Nazorat savollari
1. Y er tu z ish n in g q a n d a y tu rla ri m avjud va n im a u c h u n u lar ajratiladi?
2. N im a yer tuzish lo y ih asin in g tarkibiy qism i deb ataiadi?
3. X o 'jalik lararo y er tu z ish n im a, u ning asosiy m a zm u n i qanday?
4. «Yer egaligini (y e rd a n foydalanishni) tashkil etish» tu sh u n c h asig a nim alar ki
rad i?
5. X o 'jalik d a ichki y er tu z ish n in g o ‘ziga xos xususiyatlari va m a zm u n i (tarkibiy
q ism la ri) q a n d a y ?
6. X o 'jalik lararo yer tu z ish n in g ta rm o q la ra io xarakteri n im a la rd a n am o y o n b o 'lad i?
7. Y er tu z ish ta m o y illari n im a va ularning aham iyati qanday?
8. Y er tu z ish n in g asosiy tam oyiJlari qanday?
9. Y er tu z ish n in g h ar b ir asosiy tam ovilining m o h iy a ti va m a zm u n i nim alardan
ib o ra t?
128
IX bob
YER T U Z IS H D A H ISO B G A O LINADIGAN YERNING
XUSUSIYATLARI VA TABIIY SHAROITLAR
I . Yerning ishlab chiqarish vositasi sifatida xususiyatlari.
Yerdan ishlab chiqarish vositasi sifatida har xil faoliyat turlari -
qishloq xo‘jaligi, o 'rm o n xo'jaligi, sanoat va boshqalar uchun foy-
d a lan ilad i. U n d a n foydalanish usullari u n in g , avvalo, tab iiy
om illardan kelib chiqadigan xususiyatlari bilan aniqlanadi.
Yer turlarining sifat k o ‘rsatkichlari barcha ishlab chiqarishlarni
tashkil etish va yuritish uchun katta ahamiyatga ega. U lar sezilarli
darajada aholini joylashtirishni, hududni qishloq xo'jaligi uchun
o'zlashtirishni, qazib oiuvchi va qayta ishlovchi sanoatlar obyektlari
joylashuvini oldindan belgilaydi. Yerning ishlab chiqarish salohiyati,
ayniqsa, dehqonchilik uchun ahamiyatliroq, bu yerda tog' sanoatidagi
kabi mehnat va kapitalni sarflashning tabiiy sharoitlari katta ahamiyatga
ega. M asalan, respublikam izning o ‘ziga xos tabiiy sharoitlari uzoq
davrlar mam lakatning ayrim m intaqalarining xo'jalik uchun sekin
o'zlashtirilishi va rivojlantirilishining asosiy sababi bo'ldi.
ASM tarm oqiarida yer sifatining m ehnat natijalariga ta ’siri ishlab
chiqarishni intensivlash kuchaygan sari o'sadi. Yaxshi yerlarda ishlab
chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish hisobiga
qoplanadi. To'lovli yer egaligi va yerdan foydalanishga o'tishda to'lovlar
m iqdori yer uchastkalarining sifati va joylashgan o'rniga bog'liq
bo'lishi tasodif emas.
Yerning ishlab chiqarish vositasi sifatida ko'plab xususiyatlari
orasida yer tuzish uch u n qishloq xo'jaligi yoki boshqa ishlab
chiqarishga doimiy ta ’sir ko'rsatadigan, sun’iy usullar bilan tugatish
m um kin bo'lm agan, hududni tashkil etish xarakterini belgilaydigan
xususiyatlari eng katta ahamiyatga ega. Birinchi navbatda ularga
quyidagilar kiradi: kenglik va relyef, tuproq qatlami, o'simlik dunyosi,
gidrogeologik va gidrografik sharoitlar.
Yer xususiyatlarining tabiiy sharoitlar bilan bevosita o'zaro alo-
qasi ularning kompleks xarakterda nam oyon bo'lishi yer tuzishda
ularni birgalikda hisobga olish zaruratini keltirib chiqaradi. Agar yer
9 - 2S
129
tuzishning obye'kti sifatida mamlakat, respublika, mintaqa yer fondlari
xizmat qilsa, tabiiy sharoitlarni tavsiflovchi um um iy ko‘rsatkichlar
birinchi navbatda hisobga olinadi. Bunga zid tarzda ayrim yer
uchastkasida m ukam m al yer tuzishni loyihalashda birinchi navbatda,
m azkur tabiiy m ajm uada sodir bo ‘ladigan uning xususiyatlari va
jarayonlarning barchasi to'g'risida aniq m a’lum otlar kerak.
Tabiiy sharoitlar va yer xususiyatlarining h ar biri qishloq xo'jalik
ishlab chiqarishiga ularning har xil tarkibiga bog'liq holda har xil
ta ’sir etadi.
Respublikam iz m intaqalarida nam lik yetishmasligi sharoitida
issiqlikning ortiqchaligi faqat suv manbalari yonida dehqonchilik rivoj-
lanishining sababiga aylanadi. Bunday sharoitda faqat suv ta ’minotini
sup’iy tartibga solish yuqori unum li qishloq xo'jaligini yuritish uchun
im koniyat yaratadi.
Qiyalik relyefi tuproqda namlik yetishmasligini va suv eroziyasi-
ning rivojlanishini kuchaytiradi. Bu tabiiy om ilning qishloq x o '
jaligiga zararli ta ’siriga qarshi turish uchun katta mablag' talab etiladi.
M ehnat quroliari o'zgarm as joylashgan sanoatda ishlab chiqarish
jarayoni ko'pchilik hollarda tashqi m uhitdan ajralgan sharoitda o'tadi.
U tuproqlar sifati va o'simliklar, aksariyat hollarda relyef bilan bevosita
bog'lanm agan. Sanoatda kenglik omilinm g aharniyati asosan bir-
birlarini o 'zaro to'ldiruvchi obyektlarni joylashtirishda ko'rinadi.
Aksincha, qishloq xo'jaligida amaliy jihatdan tabiiy m ajm uaning
barcha elem entlari katta aham iyatga ega. Ular yakuniy m ahsulotni
yaratishda jism onan qatnashishadi, qo'llaniladigan texnik vositalar
tarkibini belgilaydi, korxonani doim iy ravishda mintaqaviy agrar
texnologiyalarga tuzatishlar kiririb borishga majbur qiladi. Qishloq
xo'jaligi, agar u ilmiy asosda olib borilsa, tabiatga ijobiy ta ’sir etadi,
yerdan foydalanishning nooqilona usullarida esa uni buzadi.
Yer tuzish, jam iyatning hayotiy m uhim m asalalarini yechish
uchun hududning tabiiy im koniyatlaridan foydalanishga qaratilgan,
o'z m ohiyati bo'yicha - chuqur mintaqaviy tadbirlar tizimidir. U
yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish uchun yerning tabiiy
xususiyatlarini kompleks tarzda hisobga olish vositasi hisoblanadi va
bir xillikni (shablonni) qabul qilmaydi. Aholi tizimining tarixiy tashkil
topgan shakllariga, intensiv va resurslarni tejovchi texnologiyalarga
130
asoslanib, u aniq tabiiy sharoitlarga bog'langan, ekologik xayfsiz
yerdan foydalanishlar tarkibini, turg'un agrolandshaftlarni yaratishi
kerak. Ular yechadigan masalalar tarkibiga quyidagilar kiradi: hududni
ekologik jihatdan bir xi! m intaqa va uchastkalarga bo‘lish; ishlab
chiqarishni xo'jaliklararo va xo'jaliklar ichida ixtisoslashtirish uchun
kenglik asosini yaratish; qishloq xo'jalik va boshqa korxonalarni
joylasntirishni takomillashtirish; jam oa va shaxsiy foydalanish uchun
yer massivlarini ajratish; qishloq xo'jalik yerlari va ekinlarining oqilona
nisbatini belgilash; alm ashlab ekishlar, pichanzorlar va yaylovlar
hududlarini tuzish va boshqalar.
X o'jaliklararo yer tuzishda yer egaliklari va yerdan foydalanish-
lam i tashkil etish uchun yer massivlarining o'lcham lari, sifati va
kenglik shakllari, joyning relyefmi hisobga olish, tuproq va o'sim lik
qatlam lari to'g'risida um um iy m a ’lum otlar, gidrogeologik sharoitlar
birinchi darajali ahamiyatga ega. Ular asosida yer egaliklari va yerdan
foydalanishlarning tashqi chegaralarini, aholi yashash joylarini va
ishlab chiqarish m arkazlarini, suv ta ’m inoti manbalarini joylashtirish
amalga oshiriladi. Tuproqlarning unum dorlik darajasiga ixtisoslik va
kutilayolgan qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi hajmi bog'liq
Xo'jaliklarda ichki yer tuzishda yerning barcha xususiyatlari va
ornillari, hattoki, har bir aniq uchastka, uning ekologik har xil
sifatii qism larini ajratgan holda jiddiy hisobga olinadi. Bu xu-
susiyatlardagi farq u yoki bu almashlab ekish massivlarini tashkil
etishni, dalalar va ishchi uchastkalarni joylashtirishni, dehqonchilik
tizim ining texnologik o'ziga xosligini, yerlarning unum dorligini
oshirish va ularni m uhofaza qilish bo 'y ich a tadbiriar m ajm uini
oldindan aniqlaydi.
Zamonaviy xo'jalikda ichki yer tuzish, xo'jalik yuritishning yangi
iqtisodiy mexanizmiga suyanib, har xil sifatli yerdan foydalanishda
d ehqonlarning d aro m ad lari oshishi uch u n teng im koniyatlarni
ta ’minlashi kerak. Buning uchun zarur m a’lum otlar yer kadastri va
yer m onitoringi m ateriallarida mavjud bo'ladi.
.
’ ! ’ ' '
‘ ' i '
Yüklə Dostları ilə paylaş: |