Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Davlat qo‘mitasi
- ijro hokimiyatining markaziy organlaridan biri bo‗lib, 
kollegiallik asosida tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, shuningdek
faoliyatning ma‘lum bir sohasida tartibga solish vazifasini bajaradi. 
Davlat qo‗mitalarining vazirliklardan farqi shundaki, birinchidan, ular 
kollegial 
organlar 
toifasiga 
kiradi; 
ikkinchidan, 
ular 
tarmoqlararo 
muvofiqlashtirish vazifasini bajaradi. 
Davlat qo‗mitalari vazirliklar singari ularga yuklatilgan sohalarda 
muvofiqlashtirish va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Shu jihatidan bu ikkala 
davlat organi bir-biriga o‗xshab ketadi, ya‘ni ularni yaqinlashtiradi. Amaliyotda 
vazirlikning davlat qo‗mitasiga, va aksincha, davlat qo‗mitasining vazirlikka 
aylantirish holatlari uchrab turadi. Lekin ularning farqini ma‘muriy-huquqiy 
maqomini aniqlash orqali belgilash mumkin. 
Davlat qo‗mitalari, vazirliklar singari, o‗z faoliyatlarida – O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy 
Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
qarorlari 
va 
farmoyishlariga, 
O‗zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, o‗zining Nizomiga amal 
qiladi. 
Davlat qo‗mitalarining nizomlari O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda O‗zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida davlat ro‗yxatiga olinadi. 
Davlat qo‗mitalari nizomida – ularning huquqiy maqomi, faoliyatining 
asosiy yo‗nalishlari, vazifalari, funksiyalari, tashkiliy asoslari va boshqa umumiy 
masalalar belgilab beriladi. 


46 
Davlat qo‗mitalari o‗z ishini davlat boshqaruvining boshqa organlari, 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati 
organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan o‗zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 
Davlat qo‗mitalarining o‗z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari – 
vazirliklar, idoralar, joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari, xo‗jalik 
birlashmalari, korxonalar va muassasalar, shuningdek, fuqarolar tomonidan 
bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Davlat qo‗mitalari – yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bank 
muassasalarida hisob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga, O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‗z nomi yozilgan muhrga
shuningdek, tegishli muhrlar va shtamplarga ega bo‗ladi. 
Davlat qo‗mitasi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga 
tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, keyinchalik O‗zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan 
Rais
tomonidan 
boshqariladi.
Davlat qo‗mitasida Rais (rais) va lavozimi bo‗yicha rais o‗rinbosarlaridan, 
shuningdek, davlat qo‗mitasining boshqa a‘zolaridan iborat tarkibda hay‘at 
(kengash) tashkil etiladi. Qo‗mita hay‘ati (kengashi) tarkibi Raisning taqdimiga 
binoan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
Hay‘at (kengash) majlislarida davlat qo‗mitasi faoliyatining asosiy masalalari 
ko‗rib chiqiladi hamda tegishli bayonnomalar va qarorlar qabul qilinadi. 
Davlat qo‗mitasida turli mutaxassislardan iborat ilmiy-texnik kengashlar
davlat ekspertizasi kengashlari va turli xildagi maslahat kengashlari tashkil 
qilinishi mumkin. 
Jamiyat hayotining barcha tomonlarini erkinlashtirish va isloh qilishning hozirgi 
bosqichi 
talablariga 
muvofiq 
iqtisodiyotni 
boshqarish 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish, davlat tuzilmalarining hokimiyat vakolatlarini qisqartirish, davlat 
va xo‗jalik boshqaruvi vazifalarini aniq chegaralab qo‗yish, shuningdek, respublika 
davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2003 yil 9 dekabrda ―Respublika 


47 
davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi farmoni qabul 
qilindi. Mazkur Farmonga binoan, 
respublika davlat boshqaruvi organlari
ga – 
vazirliklar, davlat qo‗mitalari, qo‗mitalar, agentliklar, shuningdek, ular huzurida va 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat 
boshqaruvi tuzilmalari kiradi. 
Mazkur Farmonga binoan, 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə