Yosh futbolchilarni tayyorlashning


Yosh futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash usuliyoti (1-bosqich)



Yüklə 84,71 Kb.
səhifə7/20
tarix12.12.2023
ölçüsü84,71 Kb.
#148744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Yosh futbochilarni tayyorlash vositalari

3.Yosh futbolchilarni futbol bo’limiga qabul qilishda tanlash usuliyoti (1-bosqich)


Zamonaviy futbol sportchilarning jismoniy sifatlariga, sog’lig’iga ruhiyatiga turli va yuqori talablar qo’yadi. Yosh futbolchilarni tanlashda ularning umumiy va mahsus qobilyatiga ahamiyat beriladi. Tahnik tayyorgarlik darajasiga, ya’ni “o’ynashni bilishiga” eng kam e’tibor qaratiladi. Bu mezon yosh futbolchining musobaqa tayyorgarligini hisobga olmaydi.
Tadqiqotlarnning ko’rsatishicha, shunday bolalar borki, futbol bo’limiga kirganda tehnik va o’yin ko’rsatkichlari unchalik baland darajada bo’lmaydi, lekin jismoniy va psihologik omillari yuqori darajada bo’lganligi sababli, ularning tehnik

  • taktik mahorati tez o’sadi.

Birinchi tanlovda qo’llash mumkin bo’lgan kompleks ko’rsatkichlar mavjud. Bunga oltita test ko’rsatkichlari kiradi.

      1. Muhimi, ko’pincha tug’ma hisiblangan yugurish tezligi. Tezkorlik sifatlarini baholash uchun 30 metrga yugurish tavsiya qilinadi.

      2. Qobilyatni rivojlantirishda tezkorlik-kuch imkoniyatlari katta ro’l o’ynaydi. Buni yugurib kelib, ikki oyoqda depsingan holda yuqoriga sakrashning balandligi orqali baholash mumkin.

      3. Muhim sifatlardan biri bu epchillikdir. Uning 12-13 yoshdan keyin rivojlanishi qiyin bo’ladi. Tanlashda umumiy va mahsus epchillikni hisobga olish kerak.

      4. mahsus koordinatsiya dribbling orqali baholanadi (5 ta doirani aldab o’tish)

      5. eng muhim ruhuy sifatlardan biri o’yinni idrok eta bilish va mo’ljalga olishdir.

      6. tanlashning ohirgi bosqich ko’rsatkichi bu – “o’yin shiddati va jangovorlik sifati”.

Shunday qilib, birinchi bosqichda 6 ta test va ko’rsatkichlar o’yin paytida baholanadi.
Bu tanlash dasturi 30-50 ta boladan kirish imtihonlarini qabul qilishga mo’ljallangan.
Buning uchun tanlash jarayonini yahshi tashkil qilish kerak. Nazorat sinovlarini 4 ta stansiyaga bo’lib qabul qilish lozim. Birinchi stansiyada 30 metrga yugurish qabul qilinadi. Ikkinchisida – yuqoriga sakrash. Uchinchi stansiyada umumiy epchillik baholanadi. To’rtinchisida to’p olib o’tishda diqqatni taqsimlash qobilyati baholanadi. O’yinni idrok etish (yoki fikrlash) ikki taraflama mini futbol o’yinini jarayonida aniqlanadi.
Yosh futbolchilarning yiqqan ballari soni aniqlanib, ularning bahosi quyidagi baholash meyorlari jadvali orqali keltiriladi.
Qabul imtihonlari natijalari tahlil qilinganidan song baholar e’lon qilinadi. Ijobiy baholarga erishgan bolalardan guruh tanlab olinadi. Ko’rsatkichlari yuqoriroq bo’lib, ammo sinovdan o’ta olmagan futbolchilar nomzodlar guruhiga olinishi mumkin. Ularga uy vazifasi yarim yilga yoki bir yilga beriladi, so’ngra ular qayta ko’rikdan o’tishlari mumkin. Shuning bilan birinchi bosqich yakunlanadi.
Ikkinchi bosqichda yosh futbolchilarni tanlab olish uslubiyati.
Tanlashning ikkinchi bosqichida yosh futbolchilar ichidan iqtidorlilari tanlab olinadi. Bu maqsadni amalgam oshirish uchun birinchi bosqichdagi testlar ijobiy samara bermaydi. Tahlil shuni ko’rsatdiki, qobilyat rivojlanishini baholash uchun birmuncha boshqacharoq doira ko’rsatkichlaridan foydalanish lozim.

  1. to’pga oyoq bilan uzoq masofaga zarba berish – 3 marta eng yahshi natija hisobga olinadi.

  2. tahnika uchun test. Burchakdan jarima maydonining markazigacha to’pni olib yurib, bir-biridan 3 m uzoqlikda joylashgan to’siqlarni “aldab” o’tib, darvozaga zarba berish. Chap va o’ng burchakdan ikkitadan imkoniyat beriladi. To’p darvozaga kirishi lozim. Eng yahshi natija hisobga olinadi.

  3. mahsus koordinatsiya uchun test. Top bilan doiralarni kam vaqt sarflab “aldab” o’tish. Ikki imkoniyatdan yahshiroq natija olinadi.


    1. Yüklə 84,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə