Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

O„zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining XX bob 98-moddasida va 2003 yil 29 avgustda 
qabul qilingan «O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‗g‗risida»gi 
qonuniga binoan, 
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi
– 
O‗zbekiston Respublikasi Hukumati, O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, 
ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‗zbekiston 
Respublikasi qonunlari, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari 
ijrosini ta‘minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari 
tizimiga va o‗zi tashkil etadigan xo‗jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik 
qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‗rsatishini ta‘minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‗z faoliyatida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. 
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. 
Vazirlar Mahkamasi o„z faoliyatida:
 
kollegiallik; demokratiya va 
qonuniylik; O‗zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning 
manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslanadi.
Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning 
o‗rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‗mitalarining raislari kiradilar. Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi hukumatining boshlig‗i o‗z lavozimi bo‗yicha Vazirlar Mahkamasi 
tarkibiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‗zbekiston Respublikasining Prezidenti 
tomonidan shakllantiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir 
nomzodini ko‗rib chiqish va tasdiqlash uchun O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalariga taqdim etadi hamda uni vazifasidan ozod qiladi.
Vazirlar Mahkamasining a‘zolarini Bosh vazir taqdimiga binoan 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydi va vazifasidan ozod qiladi. 
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
oldida o‗z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi.


38 
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda davlat va 
xo‗jalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtirib hamda yo‗naltirib 
boradi.
Vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa 
organlari haqidagi nizomlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ta‘minlanadigan davlat 
boshqaruvi boshqa organlarining markaziy devoni xodimlari sonini va ular 
ta‘minotiga ajratiladigan mablag‗lar miqdorini belgilaydi.
Vazirlarning o‗rinbosarlari, davlat qo‗mitalari raislarining o‗rinbosarlari 
hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‗rinbosarlari 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va 
lavozimidan ozod etiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar 
Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan 
xo‗jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini hamda ularning boshqaruvlarining 
a‘zolarini, shuningdek, vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hay‘atlarining 
a‘zolarini tasdiqlaydi.
Vazirlar Mahkamasi zarurat bo‗lganda o‗z vakolatiga kiruvchi davlat 
boshqaruvining ayrim masalalarini hal etishni, agar bu masalalarning hal etilishi 
qonun hujjatlarida O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining mutlaq vakolatlariga 
kiritilgan bo‗lmasa, vazirliklar, davlat qo‗mitalari va o‗z bo‗ysinuvidagi davlat 
boshqaruvi boshqa organlariga berishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar va davlat 
boshqaruvi boshqa organlarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qo‗mitalari, idoralar hamda davlat va 
xo‗jalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid 
bo‗lgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega.


39 
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti bilan kelishilgan holda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‗rib 
chiqish uchun o‗z vakolatlari davridagi faoliyati dasturini taqdim etadi.
Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlarini, O‗zbekiston Respublikasi Davlat 
byudjetining asosiy ko‗rsatkichlarini va unga kiritiladigan o‗zgartishlarni ishlab 
chiqadi hamda ularni O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‗rib chiqishi uchun 
taqdim etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi 
muayyan a‘zosining o‗zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo‗jalik boshqaruvi 
organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur bo‗lganda 
uni iste‘foga chiqarish to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‗rib 
chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin.
Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari majlislarida, palatalarning qo‗mitalari majlislarida hozir bo‗lish va 
axborot berishga haqli.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
va O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari tomonidan Vazirlar 
Mahkamasi yoki uning muayyan a‘zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‗yilgan 
taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va 
tushuntirishlar berishga haqli.
Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari 
qo‗mitalarining O‗zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir 
tavsiyalari va takliflarini ko‗rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar 
ko‗radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‗rib chiqish natijalari haqida hamda ko‗rilgan 
chora-tadbirlar to‗g‗risida Vazirlar Mahkamasi O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalarining tegishli qo‗mitalariga kelishilgan muddatda ma‘lum qiladi.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidan, 
Qonunchilik palatasi deputatidan, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senatidan, Senat a‘zosidan O‗zbekiston Respublikasi Hukumatining yoki unga 


40 
bo‗ysinuvchi davlat yoxud xo‗jalik boshqaruvi organlarining faoliyatiga doir 
parlament so‗rovi olgan Vazirlar Mahkamasi yoxud O‗zbekiston Respublikasi 
Hukumati a‘zosi qonun bilan belgilangan muddatlarda O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi tegishli palatalarining majlislarida og‗zaki yoki yozma javob berishi 
shart.
Vazirlar Mahkamasi o‗z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan nodavlat 
notijorat tashkilotlari bilan o‗zaro hamkorlik qiladi va qonun hujjatlariga muvofiq 
ularga zarur ko‗mak ko‗rsatadi. 
Davlat boshqaruvining, xo‗jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng 
muhim masalalari Vazirlar Mahkamasining majlislarida hal etiladi. Vazirlar 
Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta o‗tkaziladi. 
Vazirlar Mahkamasining majlislarini Bosh vazir o‗tkazadi. O‗zbekiston 
Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qilishga 
haqli.
Bosh vazir va uning o‗rinbosarlaridan iborat tarkibdagi 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə