Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


Bolalar muassasasida ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi va vazifalari



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə195/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Bolalar muassasasida ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi va vazifalari.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari
Ijtimoiy - pedagogik texnologiya tushunchasi va uning mohiyati. Nazariy, amaliy va tadqiqotchilik ijtimoiy - pedagogik texnologiyalar. Ijtimoiy pedagogning amaliy faoliyati va texnologiyalarning o‘zaro aloqalari. Ijtimoiy - pedagogik texnologiyalar tasnifi. Tasnifning asoslari va mezonlari. Umumiy va xususiy ijtimoiy - pedagogik texnologiyalar. Diagnostik, diagnostik – prognostik, ekspert – baholash ijtimoiy - pedagogik texnologiyalar.
Bosqichlilik - ijtimoiy - pedagogik texnologiya strukturasi va uni amalga oshirish jarayonining asosiy xususiyati sifatida. Ijtimoiy - pedagogik texnologiyani tanlash jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi. Ta`lim muassasasining yo‘nalishi, ijtimoiy - pedagogik vazifalar bilan bog‘liqligi. Ijtimoiy-pedagogik tashxis, istiqbollash, rejalashtirish, boshqarish va baholash.
Ta`lim muassasida ijtimoiy - pedagogik ishni tashkil etish. Ta`lim muassasasi ijtimoiy - pedagogik xizmatining bolani ijtimoiylashtirish (sotsializasiya), uni tarbiyalash, sog‘lomlashtirish, himoyalash, o‘z -o‘zini realizasiyalashni rivojlantira boshlash muammolariga yo‘naltirilganligi.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi yangi ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar bilan belgilanganligi. Ta`lim muasasasida ijtimoiy pedagog faoliyatining boshqaruv, tarbiyaviy va tashkiliy jihatlari. Ta`lim muassasasi, oila va ijtimoiy muhit bilan ishlash ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati vositalari uning tashhis, boshqaruv va muvofiqlashtirish ishlari bilan belgilanganligi. Dastlabki tanishish – bilish vazifalari. Maktabgacha muassasaning tayanch muammolari: dastlabki ijtimoiylashtirish, individual qobiliyatlarni rivojlantirish, motivatsiya, moslashish, xulq uslubini shakllantirish va sh.k. ni hal etish. Ijtimoiy pedagogning psixologik, pedagogik va tibbiy yo‘nalishdagi markazlar bilan tashqi aloqalari. Namunaviy texnologik xaritani uning bosqichlari tavsifini yaratish. Ijtimoiy-pedagogik ishning asosiy metodlari: loyihalash, rejalashtirish, modellashtirish, dasturlash. Tashhis va istiqbollash vositalari, so‘rovnomalar, kuzatuv va tahlil hujjatlari blankalari.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə