Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


xo‘jalik boshqaruvi organlari



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

xo‘jalik boshqaruvi organlari
bo‗lib, 
tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‗jalik birlashmasiga tegishli bo‗lgan aksiya 
paketlari orqali ana shu korxonalarning xo‗jalik boshqaruvini amalga oshiruvchi 
aksiyadorlik kompaniyalari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari
muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga ko‗maklashish uchun muassis-
korxonalarning aksiyalari paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim umumiy 
vazifalarni ularga topshirish yo‗li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil qilinadigan 
uyushmalar hisoblanadi. 
Xo„jalik 
birlashmalarining 
asosiy 
vazifalari 
va 
funksiyalari
quyidagilardan iborat: 
-
tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli 
strategiyasini belgilash;
-
marketing tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh 
mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni (ishlar, xizmatlarni) 
o‗zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishiga ko‗maklashish;
-
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta qurollantirish, 
ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishda yordam berish; 
-
ular tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari 
ko‗rsatish; 
-
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish. 
Mazkur Farmonga ko‘ra davlat boshqaruvi, shu jumladan taqsimlash 
vazifalari, shuningdek, ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyatiga ma’muriy 
aralashuv – xo‘jalik boshqaruvi organlarining vakolatiga kirmaydi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari. Oldingi paragraflarda O‗zbekiston 
Respublikasining tanlagan taraqqiyot yo‗liga qisqacha to‗xtalib o‗tgan edik. O‗tish 
davrida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda 
kuchli ijroiya hokimiyati zarur. Hayot taqozosiga ko‗ra tarixiy sinalgan 


49 
an‘analarga asoslanib, O‗zbekiston Respublikasida 
hokimlik instituti
vujudga 
keldi. 
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan 1991 yil 18 
noyabrda Toshkent shahrida hokimlik lavozimining tashkil etilishi, bu boradagi 
birinchi qadam bo‗ldi. 
1992 yil 4 yanvarda esa O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 
―O‗zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyati idoralarini qayta tashkil etish 
to‗g‗risida‖gi qonun qabul qilindi. Bunda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning o‗ziga 
xos shartlari e‘tiborga olinib, avvalo ijroiya hokimiyatini mustahkamlash nazarda 
tutilgan edi. 
Mahalliy davlat hokimiyatini isloh qilishda – davlat qurilishi borasida 
tarixan shakllangan milliy, an‘anaviy tajribalardan, shuningdek, xorijiy 
mamlakatlarning ijobiy tajribalaridan muvaffaqiyatli foydalanildi. 
Toshkent shahrida, barcha viloyat, tuman va shaharlarda hokimlik lavozimi 
joriy etildi hamda ular zimmasiga vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqarish 
mas‘uliyati yuklatildi. 
1992 yil aprelda Qoraqalpog‗iston Respublikasida ham, hokimlik lavozimini 
joriy etish borasida qonun qabul qilindi. 
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida ham hokimlik instituti mustahkamlab qo‗yildi.
1993 yil 2 sentyabrda esa O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖gi qonunni qabul qildi. Qonun va qabul 
qilingan boshqa normativ hujjatlar hokimlik institutini amalda qo‗llash uchun 
huquqiy asos bo‗lib xizmat qildi. 
Qisqa muddat ichida hokimlar amaliy ishlari bilan o‗zlarini, bir tomondan 
umumdavlat, ikkinchi tomondan mahalliy manfaatlarni ifoda etuvchi, shuningdek, 
mamlakatda tinchlik va barqarorlik kafolati sifatida namoyon bo‗ldi. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə