Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

O„z-o„zini nazorat qilish uchun savollar: 
1.Fanning maqsadi, vazifalari, ahamiyati nimalardan iborat? 
2.Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o‗quv rejadagi qaysi fanlar bilan 
bog‗liq? 
3.Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning asosiy manbalari. 


55 
4.Boshqarish qanday tamoyillarga asoslanadi? 
5.‖Jismoniy tarbiya harakati‖, ―Boshqarish‖, ―Ilmiy boshqarish‖ tushunchalarining 
umumiy ta‘rifini bering. 


56 
2-MAVZU. JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISH 
TIZIMLARI VA DAVLAT IDORALARIGA TAVSIF 
REJA 
1.O‗zbekiston respublikasida davlatni boshkarish, Prezidentlik instituti, Oliy 
Majlis, Vazirlar Mahkamasi, sud va ma‘muriy idoralar haqida tushuncha. 
2. Boshqarish tizimlari. Davlat idoralari, xo‗jalik idoralari va jamoat tashkilotlari. 
3. Boshqarishning davlat organlari, umumiy va maxsus vakolatli davlat organlari. 
4.Sport tashkilotlari. ―O‗zbekiston‖, ―Dinamo‖, ―Yoshlik‖, ―Talaba‖ sport
jamiyatlari, Mudofaaga ko‗maklashuvchi ―Vatanparvar‖ tashkiloti. 
5.Boshqarishning jamoat tashkilotlari. ―Mahalla‖, ―Sog‗lom avlod uchun‖ va 
boshqa xayriya jamg‗armalari, ―Ma‘naviyat va ma‘rifat‖ jamoatchilik markazi, 
―Yoshlar ittifoqi‖ning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vazifalari. 
Tayanch iboralar:

Prezidentlik instituti, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi, 
davlat idoralari, sport tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, boshqarish tizimi, 
boshqarishning jamoat tashkilotlari.
O„zbekiston respublikasida davlatni idora qilish, Prezidentlik instituti, Oliy 
Majlis, Vazirlar Mahkamasi, sud va ma‟muriy idoralar haqida tushuncha. 
Jahondagi davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy turmush 
sharoitlarini aks ettirgan o‗z milliy xususiyatlari mavjud. Qaerda va qanday davlat 
bo‗lmasin, uning maqsadi va vazifasi aholini ijtimoiy jihatdan ta‘minlash, uning 
milliy urf-odatlari va madaniyatini rivojlantirish, Vatanni tashqi hujumlardan 
himoya qilish kabilarga qaratiladi. Jamiyat taraqqiyotining o‗ziga xos qonunlari 
bor. SHunga ko‗ra u yoki bu davlat iqtisodiy, madaniy, texnik, fan va nihoyat, 
harbiy jihatdan o‗z imkoniyatlarining boshqa davlatlardan ustun bo‗lishiga harakat 
qiladi. 
Jismoniy tarbiya va sport sohasida o‗tkaziladigan jahon birinchiliklari, 
kuboklari, Olimpiya o‗yinlarida har bir mamlakat xalqlari o‗zining sportchilarini 
g‗olib chiqishlarini, ularning sha‘niga o‗z madhiyalarining yangrashi va 
bayroqlarini baland ko‗tarilishini hohlaydilar. 


57 
Har bir sohadagi kabi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ham davlat 
tashkilotlari, ularning ish faoliyatlari bilan yaxshi tanish bo‗lishi lozim. Chunki ish 
jarayonida ular bilan bog‗liq masalalarga duch kelinadi. 
O‗zbekiston Sobiq Ittifoq davrida davlat sifatida tarkib topgan bo‗lsa-da, uni 
idora qilish, rahbarlarni tanlash va joy-joyiga qo‗yish faqat Markazning hohish va 
buyrug‗i bilan amalga oshirib kelindi. 
O‗zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro andozalarga tayangan holda o‗z 
Konstitutsiyasini ishlab chiqdi va 1992 yil 8 dekabrda tasdiqlandi. Konstitutsiyada 
ta‘kidlanganidek, O‗zbekiston - suveren demokratik respublika. Davlatning 
―O‗zbekiston Respublikasi‖ va ―O‗zbekiston‖ degan nomlari bir ma‘noni anglatadi 
(1-modda). Shuning uchun davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga 
xizmat qiladi (2-modda), deyiladi. 
Davlatni idora qilish borasida, Konstitutsiyada qayd etilishicha, O‗zbekiston 
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‗zlab va O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat 
bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi (7-modda). 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ―Davlat hokimiyatini tashkil 
etilishi‖ (5- bo‗limdagi XVIII bobi) O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 
bag‗ishlangan. Konstitutsiyaga binoan, O‗zbekistonda davlat hokimiyati qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linishi asosida faoliyat ko‗rsatadi 
(11-modda). 
Oliy Majlis davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi tarmog‗ini namoyon 
qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi suverenitet egasi, 
mamlakatimizdagi hokimiyatning birdan-bir manbai bo‗lib, O‗zbekiston xalqining 
xohish-irodasini 
ifodalaydi. 
O‗zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi mustaqil organi bo‗lib, yuridik tomondan hech 
qaysi davlat organiga bo‗ysunmaydi. Oliy Majlis davlat hokimiyati organlari 
tizimida muhim o‗rin egallaydi va boshqa davlat organlari bilan yaqin hamkorlikda 
faoliyat ko‗rsatadi. Oliy Majlis qonun chiqaruvchilik faoliyatini butun O‗zbekiston 
Respublikasi miqyosida amalga oshiradi. 


58 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi mustaqillik yillarida rivojlanib, o‗z 
faoliyatida hozirgi zamon demokratiyasi va parlamentarizmi an‘analariga 
tayanmoqda. ―Parlament – bu jamiyat hayotini oynadek yaqqol aks ettiradigan 
ko‗zgu. Binobarin, jamiyatda qanday intilish, fikr va qarashlar mavjud bo‗lsa, ular 
parlamentdagi muhokama va munozaralarda o‗z ifodasini topishi kerak. Ana 
shunda parlament xalqning xohish-irodasi, ezgu maqsadlarini mujassam eta oladi. 
Shundan keyin odamlar bunday qonunchilik hokimiyatiga ishonadi‖ (Karimov I.A. 
Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni 
modernizatsiya va isloh etishdir.‖ T., ―O‗zbekiston‖,2005, 26-b.) 
Davlat qurilishi sohasida amalga oshirilgan tub islohotlar O‗zbekistonda ikki 
palatali professional parlament tizimiga o‗tish uchun zarur zamin yaratdi. 
―Professional parlament turli toifalar, siyosiy partiya va harakatlar vakillari 
vositasida jamiyatdagi mavjud siyosiy-ijtimoiy qarashlarni o‗zida aks ettiradi. 
Maqsad shuki, ular dunyo tajribasini, qaysi mamlakatda qanday qonunlar bor, 
ularning qanday afzal jihatlari mavjud, bugungi zamon nimani talab qilmoqda – 
barchasini o‗rgansin, ibratli jihatlarini hayotga tatbiq etsin‖. (Karimov I.A. Ozod 
va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. T.8-T.: 
‖O‗zbekiston‖, 2000, 483-b.) 
Ikki palatali parlament tashkil etilishi uchun 2002 yil 27 yanvarda 
umumxalq referendumi o‗tkazildi. Referendum natijalari asosida ―Referendum 
yakunlari hamda davlat homiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari 
to‗g‗risida‖gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Ushbu Konstitutsiyaviy qonun 
O‗zbekistonning qonun chiqaruvchi oliy organi – ikki palatali parlamentning 
tuzilishi, tarkibi, faoliyat yuritish asoslarini belgilab berdi. Bu yo‗nalishda, 
jumladan, ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
to‗g‗risida‖gi, ―O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‗g‗risida‖gi 
konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar O‗zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
moddalariga 
tegishli 
o‗zgartirishlar va 
qo‗shimchalar kiritish uchun asos bo‗ldi. 


59 
2003 yil 24 apreldagi ―O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o‗zgartirishlar 
va 
qo‗shimchalar 
kiritish 
to‗g‗risida‖gi 
O‗zbekiston 
Respublikasining Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII 
boblariga o‗zgartirishlar va qo‗shimchalar kiritildi. 
Bu qonunlarda mamlakatimizda ikki palatali parlamentni shakllantirish va 
faoliyatining zarur huquqiy asoslari yaratildi. O‗zbekistonda 2004 yil oxiri va 2005 
yil boshida O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senati shakllantirildi va o‗z faoliyatini boshladi. 
Konstitutsining 76-moddasiga muvofiq, ―O‗zbekiston Respublikasining Oliy 
Majlisi oliy vakillik organi bo‗lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga 
oshiradi‖. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik 
palatasi ( quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‗zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddatlari – besh yildir. 
Shunday qilib, ushbu moddada O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
mohiyati, funksiyalari va huquqiy asoslari belgilab berilgan. 
Birinchidan, O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik 
organidir. Oliy Majlis vakillik organi sifatida O‗zbekiston xalqining vakilligini 
amalga oshiradi. ―O‗zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy 
Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin‖ (10-modda). 
Ikkinchidan, O‗zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi mamlakatimizning 
qonun chiqaruvchi organidir. Oliy Majlisga oliy yuridik kuchga ega normativ-
huquqiy aktlarni chiqarish vazifasi yuklatilgan. U chiqaradigan normativ-huquqiy 
hujjatlar, ya‘ni qonunlar, boshqa biror davlat organi tomonidan o‗zgartirilishi yoki 
bekor qilinishi mumkin emas. 
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi O‗zbekiston fuqarolari saylaydigan 
150 deputatdan tashkil topadi. Oliy Majlisning Senati esa hududiy vakillik palatasi 
bo‗lib, 100 nafar Senat a‘zosidan (senatorlardan) iboratdir. Senat a‘zolari 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardan teng 
miqdorda – 6 kishidan saylanadi. 


60 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 16 nafar a‘zosi fan, san‘at, 
adabiyot, ishlab chiqarish sohasida, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa 
tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‗lgan hamda alohida xizmat ko‗rsatgan 
eng obro‗li fuqarolar orasidan bevosita O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan tayinlanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati 
alohida-alohida majlis o‗tkazadilar. Ularning qo‗shma majlislari O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim 
masalalari yuzasidan nutq so‗zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq 
so‗zlaganda o‗tkaziladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik 
palatasi va Senati birdan-bir qonunchilik organi sifatida o‗z vakolatlariga kiritilgan 
quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi: 
- O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini; 
- Konstitutsiyaviy qonunlarni; 
- qonunlarni; 
- qarorlarni; 
- boshqa xujjatlarni. 
Oliy Majlis palatalari o‗z qarorlari va boshqa hujjatlarini deputatlarning 
ko‗pchilik ovozi bilan qabul qiladi. O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
palatalari, ularning qo‗mitalari qonunlar hamda O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi boshqa qarorlarining ijrosini nazorat qilib turadi. 
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash va 
dastlabki ko‗rib chiqish ishlarini olib borish, shuningdek, qonunlarning, 
qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‗z vakalotlari muddatiga Qonunchilik 
palatasi deputatlari orasidan qo‗mitalarni saylaydi. Qonunchilik palatasi 
qo‗mitalari faqat deputatlardan tashkil topadi. Ular Qonunchilik palatasi faoliyatida 
katta rol o‗ynaydilar. Hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasida 10 ta qo‗mita tuzilgan. O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati qonunlar va qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o‗z 


61 
vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo‗mitalarni saylaydi. Hozirgi kunda 
Senatda 6 ta qo‗mita tashkil etilgan: 
1.
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‗mitasi; 
2.
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‗mitasi; 
3.
Fan, ta‘lim, madaniyat va sport masalari qo‗mitasi; 
4.
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‗mitasi; 
5.
Tashqi siyosat masalari qo‗mitasi; 
6.
Agrar, suv xo‗jaligi masalalari va ekologiya qo‗mitasi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat 
bo‗lgan taqdirda, muayyan vazafalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar 
orasidan komissiyalar tuzadi. 
Fan, ta‘lim, madaniyat va sport masalalari qo‗mitasi hamda uning komissiyalari 
tarkibida jismoniy tarbiya va sport o‗z o‗rni hamda xususiyatlariga egadir. 
Jismoniy tarbiya va sportga doir davlat vakolatidagi barcha masalalar shu qo‗mita 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar barcha davlat idoralari va 
jamoat tashkilotlarining amaliy faoliyatlarini o‗rganib boradi va zarur masalalarni 
to‗la ishlab chiqib, ularni Oliy Majlisga olib chiqadi. 
Mamlakat parlamentining roli va ta‘sirini kuchaytirish hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud tarmoqlari o‗rtasida yanada mutanosib va 
barqaror muvozanatga erishishga qaratilgan. 
Prezidentlik instituti. Ma‘lumki, ko‗pgina davlatlarda idora qilish va 
boshqarishda Prezidentlik tizimi mavjud. Ularning tashkiliy tuzilishi, mohiyatlari 
va eng demokratik tajribalarni o‗rgangan holda Prezidentlik O‗zbekiston 
Respublikasida hayotga tadbiq etildi. Bu vazifani yurtimizda birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov 1991 yildan bajardi. Ularning olib borgan siyosati, 
rahbarlik faoliyati faqat mamlakatimizdagina emas, hatto jahon hamjamiyati 
davlatlari orasida ham alohida e‘tiborga ega bo‗lgan. Shu o‗rinda O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis yig‗ilishida qabul qilgan qasamyodni keltirish 
o‗rinlidir. «O‗zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Respublikaning 
Konstitutsiyasi va qonunlariga qat‘iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va 


62 
erkinliklariga kafolat berishga, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman». 
O‗zbekiston Konstitutsiyasining XIX bobida O‗zbekiston Respublikasining 
Prezidenti O‗zbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat 
boshlig‗idir, deb belgilangan edi (89-modda). 
2003 yil 24 aprelda mazkur moddaga o‗zgartirish kiritilib, ―O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi‖ 
qoidasi chiqarib tashlandi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim 
vakolatlari O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yuqori palatasi Senatga 
o‗tkazildi. 
Vazirlar Mahkamasi. Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarning ijrochisi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
hisoblanadi. 
―O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining tarkibini O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy 
Majlis tomonidan tasdiqlanadi‖ degan qoida hozirda 98-modda ikkinchi qismida 
―Vazirlar Mahkamasi tarkibi O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
shakllantiriladi. O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining palatalari tomonidan ko‗rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar 
Mahkamasining a‘zolari O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimotiga binoan 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi‖ degan qoida 
mavjud. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-
moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, 
Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul 
qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini bekor 
qilishga haqli, degan qoida kiritildi. 
Konstitutsiyaga o‗zgartirishlar kiritish zaruriyatining paydo bo‗lishi davlat 
va jamiyatning rivojlanishida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish 
borasidagi huquqiy islohotlarning amaliy natijasi bo‗lib hisoblanadi. 


63 
Vazirlar Mahkamasi xalq xo‗jaligida barcha sohaning samarali faoliyatiga 
rahbarlikni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida ta‘minlaydi. 
SHuningdek, u amaldagi qonunlarga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi 
hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor 
shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‗lgan qarorlar va 
farmoyishlar chiqaradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bu vazifalarni amalga 
oshirishda 
barcha 
vazirliklar, 
davlat 
qo‗mitalari, konsernlar, jamoat 
tashkilotlarining faoliyatiga tayanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‗z ish faoliyatida viloyatlar, 
shahar-tuman hokimiyatlari, ularning barcha faoliyatlariga rahbarlik qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida davlatni idora qilishda 
huquqiy organlar sifatida yoki davlat hokimiyati organlari tarkibida sud
prokuratura, militsiya, harbiy kuchlar mavjud. Ular qonunlarni amalga oshirishi, 
jinoyatchilikka qarshi va mudofaa hamda xavfsizlik ishlarini bajarish bilan 
birgalikda jismoniy tarbiya va sport ishlarida ham ma‘lum darajada ishtirok 
etadilar. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida tasdiqlangan jurnalistlar faoliyati 
bilan bog‗liq bo‗lgan qonunlarda ramziy ma‘noda to‗rtinchi hokimiyati deb tan 
olingan matbuot organlari ham davlatni idora qilish bilan bog‗liq faoliyatlarda, 
shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni targ‗ibot qilishda bevosita ishtirok etadi. 
Mamlakatda mutaxassis kadrlar tayyorlash, «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi»ni amalga oshirishda o‗quv yurtlariga ega bo‗lgan vazirliklar, davlat 
qo‗mitalari, boshqarmalar davlat idoralari sifatida faoliyat ko‗rsatib kelmoqda. 
Tabiiyki, barcha turdagi umumta‘lim, o‗rta maxsus va oliy o‗quv yurtlarida 
jismoniy tarbiya o‗quv jarayonining tarkibiy qismidir. Shuningdek, ularda 
ommaviy sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy 
o‗yinlari o‗quvchi yoshlarning jismoniy va ma‘naviy kamolotini taraqqiy ettiruvchi 
vositalar sifatida xizmat qiladi. Bunday ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni tashkil 


64 
qilish, ularni moddiy va texnik jihatdan ta‘minlashda davlat idoralari faoliyat 
ko‗rsatadi. 
Mustaqil O‗zbekistonda aholining ijtimoiy-madaniy turmush farovonligini 
yanada yaxshilash, ularning ma‘naviy etuk, jismonan baquvvat bo‗lib kamolotga 
etishishlarida davlat idoralarining faoliyatlari muhim ahamiyatga ega. Bunda 
«Jismoniy tarbiya va sport to‗g‗risida»gi, «Ta‘lim to‗g‗risida»gi va boshqa 
qonunlar, Prezidentimizning «Sog‗lom avlod uchun» ordenini ta‘sis etish 
to‗g‗risidagi (1993 yil) farmoni hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining O‗zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish 
bilan bog‗liq bo‗lgan qator (1993 yil, 1996 yil, 1999 yil, 2000 yil) qarorlari muhim 
ahamiyatga egadir.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə