Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

o‘ziga xos xususiyatlari
ga esa 
quyidagilar kiritilgan: 
1) boshqaruv usullarining mavjudligi – 
davlat hokimiyati ijro etuvchi 
organlarini tashkil etishga asoslanadi



70 
2) boshqaruv usulining asosiy maqsadi yoki uning amaliy ahamiyati – 
davlat 
boshqaruvini, boshqaruv vazifalari va funksiyalarining ijro hokimiyati organlari 
tomonidan amaliy bajarilishini ta’minlashdan iborat

3) boshqaruv usullaridan 
boshqaruv faoliyatida qo‘llaniladi va foydalaniladi
;
4) 
davlat boshqaruvi sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida maxsus huquqiy 
munosabatlar mavjud bo‘ladi
.
Bu munosabatlarda davlat organi yoki mansabdor shaxs turli vositalar – 
ishontirish, tarbiyalash, tartibga solish yoki majburlash choralarini qo‗llash orqali 
o‗z vakolatini amalga oshiradi. Boshqaruv usullari mazkur munosabatlarda 
boshqaruv sub‘ekti va ob‘ekti o‗rtasida vujudga keladigan aloqa va munosabatlarni 
ifodalaydi; 
5) 
huquqiy aktlarda boshqaruv ta’siri o‘rnatiladi, ya’ni boshqaruv usulini 
qo‘llash huquqiy tartibga solingan bo‘ladi.
Lekin boshqaruv amaliyotida huquqiy normalar bilan tartibga solinmagan 
(yoki ularda nazarda tutilmagan) usullar (masalan, ishontirish, tarbiyalash) ham 
qo‗llanilishi mumkin; 
6) boshqaruv usullari 
boshqaruv sub’ektlariga tegishli bo‘lgan kompetensiya 
va vakolatlarni amalga oshirish vositasi hisoblanadi

7) boshqaruv usullari 
boshqaruv sub’ektlari tomonidan ob’ektga nisbatan 
qo‘llaniladigan vakolatlarning; tegishli sub’ekt yuridik hokimiyat vakolatlarining 
xususiyatlarini namoyon etadi

8) 
har bir aniq holatda boshqaruv ta’sirining mazmuni boshqaruv usullari 
qo‘llanilayotgan ob’ektning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi
(masalan, jismoniy 
shaxs yoki tashkilot, mulk shakli, vertikal bo‗ysinuvning mavjudligi va h.k.lar); 
9) boshqaruv usullari har qanday boshqaruv ta‘siri singari, 
boshqaruv 
sohasida namunali (belgilangan) tartibni ta’minlaydi; ular tashkiliy xususiyatga 
ega va boshqaruv tizimida yuz berayotgan jarayonlarni tartibga soladi
;
10) 
boshqaruv ta’sirini ko‘rsatuvchi sub’ektlar tomonidan huquq ijodkorligi va 
individul-farmoyish berish vakolatlari amalga oshiriladi



71 
11) boshqaruv usullarining 
doimiy harakatda bo‘lishi, ya’ni ular boshqaruv 
tizimini, funksiya va vakolatlarning bajarilishini real ta’minlaydi
;
12) 
qonunchilikda boshqaruv usullarini qo‘llashning belgilangan tartibi 
mavjud bo‘ladi

13) 
boshqaruv usullarini qo‘llashning tashkiliy-huquqiy shakllari yoki 
ularni ifodalashning huquqiy shakllari mavjud bo‘ladi.
Boshqaruv usullar to‗g‗ridan-to‗g‗ri boshqaruv shakllariga bog‗liq bo‗lib, 
ularda ifodalangan bo‗ladi. Shu ma‘noda, boshqaruv usullari va boshqaruv 
shakllari o‗zaro chambarchas bog‗liqdir. Masalan, ma‘muriy majburlash usuli aniq 
bir shaxsni ma‘muriy jazoga (jarima, ma‘muriy qamoq) tortishga qaratilgan 
individual aktni qabul qilish orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv usullari ma‘muriy 
huquq ijodkorligi shaklida ham, masalan, boshqaruv ta‘sirini ta‘minlash maqsadida 
ma‘lum bir normativ huquqiy aktni tayyorlash va qabul qilishda ham namoyon 
bo‗lishi mumkin; 
14) boshqaruv usullari – 
boshqaruv sub’ektining ob’ektga nisbatan ta’siri 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega
.
Boshqaruv usullari 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etishi 
(masalan, huquqbuzarga 
nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki mansabdor shaxslarga intizomiy 
javobgarlikni qo‗llash) yoki 
egri ta’sir etishi 
mumkin
 
(masalan, qonunchilikda 
nazarda tutilgan davlat xizmatchilari uchun cheklovlarni amalda tatbiq qilish yoki, 
aksincha, rag‗batlantirish choralarini qo‗llash);
15) boshqaruv usulida 
boshqaruv ob’ektiga yakka yoki jamoa ta’sirini 
ko‘rsatish mavjud bo‘ladi

16) boshqaruv usullarini qo‗llashning 
vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lishi, 
ya’ni boshqaruv ta’siri hamma vaqt ham uzoq muddatga emas, balki ma’lum bir 
muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi

Boshqaruv usullari o‗rtasida davlat boshqaruvi organlari va ularning 
mansabdor shaxslarining yuridik hokimiyat vakolatlarini amalga oshirish bilan 
bog‗liq bo‗lgan 
ma’muriy-huquqiy usullar
muhim ahamiyatga egadir. 


72 
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot sohasidagi boshqaruv tizimida 
umumiy tartibga 
solish
yoki 
ma’muriy-huquqiy tartibga solish usullari
shakllanmoqda va huquqiy 
mazmunga ega bo‗lmoqda. Ularda iqtisodiy munosabatlarga boshqaruv ta‘sirini 
o‗tkazishning kuchli va samarali potensiali mavjuddir. Jumladan, iqtisodiyotning 
turli sohalaridagi davlat kontroli va nazorati; sanoat sohalariga moliyaviy (byudjet) 
yordam ko‗rsatish; davlat tashkilotlarini samarali boshqarishni ta‘minlash; 
monopoliyaga qarshi tartibga solish; xususiylashtirish jarayonlarining amalga 
oshirilishi; sub‘ektlarga u yoki bu faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar 
(litsenziyalar) berish va h.k.lar. 
Ma’muriy-huquqiy usullarning maqsadi
– ommaviy manfaatlarni himoya 
qilish, huquqiy tartibotni, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlarini ta‘minlashga yo‗naltirilgan davlat tadbirlarini 
kuchaytirish, davlat boshqaruvida intizomni mustahkamlashdan iboratdir.

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə