Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə174/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar – bu bolalarning ota-onalari: vafot etgan; ota-onalik huquqidan mahrum etilgan; ota-onalik huquqlari cheklangan; noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘qlar deb tan olingan; layoqatsiz (nogironlar); axloq tuzatish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotganlar, jinoyat sodir etishda ayblanadilar va qamoqqa olingan; bola tarbiyasidan bosh tortadiganlar; bola vaqtinchalik joylashtirilgan davolash, ijtimoiy muassasalaridan bolani olib ketishdan bosh tortadilar.
Vasiylik va himoyasiga olish – etim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni boqish va tarbiyalash hamda ularni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun joylashtirish shakli; huquq va manfatlarini himoya qilish 14 yoshga etmagan bolalar ustidan, vasiylik 14-18 yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi.
Farzand qilib olish – farzand qilib olinayotgan va farzand qilib olayotganlarga ota-onalar hamda bolalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kabi huquq va majburiyatlarni berish yuridik akt.
Davlat qaramog‘iga olish – farzand qilib olinayotgan bolaga (etim bolaga) uni tarbiyalash va rivojlantirish uchun qulay, zarur haroitlar yaratib berilgan maxsus tashkilotlarga joylash
Anomal bolalar – me’yoriy psixik va (yoki) jismoniy rivojlanishda og‘ishganlik holatida bo‘lgan hamda ularning asoratlarini engib o‘tishda maxsus korreksiya (tuzatish) metodikalarini qo‘llanilishiga muhtoj bolalar.
Iqtidorlilik – me’yordagi yosh ko‘rsatkichlariga nisbatan aqliy rivojlanishida odinda bo‘lgan yoki rivojlanishida maxsus iste’dodi bo‘lgan (musiqa. badiiy ijodda va h.k) bolalar.
Ijtimoiy me’yor – Jamiyat hayotiga muvofiq belgilangan madaniy qadriyatlarga monand va jamiyatning barqarorligi hamda yaxlitligini ta’minlovchi huquqiy, ma’naviy-axloqiy xo‘lqiy va insonlar faoliyatini, hatti-harakatini boshqaruvchi standartlar.
Deviant xulq - Ijtimoiy va axloqiy me’yorlarga mos kelmaydigan, guruhlar yoki yaxlit jamiyat uchun muvofiq bo‘lmagan xulq-atvor.
Delikvent xulq - O‘rnatilgan huquqiy me’yorlarni buzuvchi va huquqbuzarlikka olib keluvchi hatti-harakatlarni sodir etuvchi hulq-atvor.
Qarovsizlik – Ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan tarbiyalash haqidagi g‘amxo‘rlik qilinmaydigan bolalarning xulq-atvori, nazoratsiz qoilishi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə