Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


boshqaruv ta’siri usullari



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

boshqaruv ta’siri usullari
. Bunda boshqaruv 


77 
sub‘ekti va ob‘ekti o‗rtasidagi munosabatlarga xos bo‗lgan barcha xususiyatlar 
bevosita o‗z ifodasini topadi; 
ikkinchidan

ijro hokimiyati organlari ishini tashkil 
etish usullari
. Bu usullar apparat ahamiyatiga ega bo‗lib, samarali boshqaruv 
ta‘sirini ko‗rsatish uchun zarur bo‗lgan shart-sharoitlarni yaratib beradi. Mazkur 
usullarga huquqiy (masalan, apparat xodimlari o‗rtasida javobgarlikni o‗rnatish, 
vakolatlarni taqsimlash) va huquqiy bo‗lmagan (masalan, matematik, ijtimoiy, 
tadqiqot) vositalar kiradi. Bunday usullardan boshqaruv ta‘siri doirasida 
foydalaniladi; 
uchinchidan

boshqaruv harakatlarini amalga oshirish usullari.
Bu 
usullar protseduraviy xususiyatga ega (masalan, boshqaruv qarorlarini qabul 
qilishning, kontrol-nazorat harakatlarini amalga oshirishning ma‘lum bir usullari 
mavjud). 
Ma‘muriy-huquqiy usullar (boshqaruv usullari) turli ko‗rinishlarda: xulq-
atvor qoidalarini o‗rnatishda; aniq vazifalarni berishda; ma‘lum bir harakatlarni 
sodir etishni belgilashda; lavozimga tayinlashda; boshqaruv munosabatlari 
ishtirokchilarining qonuniy talablarini qondirishda; ma‘lum bir harakatlarni 
taqiqlashda; turli xildagi ruxsatnomalar berishda; ro‗yxatga olish faoliyatini 
amalga oshirishda; kontrol va nazorat olib borishda; moddiy va axloqiy 
rag‗batlantirishda; moddiy sanksiyalarni qo‗llashda; ma‘muriy nizolarni hal 
etishda; davlat buyurtmalarini rasmiylashtirishda; ma‘muriy majburlov choralarini 
qo‗llashda va h.k.larda namoyon bo‗lishi mumkin. 
Insonlarni qonunlarga, huquqiy tartib-intizomga rioya qilish, bo‗ysinish 
ruhida tarbiyalash boshqaruv huquqiy aktlarini va harakatlarini ixtiyoriy amalga 
oshirilishini ta‘minlashda katta ahamiyatga egadir. Ayrim hollarda, fuqarolarning 
o‗z huquq va majburiyatlarini bilishi, o‗z-o‗zidan huquqiy ko‗rsatmalarning 
bajarilishiga, shaxsning intizomliligiga olib keladi.
Davlat, mahalliy va shaxsiy faoliyat yutuqlari va ijobiy natijalari 
to‗g‗risidagi axborotlar tizimini shakllantirish ham katta ahamiyatga egadir. 
Ishontirish shakllariga ko‗rgazmalarni tashkil etish, konkurslarni o‗tkazish, 
ma‘lum bir dasturlarni, ommaviy tadbirlarni amalga oshirish ham kiradi. 


78 
Insonlarning xulq-atvoriga shaxsga bo‗lgan ishonch, jamoadagi muhit, ishni aniq 
tashkil etish, samarali nazoratni amalga oshirish ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Insonlarga samarali tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatish, aybdor shaxslarga o‗z 
vaqtida va adolatli javobgarlik choralarini qo‗llash, qonunga zid xatti-harakatlarga 
qarshi kurashishning yaxshi tashkil etilganligi ham ko‗pchilikda namunali xulq-
atvorning shakllanishiga, qonun talablariga mos xulq-atvorni amalga oshirishga 
(ishontirishga) xizmat qiladi va h.k.lar.
Rag‗batlantirish tushunchasi va uning turlari. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə