗rinbosar va o‗rinbosarlarga ega bo‗ladi. 
Viloyat va Toshkent shahar hokimining birinchi o‗rinbosari hamda 
o‗rinbosarlari hokim tomonidan O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti bilan 
kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, bu xususda 
qabul qilingan qaror tegishli xalq deputatlari Kengashining tasdig‗iga kiritiladi. 
Tuman, shahar hokimining o‗rinbosarlari tegishli hokim tomonidan yuqori 
turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 
etiladi, bu xususda qabul qilingan qaror tuman, shahar xalq deputatlari 
Kengashining tasdig‗iga kiritiladi. 
Shahardagi tuman, tumanga bo‗ysinuvchi shahar hokimining o‗rinbosarlari 
tegishli hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda lavozimga 
tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
Hokimning 
o‗rinbosarlari hokim tomonidan belgilangan vazifalar 
taqsimotiga muvofiq ish bajaradilar. Hokim yo‗qligida yoki u zimmasidagi 
vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‗lmagan taqdirda uning vakolatlarini 
birinchi o‗rinbosar yoki hokimning topshirig‗iga binoan uning o‗rinbosarlaridan 
biri bajaradi. 
Hokim, uning o‗rinbosarlari, hokimlikning boshqa xodimlari va mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari boshqa haq to‗lanadigan 
lavozimni egallashlari mumkin emas. 
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari (hokimliklar) boshqarmalar, bo‗limlar 
va boshqa bo‗linmalardan iborat bo‗lib, ularning strukturasi, ularni tashkil etish 
tartibi va faoliyati O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan 
tegishli nizomlar bilan belgilanadi. 
Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar 
mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar 


53 
va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‗jaligi, er va boshqa tabiiy 
resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‗l xo‗jaligi 
va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‗rsatish, aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta‘minlash, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida 
o‗z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə