Ўзбек тилида гендер тадқИҚИ


 Gender psixologiyasi o’rganilishining qisqacha tarixi



Yüklə 493,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix27.03.2023
ölçüsü493,18 Kb.
#103301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
167705 (2)

 
1.2. Gender psixologiyasi o’rganilishining qisqacha tarixi 
1
Қаранг: Воронина О.А. Теоретико-методологические основы гендерных исследований // Теория и 
методология гендерных исследований. Курс лекций / Под общ. ред. О.А.Ворониной. – М.: МЦГИ – 
МВШСЭН – МФФ, 2001, с.с.13-106. 


11 
“Gender” atamasi nisbatan yangi tushuncha bo’lsada (1975), fanga unga bog’liq fikr 
va qarashlar anchadan buyon ma’lum. Gender psixologiyasi tarixida 5 bosqichni ajratish 
mumkin:
1. Falsafa zaminida genderga xos fikrlarning shakllanishi (qadimgi (antik) davrdan 
XIX asr oxirigacha); 
2. Gender psixologiyasi predmeti va bo’limlarining ajratilishi (XIX asr oxiri XX asr 
boshlari;
3. “Freyd davri” ya’ni, Z.Freyd va psixoanaliz bilan bog’liq davr (XX asr boshlari – 
1930 yillar);
4. Keng eksperimental tadqiqotlarning boshlanishi va ilk nazariyalarning paydo 
bo’lishi;
5. Gender psixologiyasining barq urib rivojlanishi davri (1990 yillardan hozirga 
qadar).
1
Gender tadqiqotlarining qadimgi davrlari haqida gapirganda Aflotun va Aristotel 
tilga olinadi. 
Afinalik Aflotun (mil.avv. 427-347 yy.) o’zining “Bazm” (“Pir”), “Davlat” 
(“Gosudarstvo”), “Qonunlar” (“Zakono’”) asarlarida oila-nikoh masalasi, jinslar tengligi 
masalalariga e’tibor qaratadi. 
Aflotun androginlar (Adroginlar – erkak va ayollik xususiyatlariga ega mavjudotlar) 
(yunoncha andros - erkak va gyne yoki gynaikos – ayol) haqidagi afsonaga murojaat etadi: 
Afsonada aytilishicha, Zevs insonlarning itoatsizligi uchun g’azablanadi va ularni ikki jinsga 
bo’lib yuboradi. Shunday qilib, erkak va ayol – bir butun insonning ikki qismidir va ular 
faqat birlashsagina (bir-birini sevganda) yaxlitlikka, mukammallikka erishadi. Aflotunning 
oila yuritish normalari haqidagi fikrlari diqqatga sazovor – masalan, erkaklar faqat 30 
yoshdan 55 yoshgacha farzandli bo’lishlari mumkin. Aholi soni ko’payib ketgan hollarda 
uning bir qismini koloniyalarga ko’chirish lozim.
Aflotunning ayolga bo’lgan munosabati qarama-qarshidir. Salbiy tomondan u 
quyidagilarda namoyon bo’ladi: ayolni tuban mavjudot hisoblaydi, erkakni ayolga 
muhabbati ham erkakning erkakka bo’lgan muhabbati – do’stlik oldida pastdir, majburiy 
holatdir. Aflotun erkakning ayolga muhabbatini “Razil Afrodita”, erkaklar o’rtasidagi 
1
Бендас Т.В. Гендерная психология. – М. 2006, С.11. 


12 
do’stlikni “Samoviy Afrodita” deb ataydi. Uning fikricha erkak qo’rqoq badbaxt umr 
kechirsa, o’limidan so’ng uning ruhi ayolga o’tadi. 
Aflotunning ayollarga ijobiy munosabati uning ideal davlat haqidagi ta’limotida aks 
etadi. Bu davlatda ayollar barcha sohada erkaklar bilan tengdirlar, bundan tashqari uy-
ro’zg’or ishlaridan holi, davlat ishlarida faoldir, farzand tarbiyasi uchun esa erkak va ayollar 
birday mas’uldir. 
Aristotel (mil.avv. 384-322 yy.) o’zining “Siyosat”, “Hayvonlarning paydo bo’lishi 
haqida” va booshqa asarlarida erkak va ayollar munosabatlari, jamiyatda ularning mavqei
ular o’rtasidagi mehnat taqsimoti, aholi sonini tartibga solish kabi masalalarda o’z fikrlarini 
bayon etgan.
Uning fikricha, jamiyatda to’laqonli munosabatlar qaror topishi uchun aholi soni 
kamroq bo’lishi shart. Shuning uchun uni tartibga solish darkor: a) erkaklarga 37 yoshgacha, 
ayollarga 18 yoshgacha farzandli bo’lishni ta’qiqlash (bu o’rinda ayollar uchun biologik, 
erkaklar uchun esa ijtimoiy) balog’atga yetish nazarda tutilgan. Bu ham jinslarga turlicha 
munosabat hosilasidir. b) kasal bolalarni o’ldirish (buni qonun bilan mustahkamlash kerak). 
v) har bir oila uchun farzand sonini chegaralab qo’yish. 
Aristotelning fikricha, er-xotin munosabatlari xo’jayin va cho’ri munosabatlari 
bo’lishi kerak. Ayol va erkak teng mavjudotlar emas. Ayol farzandiga tanni beradi, erkak 
esa – mohiyatan ustun bo’lgan jonni beradi. Erkak – hokimlik qiladi, ayol – bo’ysunadi. 
Qayd etish kerakki, XXI asrda ham ko’pchilik tomonidan Aristotelning fikrlariga o’xshash 
fikrlar bayon etiladi (Ayniqsa Sharqda – F.U). 
Uyg’onish davridan bizni utopiyalar qiziqtiradi. Tomas Mor o’zining “Oltin kitob”i 
(“Zolotaya kniga”) da ideal davlatni tasvirlagan. Bu davlatda erkak va ayollar faoliyat 
chegaralari belgilanmagan: jamoat ishlari, diniy faoliyat (Ruhoniy xizmatchi sifatida), 
xarbiy xizmat (Faqat o’z turmush o’rtoqlari bilan) va h.k. Ayollar yuqori mansablarni 
egallashlari mumkin bo’lgan. 
Tomazzo Kampanella “Quyosh shahri” (“Gorod solnsa”) asarida ideal davlatni 
tasvirlaydi. Unda ikki jins vakillari tengdirlar (xarbiy ta’limda ham), ularning kiyimlari ham 
farqlanmaydi. Farq ularning yumushlaridadir: erkaklar ancha og’ir ishlarni bajarishgan, 
ayollar esa nasl qoldirishgan. Ammo ular oila qurishmagan, farzand ko’rish uchun juft 
tanlashda esa astrologiya yordamga keladi. Erkak va ayollar o’zlariga juftni o’zlari 


13 
tanlashmagan, bu ishni ular uchun boshliqlar triumvirati astrologiya yordami bilan 
bajarganlar.
Jan Jak Russoning (1712-1778 yy.) fikriga ko’ra erkak va ayol o’rtasidagi 
o’xshashlik bu avvalo, ularning bir biologik tur vakillari ekanidir: ular ko’p jihatdan 
tengdirlar – organlar, ehtiyojlar, qobiliyatlar. Biroq, jamiyat a’zolari sifatida ular teng emas. 
Bunga sabab, ularning tug’ma xususiyatlaridir. Erkaklar uchun bu xususiyatlar – 
mustaqillik, rostgo’ylik, dadillik va h.k; ayollar uchun esa uyatchanlik, ayyorlik, o’zgalar 
fikri bilan hisoblashish va h.k. 
Russo fikricha, ayollar ancha teran fikr va aqlga egadirlar. Shu sababli, ular o’qib, 
ta’lim olishlari mumkin. Erkaklar va ayollar o’zlari turmush o’rtog’i tanlagan holda, sevib 
turmush qurishlari mumkin. 
Immanuil Kant (1724-1804 yy.) uchun erkak va ayol – boshqaruvchi va 
boshqarilmishdir. YA’ni erkaklarning jamiyat siyosiy hayotidagi faoliyati aktiv, ayollarniki 
– passiv. Kant tomonidan bayon etilgan, gender stereotiplari qatorida turuvchi ushbu fikr, 
ya’ni ayollarning siyosiy yoki boshqa muhim qarorlar qabul qilishga qodir emasligi bugungi 
kunda ham ko’pchilik tomonidan e’tirof etiladi. 
Ko’rinib turganidek, o’tmish arboblari jinslar o’rtasidagi farqlarni qayd etishgan va 
bu ularning fikricha tabiiy holdir. Bunday gender stereotiplari hech qanday isbotni ham talab 
etmaydi. Zamonaviy fan esa ularning (o’zgacha) ma’lum isbot va asoslarini talab etadi.
Ingliz yozuvchisi Mari Uollstounkraft (1759-1797 yy.) ning fikricha, yuqorida 
“tabiiy” deya ta’kidlangan hislatlarning asosi tarbiyadadir. YA’ni, qizlar bolaligidan 
o’zlariga oro berib, qo’g’irchoq o’ynashsa, o’g’il bolalar boshqacharoq – ko’proq quvvat 
talab etadigan, kuch talab etadigan, shovqinli o’yinlar o’ynashadi. 
Fridrix Shlegelning fikrlari zamondoshlari fikrlaridan birmuncha farq qiladi. U 
“tabiiy” deb atalgan jinslar o’rtasidagi farqlarni qo’ya turib, mukammal – ya’ni o’zida 
erkaklar va ayollar xizmatlarini birlashtirgan shaxs haqida fikr yuritadi. U erkaklarga 
o’zlariga yetishmaydigan ayollarga xos hislatlarni (masalan, emotsionallik), ayollarga esa 
erkaklarga xos hislatlarni (masalan, ) o’rganishni maslahat beradi. 
Artur Shopengauer (1788-1860 yy.) erkaklar va ayollar psixik jarayonlariga e’tibor 
beradi. Erkaklar uchun – mavhumlik, ayollar uchun – konkretlik (aniqlik) xosdir. Bundan 


14 
tashqari Shopengauerning fikricha farzandni dunyoga keltiruvchi erkak va ayol o’rtasidagi 
sevgi va ehtirosdir. Oila qurish uchun u boshqa omil va sabablarni tan olmaydi.
Demak, birinchi bosqich turli olimlarning turlicha qarashlariga boy. Biroq bu davrda 
gender psixologiyasi alohida soha sifatida shakllanib ulgurmagan, uning muammolariga 
bag’ishlangan alohida ishlar qilinmagan. 
Ikkinchi bosqich (XIX asrning oxiri – XX asr boshlari) – gender psixologiyasining 
predmeti va ilmiy asoslari ishlab chiqilgan bosqich. 
Bu davrda ko’plab g’arb mamlakatlarida o’zgarishlar sodir bo’ldi. Fransiya, Angliya 
va AQShda ayollar erkinligi uchun harakatlar avj oldi. Bu harakatlar gender psixologiyasi 
tarixining bir qismi hisoblanmasa ham ilgari gender psixologiyasi predmetiga kirmaydigan 
muammolarga olimlar diqqatini tortdi.
“Feminizm” so’zi fransuz tilida XIX asrning birinchi yarmida paydo bo’lgan (bu so’z 
o’zi anglatgan mohiyatdan keyinroq yuzaga kelgan). 1830 yilda esa “erkin ayol” 
(“emansipirovannaya jenhina” – lotincha “emancipatio” – erkinlik, ozodlik) termini ham 
paydo bo’ldi. Ushbu jamoat harakatining ishtirokchilari ham ayollar, ham erkaklardir. 
Harakatning maqsali – ayollarga erkaklar bilan teng bo’lgan ta’lim olish, iqtisod va saylov 
bilan bog’liq boshqa huquqlar uchun kurashishdir.
Feminizm XVIII asr oxirida Fransiyada inqilob davrida vujudga kelgan. Hukumatga 
taqdim etilgan “Ayollar huquqlari deklaratsiyasi” ayollarni barcha jamoat tadbirlari
saylovlarda ishtirok etish va lavozimlarni egallash borasidagi huquqlarini erkaklarniki bilan 
tenglashtirish talab etilgan edi.
1
Ayniqsa, yuqori natijalarga AQSh feministlari erishgan: ularga maktab o’qituvchilari 
bo’lishga ruhsat etildi, XIX asrning oxiriga kelib jamoat maktablari o’qituvchilarining 
uchdan ikki qismini ayollar tashkil etardi. 
Ayrim holatlarda feministlar kurashi jiddiy tus olgan. Norozilik namoyishlari, o’t 
qo’yish; oila qurishga, nikohga, farzand ko’rishga, hatto erkaklar bilan har qanday muloqot 
qilishga qarshiliklar shular jumlasidan. 
1
Бендас Т.В. Гендерная психология. – М. 2006, С.16. 


15 
Feminizm o’z tarixida turli bosqichlarni turli ko’rinishlarda bosib o’tgan. Ayrim 
feminizm yo’nalishlari jinslar tengligini, ayollarning biroz ustunligini e’tirof etsa, ayrimlari 
yuqoridagi kabi erkaklar bilan har qanday aloqalarga qarshilik qiladi.
1
Gender psixologiyasi rivojiga ta’sir etgan yana bir omil ikki jins vakillarini birga 
o’qitishdir. Shunday qilib ayollar psixologiyasi va jinslararo farqlar psixologiyasi vujudga 
keldi. 
1899 yilda P.E.Astafevning “Ayollar ruhiy olami, uning o’ziga xosliklari, yutuq 
kamchiliklari” kitobi nashr etildi. Unda ayollarga xos holatlar sifatida quyidagilar 
ko’rsatildi: 
1)
Diqqat jamlanmaganligi; 
2)
Emotsionallik, kayfiyat o’zgaruvchanligi, rashk, iroda sustligi, hissiyotlarni 
jilovlay olmaslik; 
3)
Nutq jarayonida harakatlar, mimika, ovozda emotsionallikning aks etishi; 
4)
Ijodkor emaslik; 
5)
Siyosiy passivlik. 
Erkaklarga xos sifatlar esa yuqoridagilarning aynan aksidir – fikrlash kengligi, diqqat 
jamligi, kuchli iroda nutq jarayonida qisqalik shular jumlasidandir. 
Keyingi tadqiqotlarda jinslar o’rtasidagi ko’pgina farqlar tasdiqlanmadi. Masalan, 
ayollarning erkaklarga nisbatan ziyrakligi G.Geymansning 1911 yil nashr etilgan “Ayol 
psixologiyasi” (“Psixologiya jenhino’”) kitobi oldingi ishlardan ajralib turadi.
Ushbu davrga oid yana bir kitob diqqatga sazovor. Ulardan birinchisi 1915 yilda 
nashr etilgan L.P.Kochetkovaning “Vo’miranie mujskogo pola v mire rasteniy, jivotno’x i 
lyudey” asaridir. Unda muallif shunday yozadi: “Turli xalqlar erkak vakillarining yo’q 
bo’lib ketishi irqlarning qo’shilishiga olib keladi. So’ng erkak jinsi umuman so’nadi... 
ayollarning oldida esa juda keng imkoniyatlar ochiladi...”. 
Adolat qaror topishi uchun shuni qayd etish kerakki, erkaklar ham shunday fikr 
bildirgan o’rinlar mavjud, farqi – ayol jinsining yo’q bo’lib ketishidadir. (Masalan, 
A.F.Fedorov “Filosofiya obhego dela”). 
Shunday qilib, ikkinchi bosqichda gender psixologiyasi, uning yo’nalishlari, ayollar 
psixologiyasi, gender ijtimoiylashuvi kabi tushunchalar shakllandi.
1
Ўша асар. С.18. 


16 
Bu bosqich yana eksperimental tadqiqotlarning boshlanishi bilan xarakterlanadi. 
Biror sohada, masalan intellektual testlar yechishda u yoki bu jins vakillarining ustunlik 
qilish holatlari jamiyatda nosog’lom aks sado berishi ham, buning natijasida yuqoridagi kabi 
testlarning yo’q qilinishi ham shu davr bosqich xususiyatlaridir. 
Uchinchi bosqich – psixoanalitik bosqich (XX asr boshlari – 1930 yil). Bu 
bosqichning boshlanishi Z.Freyd hayoti va faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. “Ayollar 
psixologiyasi” asari muallifi bo’lmish Freydning psixologiya va butun madaniyatga ta’siri 
shu darajada ediki, ko’p yillar davomida uning ayollar haqidagi qarashlari shubha ostiga 
olinmagan va stereotipik xarakter kasb etgan.
Keyinchalik uning ayollar psixologiyasiga oid qarashlari tanqid ostiga olindi. Shuni 
ham qayd etish kerakki, shu davrgacha barcha talablarga javob beradigan, barchani 
qoniqtiradigan nazariya yaratilgani yo’q. (Lernan) 
To’rtinchi bosqich (1960-1980 yy.) – keng eksperimental tadqiqotlar boshlanishi va 
ilk nazariyalarning paydo bo’lishi. Ko’rinadiki, uchinchi va to’rtinchi davr oralig’ida (1930-
1960) uzilish kuzatiladi. Buning aniq sababi haqida hukm chiqarish qiyin. Anig’i shuki, 
tadqiqotlar tiklanishi feminizmning faollashishi bilan bog’liq. Psychological Abstracts 
jurnali ma’lumotlariga ko’ra 1950 yildan 1980 yilgacha jinslar o’rtasidagi farqlar tafovutlar 
yuzasidan o’ttiz mingta turli hajmdagi ishlar e’lon qilingan.
1
Ushbu davrda gender psixologiyasida ko’plab empirik faktlar to’plandi, shuningdek 
bu faktlarni tushuntiradigan konsepsiyalar yaratishga urinishlar bo’ldi. Masalan, Emonor 
Makkobi va Kerol Jaklinning “Psixologiya polovo’x razlichiy” asari yirik ish bo’ldi. 
Beshinchi bosqich (1990 yildan hozirgacha) – gender psixologiyasi barq urib 
rivojlangan davr. YAngi bosqichda olimlar gender muammolarini o’rganishning spesifik 
metodikalarini ishlab chiqishdi. Masalan, jinslararo farqlar yaqqol ko’rinadigan sohalar 
ma’lum bo’ldi va madaniyatlararo tadqiq etilmoqda. YUqoridagi empirik faktlarni 
tushuntirishga qodir asoslar izlanmoqda.
2000 yilda Stokgolmda butunjahon psixologlarining 6000 kishilik kongressi 
o’tkazildi. Kongressning “Gender - I”, “Gender - II”, “Gender: shaxs”, “Ish va gender”, 
“Gender: kognitiv protsesslar”, “Gender: neyropsixologik va biologik protsesslar” kabi 
1
Бендас Т.В. Гендерная психология. – М. 2006, С.29. 


17 
simpoziumlarda o’tkazilishi esa “gender” terminining keng ma’noda – nafaqat sotsial jins, 
balki umuman jins ma’nolarida qo’llanganligini ko’rsatadi. 
Gender 
psixologiyasining zaif 
tomoni 
umume’tirof etilgan nazariyaning 
yaratilmaganligidir. Ko’pincha ayollar psixologiyasi ayollar tomonidan tadqiq etiladi. 
Gender psixologiyasi rivojlanishi uchun esa uning tadqiqotchilari orasida erkaklar 
ko’paymog’i lozim.
Xulosa o’rnida qayd etish kerakki, gender olimlarni tobora ko’proq o’ziga jalb 
etmoqda.

Yüklə 493,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə