Yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari



Yüklə 272,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix28.11.2023
ölçüsü272,75 Kb.
#138362
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dam bu damdir o‘zga damni dam dema,
Qoldim deb Qorajon, sira g‘am yema,
– so‘zlari «Otning 
aytayotgan so‘zi» tarzda berilgan edi.
Folklorni tadqiq etish borasida mafkuraviy tazyiq va 
chegaralanishlar ta’siri yaqqol sezilib turadi. Shuning uchun 
mustaqillik davri folklorshunosligi tamomila bir yangi 
folklorshunoslikdir. Bugungi kunda ham faol ijod qilib 
kelayotgan T.Mirzayev, O.Safarov, O.Madayev, M.Jo‘rayev, 
Sh.Turdimov, J. Eshonqulov kabi folklorshunos olimlarning 
izlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaro-
ri bilan «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari»ning 100 jildligi 
nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Bu loyihaning amalga oshishi, 
shubhasiz, mamlakatimiz ma’naviy hayotida ulkan voqea 
bo‘ladi. 
Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 
kitobxonlikka, umuman ma’naviyat masalalariga alohida 
e’tibor qaratmoqdalar. Zero, ma’naviyat masalalari hamma 
davrda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. XX asr 
boshida ma’rifatparvar jadidchilar til, adabiyot va tarbiya 
masalasi o‘z davri uchun muhimligini urg‘ulashgan. Bu bejizga 
emas, millatning mavjudligi, erkinligi, ozodligi, taraqqiyoti 
uning tilidan, tafakkuri – ma’naviyatidan boshlanadi. 
Biz bugun global jamiyatda yashayapmiz. Tilimizga, 
madaniyatimizga, o‘zligimizga bo‘layotgan ma’naviy tahdid 
ko‘lami ham globaldir. 
Biz har qancha ma’naviyat to‘g‘risida qayg‘urmaylik, 
jon koyitmaylik, bizni qurshab turgan muhit ommaviy 
madaniyat ta’siri ostida ekan, bolalarimiz tili va tafakkuri shu 
madaniyat ostida shakllanayotgan ekan bizning qilayotgan 
4


barcha urinishlarimiz o‘z samarasini bermaydi. Shu ma’noda 
bugungi folklorni o‘rganish masalalari alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Inson ma’naviyatini yuksaltirishda folklorning o‘rni 
haqida gap ketar ekan, aslida bu jarayon bolaning tug‘ilishidan 
boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar, 
erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va 
qo‘shiqlar bolaning tili, dunyoqarashining shakllanishiga 
xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari esa bolaning ham aqlan, ham 
jismonan ulg‘ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola 
ana shu qadim an’ana va qadriyatlar ichida voyaga yetadi, 
biroq bugungi global jamiyatda ulg‘aygani sari go‘yo bu 
muhitga begona bo‘la boshlaydi. Bu begonalik, eng avvalo, 
har qadamda o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatayotgan ommaviy 
madaniyat ta’siridan boshlanadi. Bularning barchasi 
ma’naviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi. Bu 
muammolarni bartaraf etish uchun esa, ta’lim jarayonining 
barcha bo‘g‘inlarida, maktabgacha ta’limdan to oliy o‘quv 
yurtida til o‘qitishda, o‘rganishda folklorga va yana folklorga 
qaytib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. 
Xalqning til boyligi birinchi galda uning folkorida 
namoyon bo‘ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish 
uchun uning folklorini o‘rganish zarur. Folklorda xalqning 
til imkoniyatlari, mushohada tarzi, ijodiy quvvati aks etgan 
bo‘ladi. 
Og‘zakilik, variantlilik folklorning o‘ziga xos xususiyati 
bo‘lib, u xalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni 
bilan bog‘liq ekanligini namoyon etadi, ya’ni folklor 
asarlariga turg‘unlik xos emas, u har galgi ijroda o‘zgaradi, 
yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak 
namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, folklor 
– shunchaki so‘z san’ati namunasigina emas, balki xalqning 
5


til zaxirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo‘y basti bilan 
o‘zida aks ettirgan, olis o‘tmishdan to bugungi kungacha jonli 
holatda xalqning o‘zi bilan birga yashab kelayotgan doimiy 
harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir. 
Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan 
poetik tafakkurga o‘tish jarayoni aks etgan ekan, demak 
til tarixini o‘rganishda xalq ijodi namunlariga suyanib ish 
ko‘rish lozim bo‘ladi. Tildagi hech bir so‘z o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘lmaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida 
yuzaga keladi va yoki o‘zlashadi. Qachonlardir mifologik 
tasavvurni ifodalagan so‘z keyinchalik o‘zining asl ma’nosini 
unutib yoki dastlabki ma’no qatlami xiralashib, keyingi ma’no 
qatlamini yuzaga keltiradi. Bizdagi mavjud ertak, doston, 
qo‘shiq va boshqa janrlar tahlilidan kelib chiqib shuni aytish 
mumkinki, folklor asarlarida ko‘proq xalqimizning samoviy 
jismlar, o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan bog‘liq 
eng qadimgi tasavvurlari o‘z ifodasini topgan. Bu tasavvurlar 
tilimizdagi ko‘plab so‘zlarning kirib kelishiga, obrazli badiiy 
tafakkur tarzining shakllanishiga zamin yaratgan. 
O‘zbek tilidagi «Bo‘ri» so‘zi bugun qaysidir o‘rinda salbiy 
ma’nodagi so‘z sifatida, ko‘chma ma’nosida ishlatiladi. Biroq 
dostonlarimizda doimiy ravishda keladigan «Chopinganda 
bo‘riday» misralari, jonli tildagi «Bo‘rimi, tulki» iborasi 
«Bo‘ri» so‘zining yuzaga kelish ildizlari qadimiy, totemistik 
tasavvurlar bilan bog‘liq ekanini urg‘ulaydi. 
Alloma Hodi Zarifov: «Folklor asarlarining ilmiy va badiiy 
qiymati ularning lug‘at boyligi bilan belgilanadi», – degan 
edi. Xalq dostonlari o‘zbek tili tarixining serqatlamliligini 
va bo‘yoqdorligini o‘zida to‘la mujassam etadi. Shuning 
uchun xalq dostonlarning tilini tadqiq etish bir tomondan 
til tarixining qadimiy ildizlari haqida kengroq ma’lumot 
bersa, ikkinchi tomondan hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilini 
6


to‘laqonli o‘rganishda, uni boyitishda asosiy omillardan biri 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Baxshilarimizning xalq tili imkoniyatlaridan unumli 
foydalanishi, har galgi ijroda bu badiiy til tovlanishi, uning 
yangicha mazmun va mohiyat kasb etishi epik ijodning 
o‘ziga xos xususiyatidir. Chunki, xalq og‘zaki ijodi og‘zaki 
ijro etilgani uchun emas, balki og‘zaki ijro jarayonida 
yuzaga keladigan san’at asari bo‘lgani uchun ham dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Bu esa jonli ijro jarayonini, ya’ni epik 
ijod tilini bilmasdan turib uning badiiyati haqida so‘z yuritib 
bo‘lmasligini ko‘rsatadi. 
O‘zbek tili ijod namunalarida tilimizning dialektologiyasi, 
leksikologiyasiga oid juda ko‘p qimmatli so‘z va iboralar 
mavjud. Bu so‘z va iboralarni, ayniqsa xalq ijodining gultoji 
hisoblangan dostonlarimiz tilini o‘rganish nafaqat o‘zbek 
tili, balki umumturkiy til uchun ham muhim ahamiyatga ega. 
Shunday ekan, dostonlarimiz tili nafaqat folklorshunoslarimiz 
uchun, balki tilshunoslarimiz, barcha til o‘rganuvchilar uchun 
ulkan manba va tadqiqot obyekti bo‘la oladi. 
Folklor asarlari leksikasini tadqiq qilar ekanmiz, biz 
unda hozirda iste’molda bo‘lgan sheva va arxaik so‘zlar 
bilan bir qatorda bugungi kunda qadimiy ma’nosi o‘zgargan 
yoki unutilgan so‘zlarni ham ko‘plab uchratamiz. Demak, 
adabiy til leksikasining shakllanishi, rivojlanish va o‘zgarish 
bosqichlarining xususiyatlarini aniqlashda epik ijod namu-
nalari alohida o‘rin tutadi. Ulardagi qadimiy so‘z va 
birikmalarning lug‘atini o‘rganish nafaqat folklorshunoslik, 
balki tilshunoslik oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir. 
Tilni o‘rgatishda folklor asarlarining janriy xususiyat-
laridan kelib chiqib yondashish talab etiladi. Doston, ertak 
kabi yirik epik janrlar til taraqqiyotida qanchalik muhim o‘rin 
tutsa, qo‘shiqlar, maqol, matallar kabi eng kichik janrlar ham 
birdek qimmatli va ahamiyatlidir. 
7


Folklorning yozma adabiyotga ta’siri, umuman so‘z san’ati 
haqida gap ketar ekan, folklor ko‘plab san’atlarning ibtidosi 
ekanini, badiiy ijod, musiqa, raqs va tasviriy san’at ildizlari 
folklor bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tish 
joiz. Qaysiki ijodkor folklor an’analari ichida yashagan, uni 
o‘ziga singdirgan bo‘lsa, o‘sha ijodkorning asari til jihatdan 
ham, badiiylik nuqtai nazaridan ham ancha mukammal 
ekanligi kuzatiladi. Zero, milliy ong va tafakkurning shakl-
lanishida badiiy asarning o‘rni beqiyosdir. Yuksak saviyada 
ijro etilgan yoxud yozilgan har qanday badiiy asar bu, eng 
avvalo, til hodisasidir. Ona tilning eng go‘zal jihatlarini
nozik tovlanishlarini namoyish eta olgan asargina mukammal 
asar hisoblanadi. Har bir tilning o‘ziga xos milliy fazilatlari 
va go‘zalliklari bo‘ladi. Ana shu fazilatlar va go‘zalliklarni 
faqat yuksak saviyadagi asarlargina namoyish eta oladi. 
Bunday asarda til yana bir bor yangilanadi, u yana bir yuksak 
pog‘onaga ko‘tariladi. Bunday asar tafakkurni yangilaydi, 
tilga mehr uyg‘otadi, tilimizni har xil buzilishlardan asraydi.
Xulosa qilib, aytganda, bugungi yoshlarni komil inson 
qilib tarbiyalashda, ma’naviyatini yuksaltirishda ko‘plab 
usullar, vositalar, metodlar mavjud. Biroq bu usul va metodlar, 
birinchi navbatda, so‘z san’atining ibtidosi sanalgan folklor 
namunalariga suyanilgan holda amalga oshirilsa, yanada 
samarali va ta’sirchan bo‘ladi. 
Xalqimizning milliy taraqqiyotida, ijtimoiy, iqtisodiy va 
ma’naviy yuksalishida folklor, umuman badiiy so‘z san’ati 
hamisha tayanch nuqta bo‘lib kelgan. Zero, folklor bu 
millatning quvvati, tirikligi va buyukligidir.
Bugungi global jamiyatda davlat chegaralari qo‘riqlangani, 
muhofaza etilgani kabi millat tili va tafakkuri, estetik didi 
ham xuddi shunday asrab avaylanishga, qattiq himoyaga 
muhtojdir. 
8



Yüklə 272,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə