Ўзбек мусиқаси тарихи 6-mavzu. Somoniylar davri musiqa madaniyati(IX-X asrlar) Reja



Yüklə 50,99 Kb.
səhifə2/4
tarix29.01.2023
ölçüsü50,99 Kb.
#99658
1   2   3   4
6-mavzu.

ABU NASR FOROBIY (873 – 950)

Buyuk faylasuf-olim, o’rta asr SHarq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri – Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 873 yilda Sirdaryo yoqasidagi Forob shahrida tug’ilgan. U O’rta Osiyo turkiy kabilalaridan chiqqan bo’lib, dastlabki ma’lumotni o’z ona shahrida oladi. Durustgina bilim egasi bo’lgan Forobiy Bag’dod, Damashq shaharlariga, so’ngra Misrga boradi va u yerlarda o’z ma’lumotini oshiradi. Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U o’z davrida mavjud bo’lgan barcha musiqa cholg’ularida ijro etardi.


Forobiy uning taxallusi bo’lib, to’la nomi esa Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon – o’rta asr SHarq musiqa madaniyatining eng yirik namoyandasidir. Forobiy o’z zamonasi ilmlarining barcha sohalarini mukammal bilganligi va bu ilmlar, rivojiga katta hissa qo’shganligi, yunon falsafasini sharhlab, dunyoga keng tanitganligi tufayli SHarq mamlakatlarida «Al-muallim as-soniy» – «Ikkiichi muallim» (Arastudan keyin), ya’ni «SHarq Arastusi» ulug’ nomga sazovor bo’ldi. Uning yoshligi o’z vatanida o’tgani va yigitlik chog’larida Toshkent, Buxoro va Samarqandda bo’lgani, bu yerlarda tahsil ko’rgani ma’lum. Keyinchalik Forobiy o’z bilimini oshirish maqsadida xalifalikning madaniy markazi Bog’dodga qarab yo‘l olgan. U Eronning Isfaxon, Hamadon, Ray shaharlarida ham bo’lgan. Taxminan 940 yildan u Damashqda yashagan. Forobiy umrining keyingi yillari esa Xalab (Aleppo) shahrida o’tadi. U Sayfutdavla Hamdamiy (943-967) huzurida xizmat qilib, uning iltifotiga sazovor bo’lgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u 70-dan ortiq tilni bilgan. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko’rsatilishicha, alloma Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o’sha davrlarda mashhur bo’lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan.
Forobiy 949-950 yillarda Misrda, so’ngra Damashq shaharlarida yashab, shu yerda vafot etgan va «Bob as-sag’ir» qabristoniga dafn qilingan deyiladi.
Manbalarda ko’rsatilishicha, u zabardast bastakor hamda ud, tanbur, g’ijjak, nay, chang va qonun asboblarining mohir ijrochisi bo’lgan, Forobiy o’tkir didli va ajoyib musiqaviy qobiliyati tufayli O’rta va Yaqin SHarqda yashovchi turli xalqlarning musiqa madaniyati bilan .yaqindan tanish bo’lgan. Uning musiqiy qarashlarining shakllanishida, ayniqsa Markaziy Osiyo va Eron xalqlarining musiqa merosi katta ta’sir ko’rsatgan. Bu xalqlarning musiqa merosini ilmiy va amaliy tomonlarini chuqur o’zlashtirganligi Forobiyning asarlarida ma’lum bo’ladi. Forobiy musiqa ilmi va amaliyotida bab-baravar dong taratgan. Uning ijrochilik va bastakorlik ijodi shu qadar yuksak cho’qqilarga erishganki, xatto bu to’g’rida xalq orasida ko’plab afsonalar yuzaga kelgan. Afsonalarning birida Forobiyni soz chalib, kuy ijro etib, odamlarni sarosimaga solganligi, gohida jo’shqin kishilarni xomush ahvolga tushirib, ba’zan esa ziyraklarni uxlatib, shinavandalarni hayratda qoldirganligi to’g’risida rivoyatlar mavjud. Ilmda esa, u olamshumul ahamiyatga molik asarlar yaratib, musiqashunoslik tarixida so’nmas iz qoldirgan.
Forobiy o’rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarining qariyb barcha sohalarida 160-dan ortiq asar yaratgan. Forobiy qadimgi yunon mutafakkirlari – Platon, Aristotel’, Evklid, Ptolemey, Porfiriy-larning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa, Aristotel’ asarlari («Metafizika», «”tika», «Ritorika», «Sofistika» va b.)ni batafsil izohlab, murakkab joylarini tushuntira olgan, kamchiliklarni ko’rsatgan; bu asarlarning umumiy mazmunini ochib beruvchi maxsus asarlar yaratgan. Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining quyosh issiqligi ta’sirida bug’lanishga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishi Yerning quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liq ekanligini ko’rsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab «fol ochuvchilarni» fosh qildi.
Forobiy musiqaga oid ko’p asarlar yozgan. Alloma falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, uning tarkibiga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi. Manbalarda Forobiyning «Ilmlar klassifiktsiyasi» («Ixso al-ulum»), «Katta musiqa kitobi» («Kitob al-musiqa al-kabir»), «Musiqaga kirish» («Madhal fi-l-musiqa»), «Ritmlar klassifikatsiyasi kitobi» («Kitob ixsa al-iqo’») va boshqa ko’plab asarlari tilga olinadi. Bu asarlarning ayrimlari qo’l yozma sifatida dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadi. Zamonaviy ilmga Forobiyning asosan, ikkita musiqa asari keng joriy qilingan. Ular – «Ilmlar klassifikatsiyasi»ning musiqaga bag’ishlangan bo’limi va «Katta musiqa kitobi»dir. Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan.
Musiqa ilmi masalalarining atroflicha va chuqur yoritilishi jihatidan o’z davrida tengsiz bo’lgan «Katta musiqa kitobi» jahon fanining shoh asarlaridandir. Forobiy bu asarida oldinlari boshqa fanlarning tarkibiy qismi bo’lgan musiqani, mustaqil ilm darajasiga ko’targan.
«Katta musiqa kitobi»ning dunyoning turli kutubxonalarida saqlanadigan bir necha nusxalari ma’lum. Forobiy tavalludining 1100 yilligi munosabati bilan arab olimlari Zakariyo Yusuf hamda Maxmud Dafniy tomonidan mavjud qo’l yozmalar asosida kitobning mukammal matni tayyorlanib, nashr qilindi.
Bu kitob musiqa olamida ko’p asrlar davomida mashhur. O’rta va Yaqin SHarq musiqa fanida u doimo eng nodir va markaziy asarlardan biri bo’lib xizmat qilib kelgan. SHarq musiqa ilmida Forobiy ijodi bilan aloqador bo’lmagan biron-bir ko’zga ko’ringan olimni topish qiyin. «Katta musiqa kitobi» Evropada ham anchadan buyon ma’lum.
So’nggi vaqtlarda «Katta musiqa kitobi» bir qancha sharq va g’arb tillariga ham o’girilgan. 1840 yilda nemis sharqshunosi Land kitobning cholg’u asboblarga oid qismini lotin tiliga tarjima qilgan. XX asrning 30- yillarida «Katta musiqa kitobi» baron Rudolьf D’Erlanje tomonidan frantsuz tiliga tarjima qilinib, «Arab musiqasi» (1935 yil I, II tom, Parij) to’plamida chop etilgan.
Ushbu tarjima orqali Forobiy merosi Evropaga keng joriy qilingan. «Katta musiqa kitobi»ning turli boblari fors va turk tillarida ham nashr etilgan. Bu asar rus, o’zbek va qozoq tillariga qisman tarjima qilingan.
Asar muqaddimasida, Forobiyning ta’kidlashicha, «Katta musiqa kitobi» ikki qismdan iborat bo’lgan. Birinchisida ushbu ilmning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo’lsa, ikkinchisi – o’tmish olimlarining musiqa ilmidagi «xatolariga» izohlar berishga qaratilgan. Kitobning ana shu so’nggi qismi bizgacha yetib kelmagan.
«Katta musiqa kitobi»ning hozirgacha saqlangan nusxasining o’zi ham ikki qismdan iborat. Birinchisi – «Musiqa san’atiga kirish» («Madxal sinaatu fi-l-musiqa»), ikkinchisi – «Asosiy qism» («Juzvi asl») deb nomlanadi. O’z navbatida «Musiqa san’atiga kirish» har biri ikki bobdan iborat bo’lgan ikki faslga ajratiladi. Asosiy qism esa birinchisi-ikki, ikkinchisi-uch, uchinchisi ham uch bobdan iborat uch faslni tashkil qiladi. SHunday qilib, «Katta musiqa kitobi» jami 12 bobdan iborat.
Yuqorida qayd qilinganidek, Forobiy musiqa ilmini nazariy va amaliy qismlarga ajratadi. Nazariy ilm musiqani asoslari (tub qonunlari) va ularni o’rganish uslublari fikr yuritadi. Har qanday nazariy ilmda iisonning kamol topmog’i uchun uch narsa kerak deydi:
Uning asoslarini egallash/
SHu fan asoslaridan kerakli natijalar chiqara bilish/
SHu fanga oid xato natijalarni topa olish, o’zga olimlar fikrini chukur tushuna olish, ularning yomon fikrlaridan yaxshilik kashf eta bilish, yo‘l ko’yilgan xatolarni tuzata olish» – deb yozadi «Katta musiqa kitobi»ning debochasida Forobiy.
Forobiy ilmu ta’lifning yuqorida zikr etilgan har bir kategoriyasini keng va mukammal bayon qiladi. Ilmu ta’lif dastlabki tushuncha-tovushning musiqaviy va fizik xususiyatlarini o’rganishdan boshlanadi. Tovush – biron-bir qattiq yoki yumshoq tananing tebranishidan hosil bo’ladigan fizikaviy xodisa, deb ta’riflanadi.
Keyinchalik tovushning akustik xususiyatlari, ya’ni tebranuvchi tananing xajmi va tovush baland-pastligi o’rtasidagi munosabatlar, turli cholg’u asboblari misolida ochib beriladi hamda ularning miqdorlarini matematik uslubda ifodalash omillari tushuntiriladi. «Kuylar qasida va she’r bilan qiyoslanadi. SHe’riyatda dastlabki element harflar bo’lib, ulardan sabab, vatad ularning qo’shilmasidan misra va baytlar hosil bo’lgani kabi, kuylar tuzilishida ham dastlabki va ikkinchi darajali unsurlar borki, ulardan qasida va she’r bilan solishtirilayotgan kuy kelib chiqadi. SHe’riyatdagi harflar vazifasini kuylarda o’taydigan narsa nag’malardir» – deb yozadi Forobiy.
Demak, tovush so’zidandan kelib chiquvchi tushuncha – nag’ma (musiqaviy tovush, ton, parda)dir. Forobiy nag’malarining past-balandlik sabablari, mutanosiblik omillari va shu xususiyatlar orqali hissiyotga ta’sir ko’rsatish masalalari ustida mulohaza yuritadi ( Forobiy. «Katta musiqa kitobi», Qohira, 1967 yilda chop qilingan). Bo’’d (interval) kategoriyasi ilmu ta’lifning markaziy tushunchalaridan xisoblanadi. CHunki, pardaning o’zi alohida kuy bo’lagi bo’la olmaydi.
Intervallar hosil bo’lishini Forobiy tebranadigan tananing hajmi va miqdorini o’lchash va yuzaga kelgan bo’laklarni sonlar nisbatida ifodalash yo‘li bilan tushuntiradi. Tovush baland-pastligini belgilovchi omillar turlichadir; torli cholg’ularda – torning uzunligi va yo‘g’onligi, puflab ijro etiladigan asboblarda havo tebranadigan tananing uzunligi, bo’ii va eni kabi. Ammo, bular orasida eng muhimi uzunlikdir. SHuning uchun asosan uzunlik miqdori o’lchanadi.
SHuningdek, alloma izohlagan, ilk bor yaratilgan musiqa ritmi «Zarbul-qadim» («Qadimiy zarb») deb ataladi. Bu usul, go’yo inson tomirining urishidan olingan bo’lib, juda soda «tan-tan» shaklida bo’lgan. U hozirgi kunda «Saraxbor» nomli maqom usuli sifatida mashhurdir.
Forobiy tovushlariling harakteriga ko’ra musiqa asboblari xilma-xil rol’ o’ynaganini ko’rsatib o’tadi: «Janglarga mo’ljallangan cholg’u asboblari mavjud, ularning ovozi baland va keskin. Ziyofat va raqslar uchun, to’y va quvnoq yig’ilishlar uchun muhabbat qo’shiqlari uchun ham maxsus cholg’u asboblar bor. Ayrimlarining tovushi keskin va hazin bo’ladi; bir so’z bilan aytganda, ular shunchalik ko’p, shunchalik xilma-xilki, hammasini sanab o’tish qiyin». SHunday qilib, Somoniylar davrida cholg’u asboblarida ijrochilik keng ko’lamda rivojlandi.



Yüklə 50,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə