Zangiota tuman 19-o’rta ta’lim maktabi Bir soatlik dars ishlanmasi 7-sinf Mavzu: yordamchi so’Zlar Tayyorladi: ona tili va adabiyot fani



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/5
tarix18.03.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#84567
1   2   3   4   5
7 sinf yordamchi sozlar

III Yangi mavzu bayoni:

Shundan so’ng o’quvchilar 1-topshiriqni bajaradilar. 1- topshiriq. Quyidagi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qaysi so‘z bilan birga qo‘llanganini aniqlang.

1.Ish bilan ovora bo‘lib, kunning o‘tganini ham bilmay qolasan kishi. (Z. Fatxullin) 2. Qish qo‘ynidan baxt singari yoz uchib kelur. (Mirtemir)

2-topshiriq.Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar qanday vazifa bajarayotganini izohlashga harakat qiling.

O’quvchilar 1-2- topshiriqni og’zaki bajaradilar.Ushbu topshiriqlardan kelib chiqib yangi mavzu haqida mustaqil fikr bildiradilar. Ularning fikrlarini tinglagandan so’ng yangi mavzu haqida ma’lumot beraman.

! Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so‘zga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin kabi so‘zlar ko‘makchi hisoblanadi.



So’ngra 156-mashq og’zaki usulda bajariladi.

156- mashq. Berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’no- larini izohlang. Birinchi gapning mazmuni bo‘yicha bahslashing.

1. Avval o‘yla, keyin so‘yla. (Maqol) 2. Bu kitob qo‘liga tushgandan keyin bosh ko‘tarmay mutolaaga tushdi. (H. Hasa- nov) 2. Siz bilan hamsuhbat bo‘lmasdan avval boshqacha xayolda edim. (O. Yoqubov) 3. Devor usti yomg‘irdan iviy boshladi. (Qamchibek Kenja) 4. Mirzo Ulug‘bek kechalari shu yerda o‘tirib, mutolaa qilishni suyar, suyukli jadvali ustida ham shu yerda ishlar edi. (O. Yoqubov) 5. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin Shiroq o‘tovdan chiqdi. (Mirkarim Osim)6. O‘rtancha botir ikkinchi kechadagi voqeani aytib, nishona uchun tasmani o‘rtaga tashladi. («O‘zbek xalq ertaklari»dan)7. Onam stol ustini tartibga solar, karavot qoshidagi kiyimlarimni olib, qoziqlarga ilar edi. (Sh. Xolmirzayev)

Birinchi gap bo’yicha o’quvchilarga Aqliy hujum savollari beriladi. Sizningcha, nima uchun avval va keyin so’zlari ajratib yozilgan? Bunga sabab nima deb o’ylaysiz? Bu so’zlar qaysi so’z turkumiga tegishli? O’quvchilar fikrlari tinglangandan somg ularga sof va vazifadosh ko’makchilar haqida ma’lumot beriladi







Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə