Yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari


Folklor atamasi, yetakchi xususiyatlari, tur



Yüklə 272,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix28.11.2023
ölçüsü272,75 Kb.
#138362
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2. Folklor atamasi, yetakchi xususiyatlari, tur 
va janrlari. 
Folklor atamasini 1846-yilda ingliz olimi 
Uilyam Toms taklif qilgan bo‘lib, «xalq donoligi» degan 
tushunchani ifodalaydi. Aslini olganda, folklor deganda, xalq 
tomonidan yaratilgan hamma san’at namunalari – me’morlik, 
naqqoshlik, ganchkorlik, zardo‘zlik, musiqa, raqs, og‘zaki 
adabiyot namunalari tushuniladi. Har bir san’at sohasida ish 
olib borayotgan mutaxassis o‘zi tanlagan turni «folklor» deb 
ataydi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq 
raqslarini, arxitektor xalq me’morchiligini, folklorshunos 
olim xalq dostonlari, ertaklarini folklor asari deb hisoblaydi.
1
Dastlabki vaqtlarda «el adabiyoti», «xalq adabiyoti», 
«og‘zaki adabiyot», «og‘zaki ijod» deb yuritilib kelingan 
o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi ilk bor H.Zarif (1934-35 
yillar) tomonidan qo‘llanilgan «folklor», «O‘zbek folklori» 
sifatida keng ommalashdi. 
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi ko‘plab janrlardan tarkib 
topgan og‘zaki so‘z san’ati namunalari bo‘lib xalq hayoti, 
tarixi, orzu-intilishlari, dunyoqarashlarini badiiy tarzda o‘zida 
aks ettiradi, ijro etiladi va ijro jarayonida og‘izdan og‘izga, 
avloddan avlodlarga o‘tib keladi.
Folklor – sinkritik xususiyatga ega bo‘lib, barcha san’at 
turlariga xos elementlarni o‘zida mujassamlashtirgan, so‘z, 
kuy va ma’lum turlarida raqs bilan uyg‘unlikda ijro etiladi.
Folklorda xalq hayoti, tarixi, taqdiri badiiy aks etadi. 
Folklor asarlari mag‘zida xalqning dunyoqarashlari, ibtidoiy 
mifologik tushunchalardan mukammal diniy e’tiqodga 
bo‘lgan tushunchalar tadrijiy ravishda bo‘y ko‘rsatadi.
Folklor asarlari so‘z san’ati sifatida o‘ziga yaqin yozma 
adabiyot namunalari va san’atning boshqa turlaridan bir 
qator xususiyatlariga ko‘ra alohida ajralib turadi. Folklorga 
1
Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
9


xos bu xususiyatlar, avvalo, uning jamoaviy (kollektiv) ijod 
ekanligida, shu sababli ham folklor namunalarining muallifi 
xalq ommasi hisoblanadi, ularning aniq ijodkori noma’lum 
– anonimlik ularga xos va xalq orasida avloddan avlodga 
og‘zaki tarzda o‘tib tarqaladi, og‘zaki ijod etilib, ijro qilinadi, 
ijro va ijodda an’analarga rioya etilib, ommaviylik tusini 
oladi, ijro jarayonida variantlarga va davrlar o‘tib versiyalarga 
ega bo‘ladi. Ushbu asosga ko‘ra, folklorga xos xususiyatlar 
sifatida jamoaviylik, anonimlik, og‘zakilik, an’anaviylik, 
variantlilik va versiyaviylik ko‘rsatiladi.

Yüklə 272,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə