Yetakchi xususiyatlari, tur va janrlari



Yüklə 272,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix28.11.2023
ölçüsü272,75 Kb.
#138362
1   2   3   4   5   6   7   8   9
An’anaviylik
– folklorning o‘ziga xos yashash 
tarzini, uslubini, ifoda vositalarini ta’min etuvchi yetakchi 
belgilaridan hisoblanadi. Folklor tom ma’noda an’analar 
san’atidir. An’anaviylik xalq ijodida u yoki bu asar matnining, 
ijro usullarining og‘izdan og‘izga o‘tish jarayonida nisbatan 
barqarorliginigina anglatib qolmaydi, balki o‘sha asarning 
avloddan avlodga o‘tish jarayonida dastlabki ijroga xos 
xususiyatlarini nisbatan o‘zgarmagan holda saqlab qolganini 
ham anglatadi. An’anaviylik – jamoaviy ijod mahsuli va 
yashash tarzi, shu bilan birga folklorning folklor asarini 
jamoaviy holda saqlab qolishning ham o‘ziga xos shakli, 
omili hisoblanadi. Og‘zakilik folklorning ijro usuli va yashash 
tarzi bo‘lib, o‘z navbatida, xotirada ijrochidan ulkan xotirani, 
yoddan aytishni, eslamoqni, vaziyatga mos tayyor shakl va 
ifoda vositalarini badiha qilishni taqozo etadi. Bu o‘rinda 
folklordagi an’anaviylik eng qulay va ishonchli quvvat 
zaxirasi hisoblanadi. O‘zbek baxshi-shoirlari orasida ko‘plab 
an’anaviy dostonlarni, qanchadan-qancha termalarni bilgan, 
kuylagan, yana o‘zi to‘quvchi – badihago‘ylarning borligi 
– shu an’anaviy ehtiyojning hosilasidir. An’anaviylik xalq 
musiqasi, raqsi va amaliy san’atining ham o‘ziga xos belgisi 
sanaladi.
An’anaviylik o‘zining ijtimoiy-tarixiy manbalariga ega. 
Folklorning ilk namunalari ibtidoiy jamiyatda yaratilgan, 
ularda o‘sha davrga xos dunyoqarashlar, urf-odatlar izlari aniq 
seziladi. Bu hol folklor asarlari shakli, syujeti, obrazlari va 
motivlarining muayyan barqarorlik kasb etishining mahsuli 
13


hisoblanadi. Masalan: badik, kinna, buray-buray janrlari, 
shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo», «Barot keldi» 
marosimlari aytimlarida bu holatni kuzatishimiz mumkin.
Ommaviylik.
Folklor asari xalq orasida ommaviy 
yashaydi. Folklor asarining ijro etilishi, omma tomonidan 
qabul qilinishida umumiy folkloriy, epik bilimning o‘rni 
katta. Folkloriy bilimning, xususan, epik bilimning unutilishi 
xalq og‘zaki ijodi namunalarining anglanishida ma’lum 
qiyinchiliklarni tug‘diradi. Ayniqsa, folklorga xos timsollar, 
ramzlarning omma xotirasidan ko‘tarilishi bu namunalarning 
mazmunini jo‘n qabul etilishiga sabab bo‘ladi. An’analar 
omma tafakkurida uzoq davrlar davomida yashaydi, omma 
folklor asarlari «loyi»ni pishitib beruvchi, ijodkorlar esa bu 
loydan «imorat»ni har ijroda «qayta» yaratuvchilar sanaladi.

Yüklə 272,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə