Yosh futbolchilarni tayyorlashning


Jismoniy tayyorgarlik hususiyatlari



Yüklə 84,71 Kb.
səhifə15/20
tarix12.12.2023
ölçüsü84,71 Kb.
#148744
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Yosh futbochilarni tayyorlash vositalari

3.3 Jismoniy tayyorgarlik hususiyatlari.


Yosh futbolchilar bilan ishlashda dastlabki tayyorgarlik bosqichida ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni egallashga, sog’lig’ini mustahkamlash va mutanosib rivojlanishiga, hilma-hil ko’nikma va malakalarni egallab olishiga, futbol o’yinini tehnikasi va taktikasining boshlang’ich asoslarini o’rganishga qaratilgan vositalar kompleksidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Jismoniy tayyorgarlikning bu vaqtdagi vqzifasi, avvlo, yosh futbolchilarning harakat funksiyalarini (kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillik), shuningdek o’z harakatlarini vaqt oralig’ida (havoda va mushqklarning zo’r berishi darajasiga ko’ra boshqara bilish harakat funksiyasining asosiy kompanentlaridir)
shakllantirishdan iborat bo’ladi. Harakatlar tezligini tarbiyalashga katta e’tibor berish kerak. Chunki bolalik va o’smirlik yoshida anashu eng muhim jismoniy sifatni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar mavjuddir.
Shuni qayt qilish kerakki, dastlabki tayyorgarlik va boshlang’ich sport ihtisoslashuvi bosqichlarida tezkorlik chaqqonlik bilan mustahkam bog’liq ravishda tarbiyalanadi, bu esa siljishning (bir joydan ikkinchi joyga o’tishning) ratsional tehnikasini muvaffaqiyatli egallab olish uchun zarur asos yaratadi. 8-12 yoshlar oralig’ida yugurishdagi maksimal tezlikning anchagina ortishi harakat tezligining tabiiy o’sishi bilan bog’liq. 12-14 yoshda esa tezlik asosan tezlik-kuch sifatlarining va mushak kuchining o’sib borishi tufayli ortadi.
Shuning uchun tezkorlikni rivojlantirishda yugurish sur’ati va katta mushak kuchini talab etadigan harakatlar chastotasini maksimal ravishda oshirishga harakat qilish kerak. Bunda tabiiy harakatlarga ko’proq o’rin berish lozim. O’yin, musobaqa formasida bajariladigan sport o’yinlari va harakatli o’yinlar, mashqlar ham juda katta yordam ko’rsatishi mumkin.
O’yin mashqlarini bajarish yosh futbolchilarni g’alabaga erishishi uchun maksimal kuch sarflashga majbur etadi. O’yin materiali mashg’ulotdagi umumiy vaqtning 50% chasini egtallashi kerak. Har bir mashq qisqa vaqt ichida (10-15 soniya) bir necha seriyali usulda bajariladi, dam olish intervali 10-15 m bo’ladi. Maksimal tezlik bilan yugurish muhim ahamiyatga ega, bu 20 m gacha masofada estafeta usulida bajariladi. Mashg’ulotlarga estafetalardan tashqari 10-15 m ga yugurish bo’ycha nazorat mashqlarini kiritish ham tavsiya etiladi. Murakkab harakat riyaksiyasini va harakat chastotasini rivojlantirish uchun turli sport holatidan yuguriladigan tezkorlik mashqlaridan keng foydalanish kerak. Bu mashqlar turli ko’ruv siginallariga binoan, yugurish yo’nalishini o’zgartirib bajariladi. Bu esa o’yin jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarni modellashtirib, siginallarning har biriga javob harakatlari bilan reyaksiya ko’rsatish imkonini beradi.
Boshlang’ich sport ihtisoslashuvi bosqichida keng ko’lamdagi o’yinlar, o’yin mashqlarini ko’rsatishdan tashqari, asosiy jismoniy tayyorgarlik mashqlari
komplekslaridan foydalanish mumkin. Bu har tomonlama jismoniy tayyorgarliknng mustahkam bazasini yaratish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltiradi. Ko’proq tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan komplekslarni darsning asosiy qismi boshlarida qo’llash kerak, shundan so’ng bu sifatni takomillashtirishga yordam beruvchi o’yinlardan foydalanish lozim. Kuch talab qiluvchi tegishli o’yinlar va o’yin mashqlari kompleksiga, shuningdek, chidamlilik ko’rsatishni talab etadigan o’yinlar komplekslariga ancha kam vaqt ajiratiladi. Ular tegishlicha darsning o’rtasida va ohirida tuzoladi.
O’inlar va mahsus tayyorgarlik mashqlari komplekslarini o’z ichiga oluvchi vositalarning rang-barangliligi bolalar va o’smirlarning umumiy jismoniy tayyorgarligini yahshiroq takomillashtirishga va uning zaminida ularning asosiy jismoniy sifatlarini mahsus ravishda rivojlantirishga yordam beradi.
Jiddiy mashg’ulot qilish va takomillashtirish bosqichida teskorlikni rivojlantirishga katta etibor beriladi, chunki tezkorlikni oshirish ancha murakkab ish. Tezkorlikning erishilgan darajada vaqtidan ilgari barqarorlashib olishidan qotilish uchun maksimal tayyorgarlikda takroriy yugurish bilan bir qatorda tezlik- kuch, shahsiy kuch mashqlardan keng foydalanish, ya’ni yugurish tezligini, asosan, dinamik kuch hisobiga oshirish kerak. Kuchni tezlik bilan namoyon qilish qobilyatini tarbiyalashda dinamik zo’r berish uslubini qo’llash maqsadga muvofiqdir, bunda yenil yukni maksimal tezlikda boshqa joyga ko’chirish yo’li bilan haddan tashqari zo’r bershga erishiladi.
Judaham jadallik bilan bajariladigan mashg’ulot kuchli vositadir. Shuning uchun maksimal tezlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni tez-tez , lekin kichikroq hajmda o’tkazib tirish lozim. Harakatlar tezligini oshirishga qaratilgan mashqlar meyorini to’g’ri belgilash, mashqlarning tezligini pasaytirmay, necha marta takrorlanishini, shuningdek, imkon chegarasi yoki unga yaqin tezlikni pasaytirmay bajariladigan uzluksiz mashg’ulot ishlarining qancha davom etishining hisobga olish uchun zarur. Tezkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar yosh utbolchining subektiv sezgilari, charchaganligining tashqi belgilari yoki sekundomer ko’rsatkichlari harakat tezligining pasayganligidan dalolat bergan
vaqtda to’htatiladi. Bu pasayish mazkur mashg’ulotda tezkorlikni rivojlantirish ustida olib borilayotgan ishlarni to’htatish uchun birinchi siginal “yetarlilik mezoni” bo’lib hizmat qiladi.
Maksimal tezlik bilan bajarish mumkin bo’lgan mashqlar tezkorlikni rivojlantirish vositalari sifatida qo’llanadi. Birincha navbatda, uch guruh mashqlari: umumiy rivojlantiruvchi (tezlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan), o’z sport turlaridagi mahsus mashqlar va boshqa sport turlaridagi mashqlar qo’llaniladigan (N.G> Ozolin, 1970). Bunda hech bo’lmaganda uchta talabni hisobga olish lozim.

      1. mashqlar ohirgi tezlikda bajarilishi kerak.

      2. mashqlar shug’ullanuvchilar tomonidan shunchaki yahshi o’zlashtirilgan bo’lishi kerakki, harakat vaqtida harakatni bajarish usuliga emas, balki uni bajarish tezligiga zo’r berilsin.

      3. mashqlarning davom etishi (yoki masofaning uzunligi) shunay bo’lishi kerakki, mashqni bajarish ohiriga kelib tezlik charchash natijasida pasaymasin(V.M. Zaaparojes, 1966).




Yüklə 84,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə