Yarashev K. D., Ziyadullaev K. Sh., Babajanov R. Yu


 O„zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti



Yüklə 2,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/113
tarix23.09.2023
ölçüsü2,43 Mb.
#123192
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MENEJMENTI Дарслик

1.3. O„zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti. 
Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko‗p maxsus atamalar ishlatiladi 
va ularning mazmunida o‗ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi 
ma‘nolar mavjud. ―Jismoniy tarbiya‖, ―Jismoniy madaniyat‖, ―Sport‖ kabi 
atamalarning mazmuni va mohiyati ―Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati‖ 
fanida etarli darajada bayon qilingan. Shu sababdan ularga alohida to‗xtalish 
zaruriyati yo‗q. Shunday bo‗lsada, qisqacha tavsif berish joizdir. Ya‘ni: 


25 

jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini 
takomillashtiruvchi vosita va usuldir. 

jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida 
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, 
inshootlardan foydalanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to‗g‗ri hamda chiroyli 
o‗sishini ta‘minlovchi tarbiyaviy jarayondir. 
Ko‗rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to‗ldiradi. Jismoniy tarbiya va 
jismoniy madaniyat bilan uzluksiz hamda ommaviy shug‗ullanish esa jismoniy 
tarbiya harakati demakdir. 
Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan 
baxslashishdir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g‗oliblar esa 
musobaqa shaklida aniqlanadi. 
Davlatni idora qilishda Prezidentlik instituti, Oliy Majlis, Vazirlar 
Mahkamasi hamda vazirliklar va jamoat tashkilotlarining o„rni. 
Davlat – o‗z hokimiyatini amalga oshirish imkonini beruvchi tashkiliy-moddiy 
kuchga, ya‘ni davlat mexanizmiga egadir. Mexanizm davlatning nimadan tashkil 
topganligini ko‗rsatuvchi tarkibiy va predmetli ifodasidir. 
Davlat mexanizmi

davlat organlari va boshqa tashkilotlarining davlat hokimiyatini, vazifa va 
funksiyalarini amalga oshirishning yaxlit ierarxik, ya‘ni bo‗ysinuvga asoslangan 
tizimidir.
Davlat mexanizmining boshlang‗ich va asosiy tarkibiy elementlaridan biri – bu 
davlat organlaridir. 

Yüklə 2,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə