Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

ma’muriy (to‘g‘ri)
va 
iqtisodiy (tartibga soluvchi)
usullarga bo‗linadi. 
Ma’muriy usullar
- boshqaruv sub‘ektining ob‘ektga (fuqarolarga, yuridik 
shaxslar, davlat xizmatchilariga) bir tomonlama tartibda davlat-hokimiyat ta‘sirini 
ko‗rsatishi orqali ifodalanadi.
Boshqaruvni amalga oshiruvchi sub‘ekt tegishli shaxslar uchun bajarilishi 
majburiy bo‗lgan va yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy aktlarni 
qabul qiladi. Qabul qilingan qarorning, buyruqning yoki farmoyishning 
bajarilmaganligi intizomning buzilishi hisoblanib, aybdor shaxsga nisbatan 
qonunda belgilangan majburlov choralari qo‗llaniladi.
Davlat boshqaruvi ideologiyasi o‗z tarkibida to‗g‗ridan-to‗g‗ri hokimiyat 
ta‘sirini ko‗rsatishning ma‘muriy usullari mavjud bo‗lishini talab etadi. Keng 
ma‘noda, 
boshqaruv usullari 
ijro hokimiyatining birligini, davlat boshqaruvi turli 
sub‘ektlari o‗zaro munosabatida tartib-intizomni, shuningdek, ijro hokimiyati 
organlari funksiyalanishining qonuniyligini ta‘minlaydi. 
Boshqaruv usullari mazkur usullar yo‗naltirilgan shaxslarning ongiga, 
irodasiga va xulq-atvoriga ta‘sir ko‗rsatadi. Bu usullarni amalga oshirish huquq 
sub‘ektlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri iqtisodiy ta‘sirni, moddiy-mulkiy natijalarni keltirib 
chiqarmaydi.
Ma‘muriy usullarda ob‘ektlar o‗z hohishiga ko‗ra boshqaruvni amalga 
oshirish imkoniyatiga ega emas, ular belgilangan ma‘muriy tartib doirasida va 
qabul qilingan ko‗rsatmalarni bajarishga majburdirlar. 


74 
Huquq sub‘ektlariga to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir etish (ma‘muriy) usullaridan 
foydalanmasdan, davlat boshqaruvining maqsad va vazifalariga erishib bo‗lmaydi. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etish
– bu ma‘lum bir vakolatga ega bo‗lgan yuqori 
turuvchi mansabdor shaxs yoki boshqaruv sub‘ekti tomonidan bo‗yruq, 
farmoyishning qabul qilinishidir.
Ma‘muriy usullar boshqariluvchilarning moddiy manfaatlariga ta‘sir 
ko‗rsatish, ya‘ni moddiy naf yoki moddiy rag‗batlantirish olishni nazarda 
tutmagan.
Namunali xulq-atvorga o‗rnatilgan ko‗rsatmalarga ixtiyoriy rioya qilish 
orqali erishiladi, ya‘ni bunda asosiy ta‘sir ko‗rsatish vositasi 
axloqiy
xususiyatga 
ega bo‗ladi. 
Iqtisodiy munosabatlarga to‗g‗ridan-to‗g‗ri (ma‘muriy) ta‘sir ko‗rsatish 
davlatning iqtisodiy manfaatlari qondirilishini ta‘minlashda zarurdir. Iqtisodiyot 
sohasiga davlatning ta‘siri quyidagilarda namoyon bo‗ladi: 
birinchidan
, iqtisodiy 
faoliyat ma‘lum bir turlarining faqat davlat tomonidan amalga oshirilishi (masalan, 
soliq, bojxona faoliyati); 
ikkinchidan
, davlat tashkilotlari xo‗jalik faoliyatini 
boshqarish va markazlashgan holda tartibga solish
uchinchidan
, davlat mulki 
ob‘ektlarini boshqarish; 
to‘rtinchidan
, iqtisodiyot sohasida davlat kontroli va 
nazoratini amalga oshirish; 
beshinchidan
, ro‗yxatga olish, ruxsat berish (litsenziya) 
faoliyatini amalga oshirish va h.k.lar. 
Ma‘muriy usullarni turli asoslarga ko‗ra 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə