Yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari



Yüklə 272,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix28.11.2023
ölçüsü272,75 Kb.
#138362
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Anonimlik
– folklor asarlari mualifining noaniqligi – 
anonimligi (grek. Anonymis – noma’lum) bilan ajralib turadi. 
Folklorda biror-bir muallif yo‘q. Xalq dostonimi, ertakmi 
yoki marosim qo‘shig‘imi ularni ibtidoda kim va qachon 
yaratgani aniq emas. Har bir asar avloddan avlodga o‘tar 
ekan, vaqt va zamon talablariga ko‘ra ma’lum o‘zgartishlarga 
uchrashi mumkin, lekin uning asosi, an’analari o‘zgarishsiz 
kelaveradi. Folklorda biror-bir asarni kimdir dastlab yaratgan 
bo‘lishi mumkin, lekin bu asar syujeti, tasvir vositalari, 
ohang yo‘llari xalq og‘zaki ijodi an’analariga tayanilib ijod 
etilsa, u folklor asari bo‘lib qoladi. Vaqtlar o‘tishi davomida 
xalq ijrochilari tomonidan yanada ishlov berilib, chinakam 
folklor namunasiga aylanadi. Folklorshunos Omonilla 
Madayev ta’kidlaganidek: «Anonimlik xalq og‘zaki ijodida 
xalq vakillarining o‘z xalqiga xolis, beminnat xizmat qilish 
namunasi sifatida qadrlanadi».
1
1
Madayev. O. O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi. Toshkent: «Mumtoz so‘z», 2011. 
– B.15.
11


Og‘zakilik va badihago‘ylik – xalq ijodiyotining 
yashash va yaratilish tarzi. Folklor xalqning xotira manbai-
dan, xotiraning og‘zaki ravishda avloddan avlodga, 
og‘izdan og‘izga ko‘chishidan paydo bo‘ladi. Bu o‘rinda 
umumfolkloriy bilim va folklor an’analari asos vazifasini 
o‘taydi. Xotira manbayi va folkloriy bilim bir yoki bir necha 
shaxslargagina tegishli bo‘lmay, butun bir xalqning bilim va 
an’analaridan iborat bo‘ladi. Bu bilim va an’analar ustozdan 
shogirdga, avloddan avlodga, urug‘dan urug‘ga o‘tib, yangi 
davr ruhida, yangi ijrochilar va ijodkorlar salohiyatidan 
sayqal topib yashaydi. Bu xil sayqallanish u yoki bu folklor 
asarining shakli va mazmuniga qandaydir o‘zgarish kiritishi 
– nimaningdir qo‘shilishi yoki tushirib qoldirilishida bo‘y 
ko‘rsatadi. Aytaylik, biror-bir tarixiy fakt unutilishi sababli 
asardan tushib qolishi mumkin. Yoki dostondagi qo‘shiq 
qismining unutilishi uning ertak shaklida yashashini tayin 
etsa, aksincha, biror-bir iste’dodli ijodkor ijrosi sababli ertak 
syujeti asosida yangi doston paydo bo‘lib an’ana ko‘rinishini 
olishi mumkin. Bu holatlar og‘zakilikning jonli harakatdagi 
jarayoni sifatida folklorning yashash tarziga xos belgilari 
hisoblanadi. Zotan, folklor og‘izdan og‘izga ko‘chib yashasa, 
adabiyot yozuv vositasida yashaydi.Folklor asari og‘zaki ijro 
etilib kuylansa, adabiyot esa faqat o‘qiladi.
Ijrodagi og‘zaki folklor namunasining keng tarqalishiga, 
ommalashishiga yordam beradi. Biroq mohir ijrochining biror 
davrada yuksak badiiy mahorat bilan ijro etgan variant, yozib 
olinmasa, ijodkor vafotidan keyin aynan shu namuna ham 
yo‘qolishga mahkum bo‘ladi. Bu ikki holat og‘zakilikning 
ijobiy va salbiy jihatlaridir.
Ta’bir joiz bo‘lsa, badihago‘ylik – improvizatsiya xalq 
asarlariga jon bag‘ishlovchi xususiyatdir. Badihago‘ylik 
hamisha ijroga shukuh, fayz bag‘ishlagan. Badihago‘ylik 
12


ijrochining ilhomiga bog‘liq. Folklor ekspeditsiyalari payt-
larida talabalarimiz qo‘shiqchilarning o‘ylamagan tarzda 
qo‘shiq to‘qib yuborganliklarini havas bilan eslashadi. 
Ayniqsa, hozirjavoblik, zukkolik talab qiladigan askiya 
janrini badihago‘yliksiz tasavvur qilish mumkin emas.

Yüklə 272,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə