Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Respublika jamoat tashkilotlarining turlari



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Respublika jamoat tashkilotlarining turlari.
Sport tashkilotlari. 
O‗zbekistonda sport tashkilotlari sifatida Kasaba uyushmalari jismoniy 
tarbiya va sport jamiyati, ―O‗zbekiston‖, ―Dinamo‖ kabi sport klublari faoliyat 
ko‗rsatib kelmoqda. Ijtimoiy-madaniy va aholining ishlab chiqarishdagi 
faoliyatlariga asoslangan holda sport jamiyatlarining nomlari («Spartak», 
«Burevestnik», «Mehnat», «Paxtakor», «Yosh kuch» va boshqalar) turli davrlarda 
(1936-1940, 1950-1957, 1987) o‗zgartirildi va ular birlashtirildi. Ular o‗z 
taraqqiyoti tarixiga egadir. Bu haqda to‗la ma‘lumotlarga ega bo‗lish uchun
R.Abdumalikov, T.T.Yunusov, A.K.Akramov va boshqalarning o‗quv-uslubiy 
qo‗llanmalariga murojaat qilish mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi davlat organi 
sifatida respublikada jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o‗yinlarini aholining 
kundalik turmushiga singdirish va ularga bevosita bog‗liq bo‗lgan qator tadbirlarni 
olib borish bilan shug‗ullanadi. Uning asosiy maqsadi va vazifalari alohida 
Nizomda qayd etilgan. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish 
bo‗yicha jamoatchilik asosida faoliyat ko‗rsatuvchi sport jamiyatlari mavjuddir. 
Ular tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshidagi ―O‗zbekiston‖ 
sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni 
tashkil qilish bilan faoliyat ko‗rsatadi. Shuningdek, uning tarkibida terma sport 
jamoalari, bolalar va o‗smirlar sport maktablari mavjuddir. 
2. ―Dinamo‖ sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, ichki ishlar idoralari 
xodimlari va ular bilan bog‗liq korxonalar, muassasalarda mehnat qiluvchilar bilan 
jismoniy tarbiya ishlari olib boradigan tashkilotdir. 
3. ―Yoshlik‖ (sobiq «Mehnat rezervlari» va ―Yosh kuch‖ sport jamiyatlari 
uyushmasi) sport jamiyati o‗z faoliyatini maktab o‗quvchilari, ―Talaba‖ sport 
uyushmasi esa o‗rta maxsus va oliy o‗quv yurtlari talabalari bilan ommaviy sport 
tadbirlarini o‗tkazishda namoyon etadi. 


67 
4. ―Vatanparvar‖ tashkiloti O‗zbekiston mudofaasiga ko‗maklashuvchi 
tashkilot sifatida o‗quvchi-yoshlar va ishchilar orasida sportning harbiy-texnika 
bilan bog‗liq turlarini tashkil etadi (parashyut, avto-motoklub, radio-texnika va 
hokazo). 
5. Markaziy harbiy sport klubi - maxsus sport klub sifatida faoliyat 
ko‗rsatib, asosan, harbiy tashkilotlarda sport ishlarini uyushtirish bilan faoliyat 
ko‗rsatadi. 
Keyingi yillarda o‗z maqomiga ega bo‗lgan futbol, karate, taekvondo, 
dzyudo, kurash, turon kabi sport turlari bo‗yicha maxsus sport uyushma 
(federatsiya)lari tashkil etildi. 
Yuqorida qayd etilgan sport tashkilotlari va klublarning maxsus nizomlari, 
ustavlari mavjud bo‗lib, ularda xaq-huquqlari to‗la aks ettirilgan. Bu haqda keyingi 
boblarda batafsil so‗z yuritiladi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə