Yer tuzishning ilmiy asoslari


səhifə55/85
tarix11.04.2023
ölçüsü
#105040
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85
Yer tuzishning imiy asoslari. Avazbayev S

Nazorat savollari
1. Y er tu z ish n in g q a n d a y tu rla ri m avjud va n im a u c h u n u lar ajratiladi?
2. N im a yer tuzish lo y ih asin in g tarkibiy qism i deb ataiadi?
3. X o 'jalik lararo y er tu z ish n im a, u ning asosiy m a zm u n i qanday?
4. «Yer egaligini (y e rd a n foydalanishni) tashkil etish» tu sh u n c h asig a nim alar ki­
rad i?
5. X o 'jalik d a ichki y er tu z ish n in g o ‘ziga xos xususiyatlari va m a zm u n i (tarkibiy 
q ism la ri) q a n d a y ?
6. X o 'jalik lararo yer tu z ish n in g ta rm o q la ra io xarakteri n im a la rd a n am o y o n b o 'lad i?
7. Y er tu z ish ta m o y illari n im a va ularning aham iyati qanday?
8. Y er tu z ish n in g asosiy tam oyiJlari qanday?
9. Y er tu z ish n in g h ar b ir asosiy tam ovilining m o h iy a ti va m a zm u n i nim alardan 
ib o ra t?
128


IX bob
YER T U Z IS H D A H ISO B G A O LINADIGAN YERNING
XUSUSIYATLARI VA TABIIY SHAROITLAR
I . Yerning ishlab chiqarish vositasi sifatida xususiyatlari.
Yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida har xil faoliyat turlari - 
qishloq xo‘jaligi, o 'rm o n xo'jaligi, sanoat va boshqalar uchun foy- 
d a lan ilad i. U n d a n foydalanish usullari u n in g , avvalo, tab iiy
om illardan kelib chiqadigan xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Yer turlarining sifat k o ‘rsatkichlari barcha ishlab chiqarishlarni 
tashkil etish va yuritish uchun katta ahamiyatga ega. U lar sezilarli 
darajada aholini joylashtirishni, hududni qishloq xo'jaligi uchun 
o'zlashtirishni, qazib oiuvchi va qayta ishlovchi sanoatlar obyektlari 
joylashuvini oldindan belgilaydi. Yerning ishlab chiqarish salohiyati, 
ayniqsa, dehqonchilik uchun ahamiyatliroq, bu yerda tog' sanoatidagi 
kabi mehnat va kapitalni sarflashning tabiiy sharoitlari katta ahamiyatga 
ega. M asalan, respublikam izning o ‘ziga xos tabiiy sharoitlari uzoq 
davrlar mam lakatning ayrim m intaqalarining xo'jalik uchun sekin 
o'zlashtirilishi va rivojlantirilishining asosiy sababi bo'ldi.
ASM tarm oqiarida yer sifatining m ehnat natijalariga ta ’siri ishlab 
chiqarishni intensivlash kuchaygan sari o'sadi. Yaxshi yerlarda ishlab 
chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish hisobiga 
qoplanadi. To'lovli yer egaligi va yerdan foydalanishga o'tishda to'lovlar 
m iqdori yer uchastkalarining sifati va joylashgan o'rniga bog'liq 
bo'lishi tasodif emas.
Yerning ishlab chiqarish vositasi sifatida ko'plab xususiyatlari 
orasida yer tuzish uch u n qishloq xo'jaligi yoki boshqa ishlab 
chiqarishga doimiy ta ’sir ko'rsatadigan, sun’iy usullar bilan tugatish 
m um kin bo'lm agan, hududni tashkil etish xarakterini belgilaydigan 
xususiyatlari eng katta ahamiyatga ega. Birinchi navbatda ularga 
quyidagilar kiradi: kenglik va relyef, tuproq qatlami, o'simlik dunyosi, 
gidrogeologik va gidrografik sharoitlar.
Yer xususiyatlarining tabiiy sharoitlar bilan bevosita o'zaro alo- 
qasi ularning kompleks xarakterda nam oyon bo'lishi yer tuzishda 
ularni birgalikda hisobga olish zaruratini keltirib chiqaradi. Agar yer
9 - 2S
129


tuzishning obye'kti sifatida mamlakat, respublika, mintaqa yer fondlari 
xizmat qilsa, tabiiy sharoitlarni tavsiflovchi um um iy ko‘rsatkichlar 
birinchi navbatda hisobga olinadi. Bunga zid tarzda ayrim yer 
uchastkasida m ukam m al yer tuzishni loyihalashda birinchi navbatda, 
m azkur tabiiy m ajm uada sodir bo ‘ladigan uning xususiyatlari va 
jarayonlarning barchasi to'g'risida aniq m a’lum otlar kerak.
Tabiiy sharoitlar va yer xususiyatlarining h ar biri qishloq xo'jalik 
ishlab chiqarishiga ularning har xil tarkibiga bog'liq holda har xil 
ta ’sir etadi.
Respublikam iz m intaqalarida nam lik yetishmasligi sharoitida 
issiqlikning ortiqchaligi faqat suv manbalari yonida dehqonchilik rivoj- 
lanishining sababiga aylanadi. Bunday sharoitda faqat suv ta ’minotini 
sup’iy tartibga solish yuqori unum li qishloq xo'jaligini yuritish uchun 
im koniyat yaratadi.
Qiyalik relyefi tuproqda namlik yetishmasligini va suv eroziyasi- 
ning rivojlanishini kuchaytiradi. Bu tabiiy om ilning qishloq x o '­
jaligiga zararli ta ’siriga qarshi turish uchun katta mablag' talab etiladi.
M ehnat quroliari o'zgarm as joylashgan sanoatda ishlab chiqarish 
jarayoni ko'pchilik hollarda tashqi m uhitdan ajralgan sharoitda o'tadi. 
U tuproqlar sifati va o'simliklar, aksariyat hollarda relyef bilan bevosita 
bog'lanm agan. Sanoatda kenglik omilinm g aharniyati asosan bir- 
birlarini o 'zaro to'ldiruvchi obyektlarni joylashtirishda ko'rinadi.
Aksincha, qishloq xo'jaligida amaliy jihatdan tabiiy m ajm uaning 
barcha elem entlari katta aham iyatga ega. Ular yakuniy m ahsulotni 
yaratishda jism onan qatnashishadi, qo'llaniladigan texnik vositalar 
tarkibini belgilaydi, korxonani doim iy ravishda mintaqaviy agrar 
texnologiyalarga tuzatishlar kiririb borishga majbur qiladi. Qishloq 
xo'jaligi, agar u ilmiy asosda olib borilsa, tabiatga ijobiy ta ’sir etadi, 
yerdan foydalanishning nooqilona usullarida esa uni buzadi.
Yer tuzish, jam iyatning hayotiy m uhim m asalalarini yechish 
uchun hududning tabiiy im koniyatlaridan foydalanishga qaratilgan, 
o'z m ohiyati bo'yicha - chuqur mintaqaviy tadbirlar tizimidir. U 
yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish uchun yerning tabiiy 
xususiyatlarini kompleks tarzda hisobga olish vositasi hisoblanadi va 
bir xillikni (shablonni) qabul qilmaydi. Aholi tizimining tarixiy tashkil 
topgan shakllariga, intensiv va resurslarni tejovchi texnologiyalarga
130


asoslanib, u aniq tabiiy sharoitlarga bog'langan, ekologik xayfsiz 
yerdan foydalanishlar tarkibini, turg'un agrolandshaftlarni yaratishi 
kerak. Ular yechadigan masalalar tarkibiga quyidagilar kiradi: hududni 
ekologik jihatdan bir xi! m intaqa va uchastkalarga bo‘lish; ishlab 
chiqarishni xo'jaliklararo va xo'jaliklar ichida ixtisoslashtirish uchun 
kenglik asosini yaratish; qishloq xo'jalik va boshqa korxonalarni 
joylasntirishni takomillashtirish; jam oa va shaxsiy foydalanish uchun 
yer massivlarini ajratish; qishloq xo'jalik yerlari va ekinlarining oqilona 
nisbatini belgilash; alm ashlab ekishlar, pichanzorlar va yaylovlar 
hududlarini tuzish va boshqalar.
X o'jaliklararo yer tuzishda yer egaliklari va yerdan foydalanish- 
lam i tashkil etish uchun yer massivlarining o'lcham lari, sifati va 
kenglik shakllari, joyning relyefmi hisobga olish, tuproq va o'sim lik 
qatlam lari to'g'risida um um iy m a ’lum otlar, gidrogeologik sharoitlar 
birinchi darajali ahamiyatga ega. Ular asosida yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlarning tashqi chegaralarini, aholi yashash joylarini va 
ishlab chiqarish m arkazlarini, suv ta ’m inoti manbalarini joylashtirish 
amalga oshiriladi. Tuproqlarning unum dorlik darajasiga ixtisoslik va 
kutilayolgan qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi hajmi bog'liq
Xo'jaliklarda ichki yer tuzishda yerning barcha xususiyatlari va 
ornillari, hattoki, har bir aniq uchastka, uning ekologik har xil 
sifatii qism larini ajratgan holda jiddiy hisobga olinadi. Bu xu- 
susiyatlardagi farq u yoki bu almashlab ekish massivlarini tashkil 
etishni, dalalar va ishchi uchastkalarni joylashtirishni, dehqonchilik 
tizim ining texnologik o'ziga xosligini, yerlarning unum dorligini 
oshirish va ularni m uhofaza qilish bo 'y ich a tadbiriar m ajm uini 
oldindan aniqlaydi.
Zamonaviy xo'jalikda ichki yer tuzish, xo'jalik yuritishning yangi 
iqtisodiy mexanizmiga suyanib, har xil sifatli yerdan foydalanishda 
d ehqonlarning d aro m ad lari oshishi uch u n teng im koniyatlarni 
ta ’minlashi kerak. Buning uchun zarur m a’lum otlar yer kadastri va 
yer m onitoringi m ateriallarida mavjud bo'ladi.

’ ! ’ ' ' 
‘ ' i '

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə