Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

Ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy 
prinsiplari. 
Ijro hokimiyati organlari tizimi deganda – ijro hokimiyati 
organlarining yig‗indisi va ular o‗rtasida kompetensiyani taqsimlash asosida o‗zaro 
munosabatlarining tizimi tushuniladi. Tizimlilik - ijro hokimiyatini tashkil etuvchi 
hamda uni amalga oshiruvchi sub‘ektlar o‗rtasida – 
faoliyat olib borish predmeti 
va vakolatlarning taqsimlanishi
ni belgilab beradi. 
Yuridik adabiyotlarda, ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etish va ular 
faoliyatining asosiy prinsiplari turlicha ko‗rsatib o‗tilgan.
O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va joriy qonunlari bilan 
o‗rnatilgan tartibdan kelib chiqqan holda, hamda huquqshunos olimlarning ijro 
hokimiyati tizimini tashkil etish va ular faoliyatining prinsiplari bo‗yicha bildirgan 
qarashlarini e‘tiborga olib, 
O‘zbekiston Respublikasi ijro hokimiyati organlarini 
tashkil etish va ular faoliyatining quyidagi asosiy prinsiplari
ni ko‗rsatib 
o‗tishimiz mumkin: 
1) 
ijro hokimiyati organlari tizimini tashkil etilishining O‘zbekiston Respublikasi 
davlat tuzilishiga mos kelishi prinsipi
. Mazkur prinsip – konstitutsiyaviy, keng 
qamrovli qoida bo‗lib, nafaqat ijro hokimiyatining, balki O‗zbekiston davlati 
tashkiliy-huquqiy tuzilishining xususiyatini belgilab beradi. O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‗zbekiston Respublikasi – suveren 
demokratik respublikadir. O‗zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, 
shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasidan iborat. Demak, O‗zbekiston Respublikasi davlat tuzilishiga 


33 
unitarlik xususiyati xos bo‗lib, aynan shu asosda ijro hokimiyati organlari tizimi 
tashkil etiladi. (Lekin unitarlik so‗zini asl ma‘nosida tushunish kerak emas. 
Chunki, O‗zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‗iston Respublikasi ham 
mavjud. O‗zbekiston Respublikasi davlat tuzilishi aralash shaklga ega, ya‘ni 
unitarlik va federativ davlat tuzilishlarining xususiyatlarini o‗z ichiga olgandir.); 
2) 
ijro hokimiyati organlarining fuqarolar oldida mas’ulligi prinsipi. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasiga binoan, davlat xalq 
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va 
mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘uldirlar. Konstitutsiyaning 14-
moddasiga binoan esa, davlat o‗z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini 
ko‗zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi; 
3) 
ijro hokimiyati organlari faoliyatini tashkil etishda va amalga oshirishda 
qonuniylik prinsipi 
Mazkur prinsip nafaqat ijro hokimiyati organlariga, balki 
barcha shaxslarga taalluqlidir. Qonuniylik prinsipi – konstitutsiyaviy asosga ega 
bo‗lib, unga amal qilish shartdir. Ijro hokimiyati organlari O‗zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari asosida tashkil etilishi, shuningdek, o‗z 
faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin. 
4) 
ijro 
hokimiyati 
organlari 
faoliyatida 
markazlashganlik 
va 
markazlashmaganlikning mavjud bo‘lishi prinsipi..
Markazlashganlik
ijro 
hokimiyati organlari tizimining yagonaligidan kelib chiqadi. Markazlashtirganlik - 
quyi turuvchi organlarning yuqori turuvchi organlarga bo‗ysinishi, yuqori turuvchi 
organlar normativ hujjatlarining quyi organlar uchun majburiyligida, ayrim 
hollarda yagona predmet va vakolatlar doirasida birgalikda faoliyatni amalga 
oshirishda yaqqol namoyon bo‗ladi. 
Markazlashmaganlik
esa, qonunchilik aktlari 
bilan ma‘lum bir ijro hokimiyati organi zimmasiga faoliyat predmeti va 
vakolatlarning yuklatilishi bo‗lib, tashqaridan (yuqori turuvchi organning) 
aralashuvisiz mustaqil amalga oshirishdir. Bunda vertikallik bo‗yicha faoliyat 
predmeti va vakolatlarning taqsimlanishi, mavjud bo‗lmaydi; 
5)
ijro hokimiyati sohasida funksiyalar va vakolatlarning taqsimlanganligi 
prinsipi. 
Ushbu prinsip ijro hokimiyati organlari faoliyatining predmeti va 


34 
vakolatlar doirasining tizimga kiruvchi organlar o‗rtasida taqsimlanishini belgilab 
beradi. Har bir ijro hokimiyati organi aniq faoliyat va vakolatlar doirasiga ega 
bo‗ladi, undan tashqariga chiqishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
6) 
ijro hokimiyati organlari faoliyatining kollegiallik va yakkaboshchilik asosida 
tashkil etilishi prinsipi. 
Mazkur prinsip ijro hokimiyati organlarini tashkil etishda 
va ular faoliyatini amalga oshirishda, davlat boshqaruv faoliyatining muhim 
masalalarini hal etishda jamoa fikrining hisobga olinishini ta‘minlaydi. Shu 
maqsadda, 
ijro 
hokimiyati 
organlari 
tizimida 
turli 
xildagi 
maslahat, 
muvofiqlashtiruvchi kengash va hay‘atlar tashkil etiladi. Masalan, O‗zbekiston 
Respublikasida deyarli barcha vazirliklar va davlat qo‗mitalari tizimida Kengash 
va Hay‘atlar faoliyat ko‗rsatadi. Shu bilan birga ijro hokimiyati organlari 
faoliyatida yakkaboshchilik ham mavjuddir. Yakkaboshchilik - ijro etish va 
farmoyish berish faoliyatini amalga oshirishda, shuningdek, tegishli boshqaruv 
tartibini o‗rnatishda zarur bo‗lgan intizomni ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Kollegiallik – boshqaruv qarorlarini qabul qilishda foydalidir, yakkaboshchilik esa 
– davlat-boshqaruv faoliyatining ajralmas belgisidir.
 
Ijro hokimiyati organlarini tashkil etish va ular faoliyatining asosiy prinsiplariga 
xalq hokimiyatchiligi, oshkoralik, insonlar va fuqarolar huquqlari va erkinliklarini 
ta’minlash, javobgarlik
kabi prinsiplarni ham kiritishimiz mumkin.
Ijro hokimiyati organlarining tasnifi. Ijro hokimiyati organlarining turli 
darajalarda tashkil etilishi sababli va faoliyatining keng qamrovli xususiyatga ega 
ekanligini inobatga oladigan bo‗lsak, ularni bir necha asoslarga qarab guruhlarga 
ajratish, ya‘ni tasniflash mumkin. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, ijro 
hokimiyati organlarini quyidagi turlarga bo‗lish mumkin: 
1)

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə