Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


tasniflash mumkin. Jumladan:  1)  ifodalash shakliga ko‘ra



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

tasniflash
mumkin. Jumladan: 
1) 
ifodalash shakliga ko‘ra
ma‘muriy usullar: a) 
huquqiy 
(normativ huquqiy 
aktlarda nazarda tutilgan va huquqiy mazmunga ega bo‗lgan) usullar; b) 
tashkiliy
(boshqaruv sub‘ekti tomonidan tashkiliy-boshqaruv harakatlarini amalga oshirish) 
usullariga bo‗linadi; 
2) 
ma’muriy-huquqiy xususiyatlarga asoslanib
, ular: a) 
normativ
(normativ 
huquqiy aktlarni qabul qilish maqsadida qo‗llaniladigan) usullar; b) 
individual
(yakka ma‘muriy huquqiy aktlarni qabul qilishda qo‗llaniladigan) usullarga 
bo‗linadi; 


75 
3) 
boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra
ma‘muriy usullar: a) 
imperativ
, ya‘ni taqiqlarni, to‗g‗ridan-to‗g‗ri ma‘muriy buyruqlarni, davlat-
hokimiyat ko‗rsatmalarini nazarda tutuvchi, shuningdek, tegishli harakatlarni sodir 
etish yoki tegishli xulq-atvorni amalga oshirishga majburlovchi usullar; b) 
vakolat 
beruvchi
, ya‘ni ma‘lum bir harakatlarni amalga oshirish yoki boshqaruvning 
tegishli aktini qabul qilishga ruxsat beruvchi usullar; v) 
rag‘batlantiruvchi 
va 
tavsiya beruvchi
, ya‘ni rag‗batlantirish yoki ma‘lum bir harakatlarni amalga 
oshirish bo‗yicha tavsiyalarni beruvchi usullarga bo‗linadi. 
Boshqaruvning 
tartibga soluvchi
(
iqtisodiy)
usullarini qo‗llash orqali 
boshqaruv ob‘ektlari tomonidan namunali xulq-atvorga erishilganida, ularning 
iqtisodiy yoki moddiy manfaatlarini qondirish ta‘minlanadi. Boshqaruv sub‘ekti 
boshqariluvchi ob‘ektlarning individual (yakka) manfaatlariga ta‘sir etish orqali 
boshqaruvning maqsad va vazifalarining bajarilishiga shart-sharoit yaratib beradi.
Moddiy (yoki iqtisodiy) tartibga solish orqali boshqariluvchi ob‘ektlar 
tomonidan o‗z faoliyatlarida o‗rnatilgan tartib va ko‗rsatmalarga rioya etishi 
ta‘minlanadi. SHu tariqa 
boshqaruvning ichki apparati
(masalan, davlat 
organlarida xizmatchilarni moddiy rag‗batlantirish, mansabdor shaxslar uchun 
moddiy va mulkiy imtiyozlar berish) hamda 
iqtisodiy munosabatlarning 
rivojlanishi
(masalan, iqtisodiyotga yangi ishlanmalarni joriy etishni tartibga 
solish, iqtisodiyotning ma‘lum bir sohalarini qo‗llab-quvvatlash, soliq 
imtiyozlarini berish) ta‘minlanadi. 
Davlat organlari tomonidan boshqariluvchilarga samarali boshqaruv ta‘sirini 
ko‗rsatish – iqtisodiy usullarni ―
egri
‖ yo‗l bilan qo‗llash orqali erishiladi.
Boshqaruvni tartibga soluvchi (iqtisodiy) usullari quyidagi 
o‘ziga xos 
xususiyatlar
ga ega: a) boshqaruvning nazarda tutilgan natijalariga erishish uchun, 
boshqariluvchi shaxslarning ongi va irodasiga ta‘sir ko‗rsatish; b) boshqariluvchi 
sub‘ektlarning manfaatlariga, ehtiyojlariga ta‘sir ko‗rsatish orqali, ularning 
namunali xulq-atvorda bo‗lishini ta‘minlashning real boshqaruvini tashkil etish; v) 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga 
qaratilgan harakatlar va qarorlarni ma‘muriy hamda sud tartibida shikoyat 


76 
qilinishini ta‘minlash; g) ma‘lum bir harakatlarni amalga oshirish va qarorlarni 
qabul qilishni belgilovchi boshqaruv aktlarini chiqarish; d) boshqaruv harakatlarini 
amalga oshirish usullari qaratilgan shaxslarga xatti-harakat (xulq-atvor)ni tanlash 
imkoniyatini berish; e) tartibga solishning normativ o‗rnatilishi va h.k.lar. 
Boshqaruvning iqtisodiy usullari, ma‘muriy usullar singari, faqatgina 
normativ hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Boshqaruv bu usullarining 
tartibga solish ta‘siri - boshqaruv sohasidagi ularning muhimligi, ahamiyatliligi va 
samaradorligi bilan ifodalanishi kerak. 
Ba‘zi huquqshunos olimlar tomonidan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan 
egri (iqtisodiy) tartibga solishning quyidagi elementlari ham ko‗rsatib o‗tiladi: 
davlat axboroti va prognozi; davlat dasturlari, kontraktlar va buyurtmalar; baho, 
daromad, aholi bandligi, professional tayyorgarlikni tartibga solish; soliq va 
amartizatsiyaviy siyosat.
Ma‘muriy va iqtisodiy usullar turlicha mazmunga va ahamiyatga ega 
bo‗lsalar ham, amaliyotda ular chambarchas bog‗liqdir. Ular boshqaruv 
mazmuniga ega ekanligi; qo‗llash sub‘ektlari; boshqaruv ta‘sirining ob‘ekti; 
boshqaruvning maqsadiga erishish va vazifalarini bajarish; boshqaruv ta‘sirini 
amalga oshirish shakli (ma‘muriy yoki boshqaruvning huquqiy aktini qabul qilish) 
bo‗yicha umumiy xususiyatlarga egadir. Shu bilan birga davlat boshqaruvining 
turli sohalarida u yoki bu boshqaruv usullaridan foydalanish ko‗p uchrab turadi. 
Masalan, davlat xavfsizligi organlari yoki ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil 
etish va amalga oshirishda ma‘muriy usullar ko‗proq qo‗llaniladi; ta‘lim, fan va 
sog‗liqni saqlash sohalarida ma‘muriy usullar bilan bir qatorda, iqtisodiy usullar 
katta ahamiyatga ega bo‗ladi; sanoat sohasida ma‘muriy usullarga qaraganda, 
iqtisodiy usullar ko‗proq qo‗llaniladi. 
Ma‘muriy va iqtisodiy usullar birgalikda boshqaruv ta‘sirining tegishli 
usullar va vositalar tizimini tashkil etadi.
Yu.M.Kozlov, boshqaruv usullarining ishontirish va majburlash turlaridan 
tashqari, tegishli harakatlarning aniq maqsadlaridan kelib chiqqan holda, ularni uch 
guruhga bo‗ladi: 
birinchidan


Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə