Yoki ilmli bo‘l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo‘l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo‘l, ammo to‘rtinchisi bo‘lma, chunki kasodga uchrab halok bo‘lasan



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/3
tarix17.08.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#120653
1   2   3
Farobiy va ibn Sino ta\'limoti

«Har bir inson, — deydi Forobiy, — o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash. va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun insonlar ko‘paydilar va Yerning aholi yashayditan qismiga o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi».

Shaharlar, uning fikricha, insonlarning jamoa bo‘lib uyushishining oliy shakli bo‘lib, unda insoniy barkamol bo‘lib etishishi uchun zaruriy sharoitlar bo‘ladi. Forobiy insonlar tabiiy ehtiyoj natijasida o‘zaro birlashib, jamoani tashkil qilganligini alohida ta’kidlaydi.

Jamiyat taraqqiyotida geo­grafik muhitning o‘rni masalasidagi fikriga ko’ra kishilarning muayyan hududda yashashi ularning turmushi tarzi, urf-odatlari, axloqi, xulq-odobiga ta’sir ko‘rtasatadi, jamoaga birlashuviga yordam beradi.

U mukammal jamiyat to‘g‘risidagi ta’limotida odamlarni to‘rtta guruhlarga ajratadi. Bunda u insonlarni qaysi dinga e’tiqod qilishiga, irqiga qarab emas, balki aqliy qobiliyati, bilimi, ilm-fanga qiziqishini inobatga oladi.

Forobiy shahar-davlatlarni 2 turga ajratadi:


fozil
johil
Fozil shahar xalqini baxt-saodatga eltishi, uning boshlig‘i esa adolatli, yuksak ahloqli va ma’rifatli
Johil shahar aholisi nafsga berilgan, butun fikri-zikri boylik to‘plash bo‘ladi

Davlatni idora etuvchi shaxs o‘zining fazilat va xulq-odobi bilan ajralib turishi, xususan u 6 ta xislatni egallagan bo‘lishi;

  • adolatli va dono bo‘lishi,
  • boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishi,
  • qonunlarga to‘la rioya etishi va
  • qonunlarni yarata olishi,
  • kelgusini oldindan ko‘ra bilishi kerak.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə