Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə215/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Strength – kuchli tomonlar




Weakness – zaif tomonlar




Opportunities – imkoniyatlar




Threats – tahdidlar






Keys №3. O‘quv portfoliosi.
Oliy ta’lim muassasalari oldida turgan yana bir muhim vazifalardan biri talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini takomillashtirishga barqaror dominantni yaratish, o‘zida ongli va maqsadga yo‘naltirilgan tarzda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishdir. Bo‘lajak pedagoglarda kelajakda raqobatbardosh, safarbar bo‘lishlari uchun ularda mustaqillikni shakllantirish juda muhim. Aynan talabalarda mustaqillikni rivojlantirish, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashda pedagogga “Portfolio” texnologiyasi yordam beradi. “Portfolio nima?” degan savolga olimlar xilma-xil ta’rif berishgan. Masalan 1) nazorat vositasi (I.A. Knыsh, I.P. Pastuxova); 2) professor-o‘qituvchining baholashga doir faoliyati vositasi (G.B. Golub, O.V. CHurakova); 3) ta’lim natijalarini belgilab beruvchi muqobil vosita yoki texnologiya (L.Vanyushkina, T.G.Novikova, M.A.Pinskaya, A.S.Prutchenkov); 4) talabaning zarur va istiqbolli imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rsatib berish, shaxsiy, kasbiy va ijodiy salohiyatini ochib berishning ob’ektiv va maksimal ravishda to‘liq aniqlash vositasi (I.A. Knыsh, I.P. Pastuxova); 5) talabalarning faqat o‘quv faoliyati natijalarinigina emas, balki ularning muvafaqqiyatiga turtki bo‘lgan barcha kuch va imkoniyatlarni har tomonlama namoyish qilishga doir ish to‘plami (I.Aldjanova).
O‘quv portfolioning xilma-xil turlari mavjud: 1. “Hujjatlar portfoliosi”. Bunday turdagi portfolio indiviudal ta’limiy muvaffaqiyatlarning sertifikatlangan portfeli: diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va boshqalar. 2. “Ishlar portfoliosi” o‘zida turli xil ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqot ishlarini aks ettiradi: reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar, ijtimoiy amaliyotga doir hisobotlar. Mazkur portfolioda talaba mustaqil va guruhdoshlari bilan birgalikda to‘plagan adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illyustratsiyalar joylanadi. 3. “Taqrizlar portfoliosi”da talabaning erishgan yutuqlarini baholashga doir xulosalar, taqrizlar, rezyumelar, esselar, tavsiyanoma va tavsifnomalar taqdim etiladi. 4. “Natijalar portfoliosi” belgilangan yo‘nalish bo‘yicha egallanuvchi talabalar mahoratini jamlash uchun qo‘llaniladi; talabalar yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlarini o‘zida aks ettiradi. Natijalar portfoliosi individual va guruhli bo‘lishi mumkin. Guruh natijalari portfoliosi g‘oyasidan “Eng yaxshi talabalar guruhi” konkursida foydalanish mumkin. 5. “Baholovchi portfolio” talabalarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilish uchun yig‘iladi va turli xildagi nazorat materiallaridan tashkil topadi: nazorat ishlari, testlar, chizmalar, krossvordlar va boshqalar. Baholovchi portfolioni pedagog mustaqil ravishda tuzishi va ta’lim olish kursi tugashigacha bo‘lgan vaqtga mo‘ljallashi mumkin.
Hozirgi vaqtda o‘quv portfoliosidan oliy ta’limda foydalanishga harakat qilinmoqda. Asosan, tillarni o‘rgatish jarayonida o‘quv portfoliosini qo‘llashga harakat qilinmoqda.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə