Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə81/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Pedagog




Talaba




Guruh

-

Faol (aktiv)




Talaba




Guruh

Guruh

-

Talaba

-

SHaxs




SHaxs

-

Talaba

-

SHaxs

Jamoaning shakllanish tamoyillari.
Qo’yilayotgan talablar mazmunidagi farq va jamoa rivojlanishi bosqichini aniqlovchi yorqin tashqi ko’rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyat mazmuni, jamoa ahzolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ijodiy hamkorligi ahzolarining xulq-atvor, axloqiy kamolot darajasini ko’rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo’ladi.
Jamoani shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonning mohiyatini inobatga olish zarur.
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, chunki jamoaning bosqichlari chegara yoki oraliqqa ega emas. SHunga qaramay, pedagogik nuqtai nazardan jamoaning shakllanish bosqichlariga ajratish juda muhimdir.
Bolalar jamoasi rivojlanishning birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat pedagoglar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidoir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa boimay, balki tashkil etuvchi birlik (sinf, guruh)dir. Tarbiyalanuvchilar talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa ahzolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqali jamoa qaror topadi. Tarbiyalanuvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta-sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinadigan ishlarni rejalashfirish jamoa ahzolarida mashuliyat, javobgarlik, faoliyat birligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishiga, tarbiyalanuvchilardan jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishning paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga ega emasliklari bois, mazkur bosqichda pedagogning asosiy maqsadi jamoa ahzolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi.
Ushbu bosqichda pedagogning talabchanligi, qathiyligi, izchilligi, murosasizligi va jamoaning barcha ahzolariga talabni birday qo’ya olishi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o’qituvchining «hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligini, aks holda bir qarashdan intizomning vujudga kelganligi mahlum bo’lsada, guruh ahzolarining faolliklarini rivojlantirish uchun sharoitning mavjud emasligini hisobga olish zarur. Jamoa hayotining birinchi bos­qichida jamoa faollarining paydo bo’lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadoir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday ahzolaridandoirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar va pedagog faoliyati hamda talablariga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar pedagogning yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə