Zangiota tuman 19-o’rta ta’lim maktabi Bir soatlik dars ishlanmasi 7-sinf Mavzu: yordamchi so’Zlar Tayyorladi: ona tili va adabiyot fani


II guruh                   KO‘NGIL   (Cho’lpon)



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə5/5
tarix18.03.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#84567
1   2   3   4   5
7 sinf yordamchi sozlar

II guruh
                  KO‘NGIL   (Cho’lpon)

Kongil, sen munchalar nega              Haqorat dilni ogritmas,

Kishanlar birla dostlashding?         Tubanlik mangu ketmasmi?

Na faryoding, na doding bor,            Kishanlar parchalanmasmi?

Nechun sen muncha sustlashding?      Qilichlar endi sinmasmi?

III guruh

Salom berib sekingina poygakka tushib o'tirdim.

- Xo'sh?! - Shunday o'zim, sizni sog'inib, bir ko'rib kelay deb kelgan edim.

- Yaxshi, yaxshi, barakalla, juda ham quruq kelmagandursan, biror ishing bordur, xo'sh, nimaga kclding?

Shu paytda boyga xizmatkor yurishda qo'ygan shartim esimga tushib qoldi. «Shart qilgan yolg'onni endi gapirmasang, qachon gapirasan», dedim-da, gap boshladim:

- Anavi, haligi, dandon sopli pichog'ingiz sinib qolib edi. shuning xabarini bergani keldim.

Ana shu so'zdan keyin menga «innaykeyin» savoli yog'ila boshladi.

-  Xo'sh, innaykeyin, qanday qilib sindi? Ro'zg'orda mening pichog'imdan boshqa pichoq qurib ketgan ekanmi?

-Tozi itingizning terisini shilayotgan edim, suyakka tegib sinib qoldi.

- Iyya?! - dedi boy. - Tozining terisini mening dandon sopli picho-g'imda shilasanlarmi, o'zing ayt-chi, nimaga shildilaring?

- Shoshib qoldik-da, o'lib qolgandan keyin, bekor ketmasin deb terisini shilib oldik.

-Nima qilib o'ldi?

- Harom o'lgan otning go'shtini ko'p yeb qo'ygan ekan, bo'kib o'ldi.

- Harom o'lgan ot go'shti qayoqda ekan?

- Ha, o'zimizning to'riq qashqaning go'shtini yeb o'ldi-da, begona ot emas.

157- mashq. Berilgan gaplardagi ko‘makchilarni toping. Ularni ikki guruhga — sof va vazifadosh ko‘makchilarga ajratib yozing. Ularning bir- biridan farqini topishga harakat qiling.

Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda yoshligidan ko‘p ijobiy xislatlarga ega bo‘lgan edi. U nihoyatda ziyrak, idrokli, keng mushohadali, o‘ta qiziquvchan, uquvli, bilimga chanqoq, mehnatkash edi va shu fazilatlari bilan ajralib turardi. Usmon Nosir o‘z ustida ko‘p ishlardi... Usmon she’rlarida jimjimadorlik ko‘rinmas, fikr-tuyg‘u sodda til orqali harorat bilan bayon qilinar edi. (O‘tkir Rashid) Asarni o‘qishga kirishishingiz bilan ko‘z o‘ngingizda rangin manzaralar paydo bo‘ladi. Qulog‘ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi... Hech shubhasiz, badiiy adabiyot — dunyodagi sakkizinchi mo‘jiza! (O‘.. Hoshimov)

Aql charxi usulidan foydalanib o’quvchilarga mustaqil topshiriq beriladi



♦ 158-mashq. Avval, keyin, ost, ust, orqa, old so‘zlarini mustaqil so‘z va ko‘makchi vazifalarida ishlating va ularning har biri ishtirokida gap tuzing. Singari, kabi, ko ‘ra, binoan ko‘makchilari ishtirokida gaplar tuzing. Ularning ma’no va vazifalarini tushuntirishga harakat qiling.



Bugungi dars mavzusi “Omad lotto” o’yini orqali mustahkamlanib xulosalanadi.





V. Darsga yakun

Guruhlarni baholash.

Uyga vazifa: 159-mashq. Uyga vazifa: «Qish faslida» mavzusida ko‘makchilardan foydalanib, hikoya yozing. Foydalanilgan ko‘makchilarning ma’no va vazifalarini ayting.

K o’ r i l d i”



O’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari_____________D.Samandarova
Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə