Yer tuzishning ilmiy asoslari


səhifə53/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

4. Yer tuzish tamoyillari.
Yerdan tabiiy resurs sifatida oqilona foydalanish va uni muhofaza 
qilish vazifasi, m am lakatim iz yer tuzum i va yer qonunchiligi, yer 
tuzishning xarakterini, m azm unini, o'tkazish usullarini va nimaga 
yo'naltirilganligini aniqlaydi. Bunda katta xalq xo'jaligi ahamiyatiga 
ega, ishlab chiqarishni tashkil etish va joylashtirish, jam iyatning 
ijtimoiy talablari bilan bog'liq murakkab va har xil m uom m olarni 
yechishga to 'g 'ri keladi. Taklif qilinayotgan yechim samarali bo'lishi 
uchun yer tuzish m a’lum tamoyillarga rioya qilishi kerak.
Yer tuzish tamoyillari bu uning yo ‘naltirilishini, mazmunini,
usullarini aniqlovchi, uni о ‘tkazishning boshlang‘ich qoidalari, asosiy
tartiblaridir.
Ular xayoliy, ajralgan xarakterga ega emas, balki, tabiiy 
sharoitlar va jam iyatning ijtimoiy - iqtisodiy talablari bilan bog'langan 
holda amaliy faoliyat jarayonidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda yer 
ttizish fanida quyidagi tam oyillar um um iy tan olingan hisoblanadi: 
/ ' - yer qonunchiligi talablariga rioya qilish, yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlar doimiyligini va turg'unligini mustahkamlash;

ishlab chiqarish va ijtimoiy m aqsadlar uchun, ekologik talab- 
lar ustuvorligini saqlagan holda, yerdan oqilona foydalanish;
122


- butun jam iyatning, ayrim tarm oqlarning, yer egalari va yerdan 
foydalanuvchilarning m anfaatlarini qishloq xo‘jaligi ustuvorligini 
saqlagan holda uyg‘unlashtirish;
- b a r c h a ta s h k iliy - h u d u d iy y e c h im la r n i x o ‘ja lik n in g
kelajakdagi rivojlanishi, yerdan foydalanish va uni m uhofaza qilish 
bilan bog'lash;
- ishlab chiqarish sam aradorligini oshirish uchun tashkiliy- 
hududiy sharoit yaratish;
- tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Sanab o ‘tilgan tam oyillarni to ‘laroq ko‘rib chiqamiz.
Yer qonunchiligi talablariga to la rioya qilish
- har qanday yer 
tuzish ishlarini bajarishning zaruriy shartidir, sababi, yer tuzish 
d av latn in g y er tu z u m ig a n o a n iq lik la r kiritish g a em as, balki, 
mustahkam lashga qaratilgan. M a ’lumki, mahalliy hokimiyat organ- 
larining barcha darajalari o ‘z vakolatlari doirasida davlat nom idan 
yerni tasarruf etadi va uni mulk qilib, foydalanishga va ijaraga yer 
tuzish yordamida beradi. Bunda xo‘jaliklar va xo‘jalik uchastkalarining 
belgilanadigan chegaralari, yerdan foydalanishda zaru r tartibni 
ta ’minlash uchun, joylarda aniq b o ‘lishi kerak.
Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning turg'unligi
o ‘zgarmas 
chegaralardagi yer uchastkalariga uzoq vaqtlar egalik qilish yoki 
ulardan foydalanish bilan tavsiflanadi. Unga tuzilayotgan yer egaliklari 
va yerdan foydalanishiar barcha asosiy ko‘rsatkichlarbo‘yicha ratsional 
bo‘lganda, o ‘zgartirish kiritishni talab qiladigan noqulayliklar va 
kamchiliklar bo ‘lmaganda erishiladi. Shu bilan bir qatorda, vaqt o ‘tishi 
bilan har xil sabablarga ko‘ra (m asalan, yerning qaytarib olinishi 
sababli) yerdan foydalanishlarda ishlab chiqarish sam aradorligini 
pasaytiruvchi noqulayliklar va kam chiliklar kelib chiqishi m um kin, 
ular tugatilishi kerak. Bundan tashqari, xo‘jalik yuritish sharoitlari 
o ‘zgarishi m um kin, korxonalarda yangi rejalar va vazifalar paydo 
bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda yer uchastkasi (massivi) xo'jaliklararo 
yer tuzish loyihasi asosida uning maydoniga, joylashishiga, ichki 
tarkibiga o ‘zgartirish kiritish yo ‘li bilan takomillashtirilishi kerak.
Ekologik talablar ustuvorligiga rioya qilish
zarur, sababi yer 
undagi har qanday faoliyatni amalga oshirishda tabiat elem enti, tabiiy 
resurs sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi yoki boshqa ishlab 
chiqarishga jalb etilib, u butun tabiiy m ajm uadan ajratilishi m um kin
123


em as va m a z k u r jo y n in g bo sh q a tabiiy om illari (iqlirri, suv, 
o ‘simliklar) bilan doim iy o ‘zaro ta ’sirda bo'ladi. Shu sababli, yerdan 
har qanday foydalanish shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda 
foydalanish jarayonidagi uning ahvoli yomonlashmaslik holati uzoq 
vaqtlarga ch o ‘zilgan.
Yer tuzishda yerning, ham m a yer turlarining barcha foydaii xusu­
siyatlarini (kengligi, relyefi, tuprog'i, o'sim liklari va boshqalar) m u ­
hofaza qilish va undan oqilona foydalanish uchun tashkiliy-hududiy 
sharoit yaratish kerak. Qishloq xo'jaligi uchun tuproq unum dorligini 
oshirish va uni him oya qilish juda katta ahamiyatga ega. H ar bir xo'ja­
likda tuproqdagi gum usning ijobiy balansini ta ’minlash kerak, bunga 
xususan, to ‘g‘ri alm ashlab ekishlarni boshqa tadbiriar bilan birga 
kompleks loyihalashda erishiladi.
Yer tuzishning eng aham iyatli vazifalaridan biri shamol va suv 
eroziyalari jarayonlarini to'xtatish va ularning oldini olish hisoblanadi. 
Ilmiy asoslangan yer tuzish loyihalarida ham m a vaqt hududni moslab 
tashkil etish va boshqa eroziyaga qarshi tadbiriar ko'zda tutiladi. 
H aydalm a yerlardan, pichanzorlardan, yaylovlardan, b o g 'lar va 
uzum zorlardan, tabiiy o'sim liklar, suv havzalari tagidagi yerlardan 
oqilona foydalanish va uni m uhofaza qilish ham rejalashtiriladi.
Agar yer uchastkasi yangi obyekt uchun ajratilsa, uni u n u m - 
d o r yerlarn in g asossiz sarflanishiga, o rtiq eh a ajratilishiga y o ‘l 
qo'ym asdan, hisob-kitoblar bilan asoslash kerak. B undan tashqari, 
noqishloq xo'jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etishda, ularni 
hududda joylashtirishda nafaqat ishlab chiqarishning tash k iliy -h u ­
dudiy tom onlarini, balki m azkur uchastkada faoliyat ko'rsatadigan 
u yoki bu ob 'y ektn in g (m asalan, sanoat korxonasining) xususiyat­
larini hisobga oiish kerak. X ususan, a tro f-m u h itn i (yer, suv, 
atmosfera) ifloslanish va boshqa zararli ta ’sirlardan muhofaza qilishni 
ta ’m inlash kerak.
Yer qonunchiligiga asosan yer unda yashayotgan xalqlar hayoti 
va faoliyati asosi hisoblanadi. Shuning uchun butun jam iyat m anfaa- 
tining ayrim yer egalari va yerdan foydalanuvchilar manfaatlari bilan 
qishloq xo'jaligi ustuvorligiga rioya qilgan holda uyg'unlashishini 
ta ’minlash katta ahamiyatga ega. Qishloq xo'jaligida foydalanish uchun 
yaroqli yerlar juda qim m atbaho tabiiy resurs hisoblanadi va ulardan 
boshqa maqsadlarda foydalanishga faqat alohida hollarda ruxsat etiladi.
124


Xalq xo'jaligi rivojlangan sari har xil tarm oqlarga va faoliyat 
sohalariga taalluqli ko‘plab yangi yerdan foydalanuvchiiarga yer ajra­
tish zarurati paydo bo'ladi. Transport, tog1-kon sanoati, energiya 
korxonalari va boshqa obyektlarni joylashtirishda ularga ajratiladigan 
joy - qurilish u chu n yer uchastkasi - yer tuzish jaray o n id a u 
berilganidan keyin belgilanadi.
Yangi noqishloq xo'jalik yerdan foydalanishlarini tashkil etish 
odatda ularni zahira, qishloq xo'jaligiga m o ‘ljaliangan, o ‘rmon fondi 
yerlarida joylashtirish yo'li bilan amalga oshiHladi. Bunda, ko ‘pchilik 
hollarda yerlarni asossiz sarflash, unum dor yerlarni yo'qotish deb 
ataladigan holatlar sodir b o ‘ladi.
Xalq xq'jaligining ayrim tarm oqlari orasida yerdan foydalanish 
bo'yicha kelishmovchiliklik kelib chiqishi m um kin, ular butun ja- 
;niyat m anfaatlarini o'zida ko'proq aks ettirgan tarrnoq foydasiga Jial 
etiladi. Bunday kelishm ovchiliklar ko'proq sanoat yoki boshqa no ­
qishloq xo‘jalik korxonasi yoki muassasasini qishloq xo'jalik yerlarida 
joylashtirishga to ‘g ‘ri kelganda kelib chiqadi. Q onun bo'yicha bunga 
faqat alohida hollarda yo‘l q o ‘yiladi. Bunda, yuqorida aytilganidek, 
yer qonunchiligida ko‘rsati!gan qishloq xo'jaligi yer 
egaligi
va yerdan 
foydalanishi ustuvorligi tamoyiliga rioya qilish kerak. Uning mohiyati 
shundan iboratki, qishloq xo'jaligiga mo'ljalM ngan qim m atbaho 
urm m dor yerlarni qaytarib olishga yo'l qo'yi'm aydi, qishloq xo‘jaligi 
uchun yaroqli yerlar avvalo qishloq xo'jalik yer egalari va yerdan 
foydalanuvchilariga beriladi. Bu tamoyil yerlarni tarm oqlar va yerdan 
foydalanuvchilar orasida taqsimlashni rejalash va loyihalashning barcha 
vaziyatlarida harakatda bo‘ladi va barcha yer tuzish ishlarida qo'llaniladi.
M asalan, qishloq xo'jalik yerlarini olish bilan bog'liq noqishloq 
xo'jalik yerdan foydalanishini 
t a s h k i l
etishda, birinchidan, yeri 
olinadigan xo'jalik roziligi talab eti/adi; ikkinchidan, birinchi navbatda 
qishloq xo'jaligiga um um an ysroqsiz yoki sifati past yerlar ajratiladi; 
uchinchidan, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi zararini olinayotgan 
yerga teng m aydondagi u ch astk an i hay d alm a yer yoki ozuqa 
yetishtiriladigan yerga o'zlashtirish xarajatiga teng mablag' bilan 
qoplash ko'zda tutiladi. Bundan tashqari, yangidan tashkil etilayotgan 
k o rx o n alar olinayotgan yer uchastkalarining u n u m d o r tu p ro q
qatlam ini qirqib olishi va buzilgan yerlarda rekultivatsiya ishlarini
125


bajarishi, ya’ni ularni keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holga 
keltirishi, ularning unumdorligini va xo‘jalikdagi qadrini tiklashi kerak.
B utun xalq xo ‘jaligi m an faatlari uchun yerdan foydalanish 
tam oyili va undan kelib chiqadigan oqibat yer tuzish chizm alari va 
loyihalarida o 'z aksini topishi va unga rioya qilinishi kerak.
Yer tuzish yechim larini qabul qilishdagi xalq xo‘jaligi nuqtayi 
rrazaridan yondashuv, xususan, quyidagilarni nazarda lutadi:
• joylashtirilayotgan obyekt va uning yerdan foydalanishining 
hiidudga va atrof-m uhitga kelajakdagi ta ’siri bilan birgalikda taklif 
etilayotgan yerdan foydalanish usulining ijobiy va salbiy natijaiarini 
to ‘la hisobga olish;
• san o a t va boshqa qurilish obyektlari tagiga ishlab chiqarish 
k u c h larin in g hozirgi rivojlanish darajasi ch eg arasid a m in im al 
h ud u d ajratish.
Yer tuzish chizm alari va,loyihalarida ishlanadigan um um iy va 
xususiy yechim lar xo'jaliklar va m intaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishi kelajagi, yer resurslaridan foydalanish va uni m uhofaza 
qilish rejajari bilan kelishiigan b o ‘lishi kerak. Boshqacha aytganda. 
xo'jaliklararo va xo'jalikda ichki yer tuzishda yerda joylashtiriladigan 
va yerdan foydalanadigan qishloq xo'jalik va boshqa korxonalarning, 
ham da ular hududida joylashtiriladigan m intaqalarning kelajakdagi 
iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta ’minlash uchun tashkiliy-hududiy 
asos yaratilishi kerak. S huning u c h u n korxonalarning (m in ta ­
qalarning) kelajakdagi rivojlanish ko'rsatkichlari barcha yer tuzish 
loyihalarini (chizm alarini) ishlashda asos sifatida olinadi.
M asalan, xo'jaliklararo yer tuzishda obyektlarning kelajakdagi 
rivojlanish ko'rsatkichlariga mos tarzda yer egaliklari va yerdan foy- 
dalanishlarning o'lcnam lari, tarkibi va joylashishi aniqlanadi. Qish­
loq xo'jalik korxonalarida xo'jalikda ichki yer tuzishda ularning rivoj­
lanish rejalarini hisobga4 olib tarm o q lar, ferm erlar, yer turlari 
m aydonlari, o'lcharnlari aniqlanadi, almashlab ekishlar loyihalanadi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə