Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Boshqaruvning samarali 
usullaridan yana biri – bu rag„batlantirishdir. Rag„batlantirish – 
manfaatdorlik, ong orqali insonlarning irodasini belgilangan foydali ishni 
bajarishga yo„naltiruvchi ta‟sir etish usulidir. Rag„batlantirish ma‟lum bir 
ishlarning bajarilishiga, moddiy va axloqiy manfaatdorlikning vujudga 
kelishiga olib keladi. 
Hozirgi vaqtda, boshqaruvning rag‗batlantirish usulini tartibga soluvchi 
huquqiy normalar (qonunchilik) shakllangan bo‗lib, rivojlanish jarayonidadir. 
Bunga konstitutsiyaviy, ma‘muriy, mehnat va boshqa huquq normalarini 
kiritishimiz mumkin. Huquqiy tartibga solingan rag‗batlantirish, A.V.Malkoning 
fikricha, bu - ixtiyoriy, maqsadga muvofiq va xurmatga sazovor xulq-atvorni 
ma‘qullashning yuridik shakli va chorasi bo‗lib, uni amalga oshirish natijasida 
sub‘ekt mukofotlanadi (ya‘ngi unga nisbatan foydali oqibatlar vujudga keladi). 
Amaldagi huquqiy normalar yordamida rag‗batlantirish choralari; uni 
qo‗llash asoslari; hokimiyat sub‘ektining rag‗batlantirish bo‗yicha vakolati; 
rag‗batlantirish tartibi mustahkamlangan. 
Boshqaruvning rag‗batlantirish usulini tartibga solishda ma‘muriy-huquqiy 
normalarni tutgan o‗rni kattadir. Ular orqali rag‗batlantirishning turli choralari, 
keng ko‗lamdagi rag‗batlantirish asoslari va rag‗batlantiriluvchi shaxslar doirasi 
belgilab beriladi. 
D.N.Baxraxning ko‗rsatib o‗tishicha, rag‗batlantirish – ijro hokimiyati 
faoliyatining usuli sifatida quyidagi 
o‘ziga xos xususiyatlar
ga egadir: 1) hokimiyat 
sub‘ekti 
tomonidan 
ijobiy 
baholanadigan 
xizmat, 
xatti-harakat 
– 


79 
rag‗batlantirishning faktik asosi bo‗lib hisoblanadi; 2) rag‗batlantirish sodir etilgan 
xatti-harakatlarni baholash bilan bog‗liqdir; 3) rag‗batlantirish ma‘lum bir 
individual yoki jamoa sub‘ektlariga nisbatan qo‗llaniladi; 4) rag‗batlantirish – 
axloqiy ma‘qullash, huquqlar, imtiyozlar, moddiy qimmatliklar berishdan 
iboratdir; 5) u orqali rag‗batlantiriluvchi irodasiga manfaatdorlik, emotsiya, ong 
orqali egri ta‘sir ko‗rsatiladi. 
Rag‗batlantirish - ko‗pgina insonlarda mavjud bo‗lgan ularni faoliyatini 
baholash, xizmatini tan olish hamda ular amalga oshirayotgan faoliyatga e‘tibor 
qaratish ehtiyoji bilan bog‗liqdir. 
Boshqaruv faoliyatini amalga oshirishning umumiy prinsiplaridan, 
rag‗batlantirishning
 - asoslantirilganlik

operativlik
va 
oshkoralik
prinsiplari kelib 
chiqadi. Ularga amal qilish rag‗batlantirish usulining samarali qo‗llanilishini 
ta‘minlaydi. 
Rag‗batlantirish faoliyatining oshkoraligi - rag‗batlantirilgan shaxs uchun 
ham, uni o‗rab turgan muhit uchun ham katta ahamiyatga egadir. U 
rag‗batlantirilgan shaxsning obro‗-e‘tiborini oshiradi, o‗rab turgan muhitning unga 
nisbatan bo‗lgan munosabatini yaxshilaydi, ko‗pgina shaxslarga namunali ta‘sir 
ko‗rsatadi. 
Huquqiy tartibga solingan rag‗batlantirish qonunlar, davlat rahbari, ijro 
hokimiyati organlari, davlat va nodavlat tashkilotlarining aktlari bilan o‗rnatiladi. 
Boshqaruv harakatlarini amalga oshirish usuli sifatida, rag‗batlantirish, 
tartibga soluvchilik ta‘sirini ko‗rsatish usullarining tizimini ifodalaydi. Ijobiy 
baholanadigan xatti-harakatlarning turli-tumanligi sababli, ularga nisbatan 
qo‗llaniladigan rag‗batlantirish vositalari ham har xildir. 
Rag‗batlantiriluvchi shaxsga ta‘sir ko‗rsatishning barcha ijobiy tartibga 
solish vositalarini uch guruhga: a) 
axloqiy
; b) 
moddiy
; v) 
aralash
ga bo‗lish 
mumkin. Masalan, moddiy rag‗batlantirishni olib ko‗radigan bo‗lsak, u qimmatli 
sovg‗alar berishda ifodalanadi. 
Rag‗batlantirish choralari bir vaqtning o‗zida ham moddiy, ham axloqiy 
bo‗lishi mumkin. Masalan, bunday aralash shakldagi ta‘sir ko‗rsatishga 


80 
(rag‗batlantirishga) - muddatidan oldin navbatdagi darajani berishni kiritish 
mumkin.
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 180-moddasiga binoan 
ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‗batlantirish choralari qo‗llanilishi 
mumkin. Rag‗batlantirish turlari, ularni qo‗llash tartibi, afzallik va imtiyozlar 
berish jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartib-qoidalari va boshqa lokal 
hujjatlarda, jamoa kelishuvlarida, intizom to‗g‗risidagi ustav va nizomlarda 
belgilab qo‗yiladi. Xodimlar mehnat sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida 
xizmatlari uchun davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin. Ish haqi, 
mukofotlar, qo‗shimcha to‗lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda 
tutilgan boshqa to‗lovlar rag‗batlantirish turlariga kirmaydi. 
Yuqorida o‗rnatilgan talab umumiy bo‗lib, barcha sohada davlat va nodavlat 
tashkilotlari unga amal qilishi lozim. Aniq bir sohada qo‗llaniladigan 
rag‗batlantirish choralari bilan tanishib chiqadigan bo‗lsak, rag‗batlantirishning 
mazmun-mohiyati va ahamiyati to‗g‗risida tushunchalarni yanada boyitish 
mumkin.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə